Misrning barcha masjidlarida oʻqiladigan juma xutbalari bitta qilinmoqda
Sisiy Misr masjidlarida oʻqiladigan juma xutbalari oʻzining Islom va musulmonlarga qarshi kurashi va odamlar ovozini oʻchirishi uchun bir sado boʻlishini xohlayapti
Yaqinda Misr rejimi yurtdagi barcha masjidlarda aytiladigan juma xutbalari matnini bitta qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqardi.
2016 yil 12 iyul seshanba kuni Misr Vaqflar vazirligi masʼullari Misrdagi masjid imomlariga juma namozi uchun yozib tayyorlangan bitta xutba berilishini maʼlum qildi.
Misr masʼullari bu haqda “Reyter” axborot agentligiga bayonot berdi. Bu bayonot Vaqflar vazirligi raisi Muxtor Jumaning vazirlikning viloyatlardagi vakillari ishtirokida oʻtkazgan yigʻini ortidan yangradi.
Vaqflar vazirligining Qohira yaqinidagi Qalyubiya viloyatidagi vakili Sabriy Duvaydor “yigʻin qatnashchilaridan ham, vazirlik vakillaridan ham hech kim yozilgan bitta xutba bilan bogʻliq taʼlimotlarga eʼtiroz bildirmay, muammosiz qabul qilganliklarini”ni taʼkidladi.
“Vaqflar vaziri kelasi jumadan eʼtiboran, shaxsan oʻzi yozilgan xutbani boshlab berishini bildirganini” qoʻshimcha qildi. Bu yagona xutba Azhari Sharif va Vaqflar vazirligidagi diniy ulamolar tomonidan yozilishini taʼkidladi.
Vazirlardan birining aytishicha, xutbaning yozilishida parlament kengashidagi diniy masalalar va Vaqf ishlari qoʻmitasi ham oʻz fikrlari bilan qatnashadi hamda bu borada psixologiya va ijtimo olimlari, insonparvarlik taraqqiyoti mutaxassislarining ham alohida rollari boʻladi.
Vaqflar vazirligi masʼullari xutbaning yozib berilishini imomlarning xutba uchun belgilangan maʼlum muddatga rioya qilishlari bilan hamda erkin xutba qilish chogʻida “fikrlari sochilib” ketmasligini taʼminlash bilan oqladi. Bundan oldin Vaqflar vazirligi har hafta juma xutbasida toʻxtalinadigan maʼlum masalalarni belgilab berar edi. (Soda vatan sayti).