Militsiya mayori odam oʻgʻirlashda gumonlanib qoʻlga olindi

872
0

Militsiya mayori odam oʻgʻirlashda gumonlanib qoʻlga olindi

Bundan bir oy oldin Oʻsh shahrida Xitoydan kelgan tadbirkor tayinsiz yoʻqolgan edi. Shunga bogʻliq Xitoyning Oʻsh shahridagi konsulligi uni izlab topishda yordam soʻrab qirgʻiz hukumatiga murojaat qilgan. Olib borilgan tergov-surishtiruvlar ortidan mazkur jinoyat ishiga aloqadorlikda gumonlanib Jalolobod viloyati ichki ishlar boshqarmasining boʻlim boshligʻi Bekjon Ajiqulov qoʻlga olindi.

Militsiya mayori Bekjon Ajiqulov Jalolobod viloyati ichki ishlar boshqarmasining 10-boʻlim – migratsiya, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi boʻlgan. Unga oʻtgan yili “Oʻz kasbining ustasi” nomi berilib, faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Oʻsh shahar sudi militsiya mayorini ehtiyot chorasi sifatida Bekjon Ajiqulovni 20 kunga qamoqqa olish toʻgʻrisida hukm chiqardi.

Xitoy fuqarosi, uygʻur millatiga mansub Ali Oʻshda vaqtinchalik yashab, tadbirkorlik bilan shugʻullanib kelgan. Oʻtgan oyning 24 kuni “juma namoziga borib kelman” deb uydan chiqqan boʻyi qaytib kelmagan edi. Keyinchalik uning mashinasi shaharning Soliyeva koʻchasidagi Barpi maktabi oldidan topilgan edi. Mahalliy qizga uylangan Ali ikki nafar balogʻatga yetmagan bolaning otasidir. Alining oʻgʻirlanishda gumonlanib militsiya mayorining qoʻlga olingan toʻgʻrisidagi xabar paydo boʻlgan 27 iyul kuni ularning oilasida uchiinchi farzand ham dunyoga keldi.

Yoʻqolgan tadbirkorning xotini tomonidan boʻlgan qarindoshlari militsiyaga ariza bilan murojaat qilishgan va oʻzlari ham mustaqil izlay boshlashgan. Biroq izlashlar hech qanday samara bermagan.

Alini tirik yoki oʻlikligini bilishni xohlagan qarindoshlari 27 iyul kuni Oʻsh shahar sudi binosi oldida yigʻilishdi.

Turkiston:

Qargʻiziston davlati, ishonchsizlik bildirish kerak boʻlgan davlatchilikka aylanib borayapti. Oʻtgan yili prizident aparatining boshligʻi bilan yana bir deputat qamoqqa olindi. Ular jinoyatchi sifatida turmada oʻtirgan Bishkekning avvalgi merining nomidan 100 ming dollor pora olayotib qoʻlga tushgan edi. Avvalroq esa Qirgʻizistonning parlamentini bir necha yil boshqarib kelgan “jogorgu kenesh” spikeri qamoqqa olindi. U xam, davlat mulklarini oʻz manfaati yoʻlida ishlatib yuborganlikda ayblangan. Akayev xam Bakiyev xam va ularning atrofidagilari xam, milliardlagan pullarimizni olib chiqib ketishdi. Ular xozirda oʻsha bizlardan oʻgʻirlab olib qochib ketishgan pullari bilan yana xukumatni egallab kelishayapti. Bakiyevchilar yana ministr, deputat, gubirnator boʻlib birin ketin xokimiyatni egallashyapti.

Militsiya xodimlari tarafidan oxirgi vaqtlarda juda koʻp jinoyatlar sodir etilyapti. Ular oʻshda xatto bandit va reketlar bilan aralashib, militsiya xodimlaridan iborat banditlar gruppalariga aylanib borishyapti. Sport klublari xam yuqori lavozimli organ yetakchilarining xomiyligi ostida ish olib borishadi. Ular sodir etishayotgan yoki sodir etgan jinoyatlarining deyarli birortasi xaligacha ochilgan emas. Misol uchun millionlagan savdogarlarning pullari oʻgʻirlandi, toʻnaldi. Birortasi topilgani yoʻq. Chunki bu kabi iflos ishlarni shu kabi iflos organ xodimlari bajarishadi. Aslida ular sport bilan shugʻullangan bandit yigitlar boʻlib, ularga organ guvoxnomasi elni toʻnashayotgan paytlarida rasmiyatchilik va ximoyalanish uchungina kerak. Bularning xomiylari esa, ministrlikka qarab koʻtarilib borishaveradi. Chunki xukumat uchun farqi yoʻq, saylovda yoki tartibni saqlab turishda boʻladimi, xalqni bosim ostida ushlab turadigan quvvat boʻlsa bas. Ular xalqqa nisbatan zulm bilan tartibni saqlashadimi, qonunga rioya qilishadimi yoki oyogʻ osti qilib yuborishadimi, buning farqi yoʻq. Muximi, saylovda ovoz olib berishni eplashsa va xalqni sukut qilib turishini kafolatlashsa boʻldi.

Yuqoridagi jinoyatchi shaxs huquq tartibot organining faxriy xodimi ekan. Qirgʻizistonda 10 boshqarma xodimlari oʻz vaqtida juda boyib ketishdi. Ular asosan Xitoy uygʻurlarining pullarini xar xil yoʻllar orqali tortib olish bilan boylik orttirishadi. Uygʻur birodarlarimiz ular talab qilishayotgan mablagʻni vaqtida topib berisha olishmasa, ularni xar xil shantaj yoʻllari bilan qoʻrqitishadi. Masalan ular “Bizning Xitoy xavfsizlik xizmatlari bilan aloqalarimiz bor, biz sizlar haqqingizda ekstremistik toʻdalar bilan aloqador deb yozib yuboramiz”, deb qoʻrqitishadi. Shundan xam bir naf chiqmasa, keyin ularga boshqa moddiy bosimlar bera boshlashadi. Bu deyarli koʻchada xamma biladigan ochiq xaqiqat.

Xukumat yaʼni ministrlar bu ishlarga koʻz yumibgina qolmay, balki jinoyatchilarga xomiylik va ular bilan sherikchilik qilishadi. Chunki bu xodimlarning iflos ishlaridan tushgan daromadlari yuqoridagilar bilan boʻlinadi.

Lekin bu korruptsiyalik mexanizmlar Qirgʻizistonni bir necha oʻn yillar ortga surib yubordi. Jaxon bozorlari deb nom olgan yirik bozorlar yopilish arafasida turipti. Chet el savdogarlari mamlakatimizdan chiqib ketishdi. Qolganlari esa, organ xodimlariga ilgari toʻlab kelayotgan pullarni toʻlay olmay qolishdi. Bularga ishonib dangillama uylarga xarakat boshlab qoʻygan yoki banklardan yirik kredit pullar olib qoʻygan 10-boʻlim boshqarma xodimlari, Bekjon Ajikulov singari jinoyatga qoʻl urishgacha borishayapti.

Xukumatning iflos koruptsiyalashgan bir toifasi esa, “Bishkek atrofida gumonli shaxslar paydo boʻldi” deb, musulmonlardan xavotir paydo qilib, xalqni chalgʻitmoqchi boʻlishayapti. Aslida xozir militsiya va xavfsizlik xodimlarining oʻzlari xalq uyaun oʻta qoʻrqinchli xolatga tushib borishyapti. Yaqin kelajakda vaziyat oʻzgarmasa, ular fuqorolarning oxirgi somlarini tortib olish uchun xar qanday jinoyatga qoʻl urishlari mumkin. Chunki mamlakatimizning ichki siyosiy va xavfsizlik sistemasi shunga mos ravishda ishlab chiqilgan. Yaʼni organ xodimlarining oylik maoshlari oʻzlari uchun yetarli miqdorda emas.Musulmonlar esa buning aksi. Vaziyat keskinlashib, qashshoqlik kuchayib boraverishi bilan, Musulmonlar bir birlari bilan yaqinlashib, kuchlilar zaiflarga yordam berishga intilishadi. Islom dini ularni shu yoʻlga yurishga undaydi.

Buzuq kuchlar bir musulmonning biror nojoʻya xarakati uchun butun musulmonlarni ayblashga xarakat qilishadi. Organ xodimlarining, ministr, deputat yoki prizidentlarning jinoiy ishlari uchun faqat oʻsha odamni aybdor deb, qolganlari uyalmay iflos ishlarida davom etavetishadi. Axir bir jinoiy ishni musulmon qilsa xam, kofir yoki munofiq qilsa xam natijasi oʻzgarmaydi. Yaʼni u biror odamni oʻldirsa, uni kim oʻldirgani axamiyatli emas. Balki, nima uchun oʻldirdi, shunga xuquqi bormidi, xaddidan oshdimi, masalaning mana shu tomoni eʼtiborlidir. Uni biror saqollik musulmon oʻldirsa, bu jamiyat uchun xavf tugʻdirsayu, militsiya xodimi oʻldirsa xech qanday xavf yoʻq emish. Axir bu organ xodimlarini biz oʻzimiz uchun ximoyachi qilib yollaganmizku. Ular ishonchsiz boʻlishsa, nega biz ularga ishonishda davom etaverishimiz kerak. musulmonlarni esa, gumondor shaxslar deb jinoiy javbgarlikka tortib yuborishayapti. Ularni jinoyatlariga sherik deb, xatto ularning doʻstlari va yaqinlarini xam tergovga tortishayapti. Bu qanday ikki standartlik siyosat. Xalqaro tashkilotlar, sud va xuquq ximoyachilari koʻr boʻlib qolishganmi?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.