AQSh armiyasining bosh qoʻmondoni Turkiyada
AQSh armiyasi bosh qoʻmondoni Jozef Danford bugun Turkiyaga keldi. Birinchi boʻlib Injirlik harbiy qarorgohiga kelib tushgan Danford u yerda joylashtirilgan AQShning 39 havo kuchlari qoʻmondonligida xizmat qilayotgan harbiylar bilan qisqa uchrashuv oʻtkazdi.
Terroristlarga (Mujohidlarga) zarba berish uchun AQSh ixtiyoriga topshirilgan Injirlik havo bazasi Turkiyada davlat toʻntarishiga harakat boshlangan kechada ishga solingan harbiy bazalardan biridir. Buning natijasida bir qancha harbiylar, jumladan Injirlik bosh qoʻmondoni general Bekir Erjan ham qamoqqa olingan. AQSh markaziy kuchlar qoʻmondoni Jozef Votel bu qamoqqa olishlar AQShning IShIDga qarshi kurashiga salbiy taʼsir qilishini aytib, hibsga olingan harbiylarni esa “AQSh armiyasining yaqin ittifoqdoshlari”, deb sifatlagan edi.
AQSh armiyasi bosh qoʻmondoni Danforddan Turkiyada muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat toʻntarish tashabbusidan xabari bor yoki yoʻqligi haqida soʻraladi. Bu haqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻon televizion dastur orqali maʼlum qildi.
“Bosh qoʻmondoningizning bundan (davlat toʻntarishidan) xabari bormi, yoʻqmi, bu haqida dushanba kuni bizning bosh qoʻmondonimiz u bilan bu xususda suhbatlashadi”, dedi Erdugʻon.
Danford Injirlik ziyorati ortidan Turkiya bosh shtab boshqarmasining rahbari Hulusi Akar bilan uchrashish uchun Anqaraga yoʻl oldi. U anqarada Turkiya bosh qoʻmondoni bilan uchrashgandan soʻng soat 16:00 da Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bilan ham uchrashuv oʻtkazadi. Bosh Vazirlik manbalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, bosh vaziri Binali Yildirim AQSh armiyasi bosh qoʻmondonini Chankaya saroyida takror qabul qiladi.
Dunford oxirgi marta Turkiyaga yanvar oyida kelib, qoʻmondon Hulusi Akar bilan uchrashgan edi.