Britaniyaning Iroq urushida qatnashgani toʻgʻrisidagi Chilkot hisoboti nimani anglatadi?
Faqat Britaniyaning yolgʻonini fosh etadimi yoki bundan Amerikani fosh qilish koʻzlanganmi?
2016 yil 6 iyul kuni 2003 yilgi Iroq urushida Britaniyaning aralashuvi shart-sharoitlarini aniqlash vazifasi topshirilgan Britan komissiyasi hisoboti chiqdi. Unda komissiya raisi bunday deydi: “Biz shunday xulosaga keldikki, Britaniya Iroqdagi qurollarni topshirishga muvaffaq boʻlish kabi, hamma alьternativlar tugamasidan oldinoq Iroqqa bostirib kirish kampaniyasiga qoʻshilishga qaror qilgan. Oʻsha paytda bu jangovar amaliyot juda zarur boʻlgan emas… Shuncha ogohlantiruvlarga qaramasdan, bostirib kirish oqibatlari xususida mensimaslik sodir boʻldi. Iroq uchun rejalar ishlab chiqish va hozirlik koʻrish Saddamdan soʻng hech qachon toʻgʻri boʻlgan emas”.
Bu hisobot avvalo Amerikaning, qolaversa, unga ergashgan Britaniyaning hech bir hujjatsiz Iroqqa qilgan bosqinini fosh etadi. Shuningdek bu hisobot ikkalasining ham tinchlik vositalaridan foydalanmaganini, oqibatlarini oʻylab koʻrishmaganini hamda bosqinchilikdan keyingi davr uchun biror reja tuzishmaganini fosh qiladi. Bundan esa ikkala davlat agressiyasi ham ahmoqona boʻlgani, har ikkisi ham Iroqda yuzaga kelgan qirgʻin va vayronagarchilikka javobgar ekani tushuniladi.
Hisobotda “Britaniyaning hech bir hujjatsiz, aniq ishonch bilan Iroq qoʻlida ommaviy qirgʻin qurollari borligi va buning xavfi toʻgʻrisida gapirgani”ga toʻxtalib, bu xavfning soxta-yolgʻonligi isbotlanadi. Ushbu hisobot chop etilganidan keyin Britaniyaning oʻsha paytdagi bosh vaziri Toni Bler bunga mana bunday deya yolgʻon raddiya bildirdi: “Biz urushga kirayotgan paytimizda berilgan Razvedka maʼlumotining xato ekanligi keyinchalik ayon boʻlgan. Oqibatlar esa Iroqqa kirishga qaror qilgan paytimizda biz tasavvur qilgandan ham koʻra koʻproq tajovuzkor, qonli va uzoq muddatli xarakterga ega boʻldi”. Qarang, Bler hanuz yolgʻon gapirishda, maʼlumotlar xato ekan, deya daʼvo qilishda davom etmoqda! Komissiya hisoboti esa “Britan hukumati Iroq agressiyasi oqibatlari haqida aniq ogohlantiruvlar olganiga qaramay, bu oqibatlarni mensimagan”, deya uning yolgʻonini ochib tashladi. Bu esa koalitsiya yetakchisi boʻlgan AQShning oqibatlarni sariq chaqaga olmaganini, xato va juda qoʻpol siyosat olib borganini, Britaniya ham unga ergashganini anglatadi.
Komissiya hisobotida taʼkidlanishicha, “2003 yil martda Saddam rejimidan bevosita xavf boʻlmagan. Shu bois Britan hukumati kontrolda ushlab turish strategiyasini davom ettirmogʻi lozim edi. Maʼlumki, Xavfsizlik Kengashi aʼzolarining koʻpchiligi BMTning Iroqdagi taftish amaliyotlarini qoʻllab-quvvatlagandi. Britaniya esa harbiy harakatning koʻpchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga erishmasdan turib amalga oshirgan oʻzining harakatlari bilan Xavfsizlik Kengashi vakolatini zaiflashtirgan. Britaniyaning Iroqqa nisbatan harbiy aralashuvining qonuniy asoslari qoniqarli boʻlmagan”. Bu Amerikani xavf ostiga qoʻydi. Chunki Iroqqa agressiya qilish qarorini Amerika qabul qilgan. Bunga Xavfsizlik Kengashi roziligini aslo ololmasligini bilgan va qarorni yolgʻiz oʻzi qabul qilgan, Britaniya esa unga ergashgan. Demak, ikkala davlat ham Saddam rejimining ommaviy qurolga ega emasligini bilishgan. Saddam ularga hamma yerni tintuv qilishlariga ruxsat bergan va hatto uning yotoqxonasigacha tintishgan. Bundan AQSh va boshqa Xavfsizlik Kengashiga aʼzo davlatlar Kengashga qachon oʻz maqsadlarini amalga oshirib berishiga koʻzlari yetgan taqdirdagina murojaat qilishlari, agar maqsadlarini amalga oshirib bermaydigan boʻlsa, uni depsab oʻtib ketaverishlari oʻz isbotini topmoqda. Ayni mana shu narsa Xavfsizlik Kengashining qonuniyligini yoʻqqa chiqarib, uning boshqa davlatlar qoʻlidagi, aniqrogʻi oʻz maqsadlari yoʻlida ishlata oladigan davlat qoʻlidagi bir oʻyinchoq ekanini koʻrsatmoqda. Shuningdek bu narsa Xavfsizlik Kengashi qonuniyligining yoʻqligini koʻrsatib turibdi. Chunki unga doimiy aʼzo davlatlarning har birida daxlsizlik mavjud boʻlib, ularga qarshi qaror qabul qilishga yoki ularni qoralashga hech kimning haqqi yoʻq. Bu butun dunyo uchun adolatsizlikdir. Shu bois boshqa davlatlar albatta bu Kengashni ochib tashlashlari, undan qoʻllarini yuvib, BMTdan ajralishlari hamda zolimona qarorlariga itoat qilishga rozi boʻlmasliklari kerak. Vaholanki, BMT oʻziga doimiy aʼzo davlatlarga uning qarorlariga xilof ish tutish va oʻzgacha qarorlar bilan qarshi chiqish huquqini bergan.
Bler Britan xalqini aldashda ayblandi. Millionlab britaniyaliklar namoyish qilib, Blerni Iroqning ommaviy qirgʻin qurollarga egaligi borasidagi yolgʻonda aybladilar. Urushdan keyin ommaviy qirgʻin qurollari Saddamda mavjud boʻlmagani isbotlandi, mazkur hisobot ham buni isbotlab turibdi. Bler yolgʻonlarini davom ettirib, hisobot chop etilishi ortidan “hech qanday yolgʻon boʻlgan emas, parlament ham adashtirilmagan, biz urushga kirish bilan bogʻliq hech qanday sirli majburiyat yuklamaganmiz va razvedka maʼlumotlarini ham soxtalashtirmaganmiz, balki yaxshi niyatda qaror qabul qilganmiz!!”, deb aytyapti. Nahotki, oʻziga manfaatni asos va oʻlchov qilib olgan kapitalistik siyosatda yaxshi niyat boʻlsa?! Bunga ishonadigan aqliraso inson bormi?! Ilmoniylik ustiga qurilgan bu sistema sohiblarida yaxshi niyat boʻlmaydi. Chunki bu sistema dinni ham, yaxshi niyatlarni ham siyosatdan ajratib qoʻygan. Yolgʻon demokratiyaning beshigi boʻlgan inglizlar siyosatida hamda Iroqqa bostirib kirib, uni vayron qilgan, ahlini qatli om qilib, qochqinga aylantirgan Bler kabi tulkilarda qanday yaxshi niyat boʻlishi mumkin! Shoirlar amiri “tulkida din-diyonat bor, deb oʻylagan kishi xato qilibdi”, degan edi. Chunki bu kimsalarda manfaatdan oʻzga din yoʻq, unga olib boradigan vosita ham oqlangan, yolgʻonning ildizi inglizlardagi koʻhna anʼanaviy tulkilik, firibgarlik va nopok niyatga borib taqaladi.
Hisobotda keltirilgan hujjat-dalillarga qaramay, Blerga qarshi birorta ham ayblov taqdim etilmadi, uning Iroqqa urush ochish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniy deb topilmadi, undan hisob ham talab qilinmadi va tergov ham qilinmadi!! Bu esa ayni hisobot siyosiy hisobotdan oʻzga narsa emasligiga dalolat qiladi. Unda na Bler nishonga olingan va na Britaniya. Demak, qonuniy javobgarlik, degan narsa ham boʻlmaydi. Bu hisobotdan boshqa tomon nishonga olingan va aftidan, u AQShdir. Chunki Iroq agressiyasidagi birinchi qaror sohibi AQSh boʻlgan. Garchi bevosita nishonga olinmasa-da, qaror sohibi u boʻlgan. Demak, maqsadga erishish uchun qasddan shunday usul ishlatilgan, yaʼni Amerika bevosita nishonga duch kelmaydigan qilib moʻljalga olingan. Agar Amerika bevosita nishonga olinganda, Britaniya menga qarshi fitna uyushtirdi, deb hisoblardi va unga qarshi koʻtarilardi. Mana shu inglizlarning tulkiligidir. Bu tulkilik komissiyaning yetti yillik umri mobaynida ishlab chiqildi. Inglizlar bu haqda fikrlashga uzoq vaqt sarflashdi, buni tayyorlashga shu darajada uzoq vaqt sarflashdiki, hatto butun zukkoliklarini ishga solishdi. Chunki ular hali kapitalistlarga aylanmay turiboq fikrlashlarini manfaat asosiga qurishgan. Kapitalistlarga aylanishgandan soʻng, shu manfaat nuqtai nazaridan kelib chiqib, fikrlash quvvatini bir necha bor oshirishgan. Mazkur qarorning chiqishi bir necha bor kechga surildi va bunga britan milliy xavfsizligi bilan bogʻliq tahdidlar borligi iddio qilindi. Va nihoyat, yetti yil oʻtgach va Britaniyaning oxirgi harbiy kuchlari Iroqdan olib chiqib boʻlingandan soʻng hisobot eʼlon qilindi. Demak, bu komissiya hisobotining eʼlon qilinish vaqti oldindan rejalashtirilganiga dalolat qilmoqda. Bugun Amerika choʻloq oʻrdakka oʻxshatilmoqda. Chunki hozir Obama rahbarligidagi demokratlar maʼmuriyati tugash arafasida hamda saylovlar jangi qizigan vaqt. Xususan, Britaniya va butun Yevropa Tramp rahbarligidagi respublikachilar kelishidan xavotirda. Masalan, Frantsiya prezidenti Olland 2016 yil 30 iyunda saylovda Trampning gʻolib boʻlishi xavfidan ogohlantirdi va uning gʻolib kelishining ehtimoli kuchliligini taʼkidladi. Trampning “saylovda gʻolib kelishi xavfli va Yevropa-AQSh munosabatlarini chigallashtiradi”, dedi. Gap shundaki, yevropaliklar agar respublikachilar gʻolib kelsa, AQSh ularga qattiqqoʻllik qilishidan, ularga qarshi xalqaro darajada jang boshlab, eski mustamlaka davlatlari borasida doimgidan ham qattiqroq muomalada boʻlishidan, oqibatda yevropaliklar – xuddi Jorj Bush rahbarligidagi respublikachilar davrida boʻlgani kabi – AQShning bu hamlasi oldida yengilishi mumkinligidan xavotirda. Chunki respublikachilar Yevropa va boshqa davlatlarga nisbatan yumshoq munosabatda boʻlish – xuddi Obama munosabati kabi – kutilgan natija bermasligini yaxshi his etishadi. Shuning uchun sobiq AQSh vitse-prezidenti Dik Cheyni kelasi sentyabr oyida chop etilishi kutilayotgan “Istisno: nega olam Amerikaga qattiq muhtoj” nomli kitobida bunday deydi: “Afsuski, qarshimizda terrorizmning real xavfi ochiq oydin maʼlum boʻlib turgan bir paytda, prezident Obama bizni obdan zaiflashtirdi va Amerika ittifoqchilaridan voz kechdi, dushmanlarimizni jurʼatli qilib qoʻydi”.
Bler oʻzining “butun dunyo Saddamsiz eng yaxshi yerga aylandi va hamon shunday”, degan yolgʻonini takrorlamoqda. Nahotki, Iroq Amerika-Britaniya bosqinchiligi sababli vayronagarchilik, qirgʻin, mazhabparastlik fitnasi hamda boʻlib tashlashlarga duch kelgan boʻlsa ham dunyoning eng yaxshi yeri boʻlsa?! Ha, shafqatsiz mustamlakachilik qoidasi boʻyicha shunday hisoblanadi!! Shuning uchun Blerning hozirgi gaplari avvalgi mana bu gapiga teskari kelmoqda: “Yurtim Britaniya agar Iroqdagi harbiy amaliyotda sherik boʻlishga rozi boʻlmaganda edi, Vashington Saddamni agʻdarish uchun u yerga yolgʻiz oʻzi kirgan boʻlardi”, degandi. Bu shunga dalolat qiladiki, Britaniya Iroqqa avvaldan qasddan kirgan, yaxshilikni niyat qilmagan, notoʻgʻri maʼlumotlar asosida ham kirmagan, Amerikaning Iroqni agressiya qilishiga qarshi ham chiqmagan. Chunki Saddam Britaniyani malayi edi, shu bois Britaniya qachon Saddam qulatilganda Iroqdagi oʻz nufuzidan qolgan-qutganlarini ham saqlab qolishni istadi va Amerikaning bir oʻzi hamma narsani yamlamay yutishini istamadi. Amerika u yerga faqat oʻz qarori bilan kirdi, Britaniya esa Amerikadan 11 soat keyin kirishga qaror qildi. Britaniya bu masalani BMT muhokamasida saqlab qolish uchun oxirgi soatga qadar ayyorlik qilib turdi. Amerika esa BMTning roziligiga ham qaramay, kirishda qattiq turdi.
Chilkot hisobotida aytilishicha, Bler 2002 yil 28 iyulda, yaʼni agressiyadan sakkiz oy oldin AQSh prezidenti Jorj Bushga nota yuborib, “Nima boʻlsa ham, siz bilan birgaman, lekin mashaqqatlarga birgalikda roʻy-rost qarash vaqti keldi”, degan. Chilkot Britaniyaning bu taomillariga sharh berar ekan, “Bler Bushni qoʻllab-quvvatlashini isbotlashi orqali unga, yaʼni AQSh prezidentiga oʻz taʼsirini oʻztkazishga urinardi va buni Amerika pozitsiyasiga ehtimolli oʻzgarishlarni taklif qilishga urinish bilan ado etardi”, dedi. Demak, inglizlar shu darajada nopok niyat qilishadiki, amerikaliklarga qarorlarni oʻzgartirish yoki chiqarilishini kechiktirish maqsadida ularning yonida yurishadi, qarorlarni bitta oʻzlari chiqarmasligini, mustamlakachilik oʻljalarini birgalikda boʻlishib olishni istashadi. Bir vaqtning oʻzida, imkon topishdi deguncha yashirin uslub-vositalar bilan amerikaliklarga makr qilib, ayblarini fosh etish orqali, oyoqlaridan chalishadi.
Bu hisobot dunyo oldida Amerikani sharmanda qilmoqda, urushlarni yolgʻon asosida olib borishda ayblamoqda. Zotan, uning urushlari dushmanona urush boʻlib, qonuniy emas. Chunki birinchi qaror sohibi u, Britaniya unga ergashadi, xolos! Inglizlar “gunohkor amerikaliklardir, biz ularga ergashganmiz, shu bois avvalo oʻshalarni javobgarlikka torting”, deb turishganday goʻyo! Inglizlarda qabih niyat bor, chunki ular ayni hisobot bilan Amerikani aybdorlik qafasiga tiqishmoqda. Shuning uchun ham hisobot chiqarilishi ortidan bu yurt bosh vaziri Kemeron “Men Qoʻshma Shtatlarni doimo hamma narsada haq, deb hisoblamayman. Lekin, bizning u bilan hamkorligimiz milliy xavfsizligimizga nisbatan zarur deb bilaman”, dedi. Qarangki, inglizlar amerikaliklar yonida birga yurishgan ekan, Amerikani haq va rostgoʻy, deb hisoblashgani uchun emas, balki faqat oʻz manfaatlarini koʻzlab, yomon niyatda boʻlishganini yashirishmayapti. Bu bosh vazirlarining soʻzlarida ham, hisobotlarida ham yaqqol koʻrinib turibdi. Ularni oʻz xalqlarini aldayotgani tashvishlantirmaydi. Mabodo, aldov ochilib qolsa, bosh vazirlari isteʼfo beradi-da, javobgarlikni zimmasiga oladi, masalan, Bler kabi.
Ammo oʻzimizga, musulmonlarga kelsak, hech birimiz arab hukmdorlaridan tortib, Turkiya va Eron hukmdorlariga qadar, AQSh va Britaniyadek dushmanlarga yordam berib, bazalar ochib berayotgan hukmdorlarimizdan birortasidan ham hisob talab qilolmayapmiz… musulmonlar uchun bitta yoʻl bor, u ham boʻlsa, dushman bilan hamkorlik qilayotgan shu hukmdorlarni rejimlari bilan qoʻshib agʻdarish, keyin esa Alloh, Rosuli va moʻminlar uchun xolis turuvchi rahbarni barpo qilishdir.
Asʼad Mansur