Atambayev hijobga qarshi ekanligini yana bir bor oshkor etdi

569
0

Atambayev hijobga qarshi ekanligini yana bir bor oshkor etdi
“Alloh” kalimasini tilida koʻp takrorlaydigan, ikki hayit namozida birinchi safni boʻshatmaydigan, Qurʼoni Karimni qoʻlida ruchka bilan bir necha bor oʻqib chiqqanini aytib maqtanishni yaxshi koʻradigan prezident Atambayev hech narsadan uyalmay iffatli muslimalarga va ularning hijoblariga qarshi kurashishini kundan kunga kuchaytirib boryapti.
“Egan ogʻiz uyalar” deganlaridek, Atambayev xorijdan olgan grand, yordam pullarini oqlash va yana olish ilinjida Islom va musulmonlarga, xususan, musulmon erkaklar uchun saqlash vojib boʻlgan muslima ayollar hijobiga qarshi kurashi Germaniya kantsleri Angela Merkel tashrifi arafasida yashirin nuqtadan oʻtib, oshkoralikni kasb qildi. Merkel tashrifi “sharafiga ilingan “Xayron elim, qayoqqa ketyapmiz?” bannerlari ham aynan Atambayev koʻrsatmasi bilan butun mamlakat boʻylab joylashtirib chiqildi va kantsler bilan boʻlgan uchrashuvi chogʻida ham unga yoqish ilinjida bu mavzuga alohida toʻxtalib oʻtdi. Atambayevning bundan Germaniya hukumatidan imkon qadar koʻproq mablagʻ undirish va bu orqali kun sayin nochorlashib borayotgan Qirgʻiziston iqtisodi “yirtigʻiga yamoq solish”ni maqsad qilgan edi.
Bugun, 1 avgust kuni Issiqkoʻldagi “Rux Oʻrda” kompleksida uyushtirilgan matbuot anjumanida ham Atambayev yana qayta muslima ayollar hijoblariga qarshi fikrlarni bildirdi.
Atambayev Qirgʻiziston fuqarolariga qanday kiyinib yurishini hech kim tiqishtirmasligi kerakligini aytib, dinga toʻnkab terrorizmga majburlash oʻrniga, ayollar kalta yubkada yurgani yaxshi ekanligini belgiladi.
“Hech kim Qirgʻizistonga oʻz dini, kiyimi va fikrlarini zoʻrlab tiqishtirishi kerak emas. Qirgʻizistonda ayollar 50-yillardan beri kalta yubkada yurishadi, ammo ulardan hech biri “shahidlar belbogʻi”ni taqmagan va hech kimni portlatmagan. Xohlasan ayoq kiymingni boshinga kiyib ol, ammo odamlarni portlatma”,- dedi Atambayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.