AQShga Injirlik havo bazasidan bemalol foydalanaverish kafolati berildi

414
0

AQShga Injirlik havo bazasidan bemalol foydalanaverish kafolati berildi

Turkiyaga safar qilgan AQSh bosh qoʻmondoni Jozef Danforddan Turkiyada yuzaga kelgan davlat toʻntarishiga urinish borasidagi AQShning roli haqida hech kim hech narsa soʻramadi. Balki Danfordga Injirlik havo bazasidan bemalol foydalanaverish kafolati berildi. Bu haqida Nьyu-York Tayms gazetasi xabar tarqatdi.

General Danfordning uchrashuvlarga oid taassurotlarini yoritgan gazetaga koʻra, Anqarada Danford bilan uchrashgan Turk rasmiylarining muomalasi juda ijobiy boʻlgan hamda davlat toʻntarish tashabbusida AQShning roli bor yoki yoʻqligi haqida unga hech qanday savol berilmagan.

Nьyu-York Tayms gazetasining Dunfordning bayonotlariga tayanib yozishicha, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim va bosh qoʻmondon general Hulusi Akar AQSh-Turkiya oʻrtasidagi yaqin aloqalarning davom etishini istashini bildirishgan. 15 iyul Turkiyada yuzaga kelgan davlat toʻntarishi tashabbusida ishtirok etgan samalyotlar AQShning nazorati ostida boʻlgan Injirlik havo bazasidan uchgan boʻlsa ham, biroq rasmiylar AQShning bu boradagi roli haqida ogʻiz ochishmagan.

“Turkiya rasmiylari Amerika Qoʻshma Shtatlarini jamoatchilik oldida tanqid qilar ekan, biroq AQSh rasmiylari bilan uchrashganda oʻzaro strotegik hamkorlik tarafdori ekanliklari borasida ishonchga kirmoqda”, deya yozadi gazetadi.

“Ularning muzokara ohangi juda muloyim edi. Aslo ayblanadigan emas. Balki, aksincha, sheriklikning muhimligini tilga olishdi”, deydi Danford.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻon AQSh armiyasi bosh qoʻmondoni Danford Turkiyaga kelganda undan AQShning davlat toʻntarish tashabbusidan xabari bor yoki yoʻqligi haqida soʻralishini bildirgan edi.

“Bosh qoʻmondoningizning bundan (davlat toʻntarishidan) xabari bormi, yoʻqmi, bu haqida dushanba kuni bizning bosh qoʻmondonimiz u (General Dunford) bilan bu xususda suhbatlashadi”, degan edi Erdugʻon.

Turkiston:
Demak, AQSh Gulanning barcha manfaatlarini tor mor qilinishiga qarshilik qilmaydi. Yaʼni Erdagon AQShdan Gulanga nisbatan faoliyatlariga qarshilik qilmasligiga kafolatni sotib olmoqchi.
Gulan AQShning boqimandasi. Lekin unda hech qanday quvvat yoki faoliyat olib borish ixtiyori yoʻq. Gulan va u olib borayotgan olamiy saqofiy programma loihasi ortida AQSh turadi. Agar Gulan biror toʻpalon uyushtirsa, AQSh Gulanning nomidan uyushtirgan boʻladi.
AQSh Erdagonga Turk siyosiy doirasini tozalab olishi uchun imkon berishi mumkin. Qachonki, Edagon AQSh bilan bitim tuzib, AQShning yuqoridagi kabi bir qator manfaatlarini himoya qilishga rozi boʻlsa. Shunda Erdagon oʻziga qarshi AQShparast saqofiy va harbiy quvvatlardan tozalanib olish bilan bir qatorda, AQShga qarshi inglizparast quvvatlarni ham quvvatsizlantirib berishi mumkin. Chunki avvalgi harbiy rejimni boshqarib kelgan va oxirgi oʻn yillikda harbiy faoliyatdan chetlatilgan yuzlagan inglizparast genirallar mavjud. Oxirgi vaqtlarda Erdagon oʻsha genirallarni harbiy ishlarga taklif qilmoqchi degan malumotlar tarqala boshladi.
Demak, Erdagon vaziyatdan foydalanib, AQShga bosim uyushtiryapti. Yaʼni, harbiy toʻnkarish amaliyotini Gulanchilar vositasida AQSh uyushtirdi deganga ishora qilayotgandek muomila qilyapti. Bu bayonot, turk bosh vaziri tomonidan Angliyada ham aytilgani, fikrimizni quvvatlaydi.
AQSh uchun muhimi, Erdagon oʻz holida, Gulansiz qanchalik xizmatlik qila olishiga ishonch hosil qila olishidir. Masala shu savolning yechimida. Yaʼni, Gulanning Turkiyadagi yoki olamiy faoliyatiga chek qoʻyish bilan Erdagon oʻzini bir muncha erkin va xotirjam seza boshlaydi. Shu vaqtda u qanchalik kufr sistemasining himoyachisi va hamkori boʻlib, Islom va musulmonlarga qarshi qanday va qancha vaqt faoliyat olib bora oladi.
Xulosa qilib aytganimizda AQSh – Turkiya hamkorligi AQShning Erdagondan xotirjam boʻlishiga bogʻliq. Erdagonni hozir harbiy davlat toʻntarishining asosiy uyushtiruvchilari, homiy va rahnamolari qiziqtirayotgani yoʻq. U bu ishga aloqadorlarni juda yaxshi biladi. Erdagon vaziyatdan faqat oʻz siyosiy manfaatlarida foydalanib olmoqchi boʻlayapti. Shu yoʻlni asos qilib AQSh bilan savdolashayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.