Misrda bo’lib o’tgan davlat to’ntarishning sababi Xalifalik tushunchasidir

344
0

0

Isroilga qarashli harbiy razvedka tashkilotining raisi general Aviv Kohavi Misrda bo’lib o’tgan davlat to’ntarish sababini ochiqladi. Uning iddao qilishicha, Muhammad Mursiyni hokimiyatdan chetlatgan harbiy inqilobga “Musulmon birodarlar” jamoasining Islomiy Xalifalikni tiklash uchun harakat qilishlari sabab bo’lgan.

“Musulmon birodarlar” jamoasi o’zlari amalga oshirishni istagan ikki maqsad ustida tashviqot olib borganligini da’vo qilgan Kohavi “Musulmon birodarlar jamoasi Islomiy Xalifalik tiklashni va Islom shariati bilan boshqariladigan yangi bir Misr davlatini maydonga olib chiqishni maqsad qilgan”, dedi.

Kohavi o’z nutqida Turkiya va Misrdagi boshqaruvlarga ham, shuningdek Liviya, Tunis va Marokashdagi boshqaruvlarga ham diqqatni tortdi.

Ayni tashkilotning sobiq raisi Denni Yatumning fikricha, Misr armiyasi bilan “Musulmon birodarlar” jamoasi o’rtasida qonli to’qnashuv bo’lishi vaqt masalasidir. “Bu vaziyat esa Isroilni qattiq xavotirga soladi”, dedi u.

Denni Isroil bu vaziyatdan himoyalanish uchun Qohira va Tel-Aviv o’rtasida tuzilgan tinchlik bitimini tartibga solishi lozimligini ta’kidladi. U Tel-Avivdan Islomiy harakatlarni bartaraf qilish va kelajak saylovlarga kirishishga izn bermaslik borasida Misr harbiylari bilan tuzilgan bitimni saqlab qolish va uni kuchaytirishni talab qildi.

Denni Yatumga ko’ra, Tel-Avivning strotegik manfaatlari “Musulmon birodarlar” jamoasining hokimiyatga qaytmasligini va u erdagi demokratik o’zgarishlarni nazorat ostiga olish uchun hukmronlikni harbiylar qo’lga olishini taqozo qiladi.

Biroq Isroilning Misrdagi sobiq elchisi Ishoq Lafnunga ko’ra, “Musulmon birodarlar” jamoasini Misr siyosiy sahnasidan ketkazish amri maholdir.

Lafnunning ta’kidlashicha, Misrda siyosiy echimga kelish zarur. Chunki harbiylarni “Musulmon birodarlar” jamoasi bilan to’qnashuvi armiya mavqeyini pasaytirib islomiylar nufuzini oshirib yuboradi.

Turkiston:

Isroilning borayotgan o’zgarish jarayonlardagi manfaati, xayot ma’moti masalasi bo’lib, boshqa kufr davlatlaridan tubdan farq qiladi. U tug’ulib kelayotgan Xalifalik davlati bilan xatto yaxshi qo’shnichilik xolatida ham bo’la olmaydi. Qolgan kufr davlatlari esa, yaxshi qo’shni bo’lishlari mumkin, chunki ular dunyo va Islom olami tan olgan davlatlar bo’lib, Xalifa ular bilan tashqi siyosatini, boshqa davlat bilan olib boriladigan asosda olib boradi. Isroilni esa Islom Davlati davlat sifatida tan olmaydi. Uni bosqinchi va uyushgan musulmonlar qotillari deb, shu asosdagi Shar’iy hukm bilan muomila qiladi.

Qassobga yog’ qayg’uvsi, echkiga jon qayg’uvsi deyilganidek, AQSh va Yevropa davlatlari, o’z manfaatlari yo’lida Isroilni Xalifa qo’liga tashlab ketishadi. Buni Isroilning o’zi ham yaxshi biladi. Yuqoridagi demokratik jarayonlarni kuchaytirishga bo’lgan xarakatlari ham, ana shu xavotirlaridan kelib chiqqan. U butun dunyo sistemasini ushlab kelayotgan katta davlatlar, ketayotgan jarayonlarga beparvolashib qolishidan qattiq xavotirda. Lekin o’sha kunni kelishi muqarrar, vaqt masalasi qoldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.