Gʻayrivoqeiy boʻlgan kutishlar

484
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Moda ortidan quvish demokratiyaning balosidir (2)
Gʻayrivoqeiy boʻlgan kutishlar

Olamdagi har qanday jamiyat uchun muayyan uzunlik, muayyan vazn, teri va sochning muayyan rangi, muayyan shakl va muayyan yosh normasiga erishish(ni kutish) mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan gʻayrivoqeiy ishdir. Bu ish uni oʻzlariga lozim deb biladigan ayollar topilsa – kasallik holatiga aylanadi. Masalan, Tsintsinattidagi meditsina universiteti 1984 yilda oʻtkazgan soʻrov natijasi 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan 75% ayollar oʻzlarini semiz deb hisoblashlarini koʻrsatdi. Holbuki ularning 25%gina tibbiy jihatdan ortiqcha vaznga ega edilar. Vazni talab darajasidan past boʻlgan 45% ayollar esa oʻzlarini juda semiz deb xisoblar ekanlar. Shunga ham eʼtiborni qaratish lozimki, goʻzallik jihatini aniqlashda qoʻllaniladigan vazn oʻlchovlari tibbiy standartlarga ham mos kelmaydigan oʻlchovlardir. Shuning uchun bu oʻlchovlar xususida fikr yuritish haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bundan tashqari, reklama sanoati manekenchi ayollarni oʻz jurnallari, kosmetik vositalari va zamonaviy (modali) liboslarining yanada koʻproq sotilishini taʼminlaydigan shaklda koʻrsatadi.
“Life” jurnalida sanʼat boʻlimini boshqargan Bob Kiyano shunday deydi: “Yuz terisini tarang qilish uchun uni qayta-qayta torttirmagan biron ayolning surati topilmaydi”. Ayollar uchun chiqariladigan ikki jurnalning muharriri boʻlmish Dolmeyxen ismli ayol shunday deydi: “Yoshi 60dan oshgan mashhur kishilarning suratlari – ular oʻzlarining haqiqiy yoshlaridagidan koʻra koʻrkamroq va yoshroq boʻlib koʻrinishlari uchun – boshqacha qilib oʻzgartiriladi. 60 yoshdagi ayolning yuzi 45 yoshli ayolning yuziga oʻxshashi uchun tarang qilib tortiladi”. Bu ish koʻproq komppyuter orqali koʻrsatiladigan tasvir ustida olib boriladi. Chunki komppyuter vositasida manekenchi ayollarning tashqi koʻrinishi va yuzlaridagi ajinlarni oʻzgartirib koʻrsatish osondir. Gʻarbdagi goʻzallik timsoli hisoblanmish mashhur ayollar muayyan shakl va ideal (barkamol) yuzga ega boʻlish uchun hatto plastik operatsiyalar qildiradilar. Masalan, plastik operatsiyalar malikasi boʻlmish qoʻshiqchi Sher bir marta shunday degan edi: “Epaqaga keltirish uchun bu yuzga necha marta upa surtishimni bilmayman”.
Ideal qaddi-qomatga erishish maqsadida ayol kishida qoʻzgʻatilayotgan bunday mintaqasiz natijalar kutish oddiy ayolni goʻzal boʻlishni xohlovchi ayollar safiga qoʻshilish uchun xatarli operatsiyalarga rozi boʻlishgacha olib boradi. Masalan, Amerika plastik xirurgiya jamiyati jamlagan statistik maʼlumotlarga koʻra, soʻrovda ishtirok etgan ayollarning 80% bilan jarrohlik va terapiya yoʻli bilan 8,5 million plastik operatsiyalar oʻtkazilgan. Eng mashhur hisoblanmish 5ta plastik operatsiyalar quyidagicha: badandagi yogʻni yoʻqotish operatsiyasi, koʻz qovogʻini oʻzgartirish operatsiyasi, koʻkraklarni kattalashtirish, burun shaklini oʻzgartirish va yuzning terisini tarang qilib torttirish.
Muayyan shaklga erishishni bunday intizorlik bilan kutish mantiqsiz boʻlibgina qolmasdan, juda xatarli hamdir. Chunki u bir qancha muammolar va iztiroblarni keltirib chiqaradi. Bunga misol keltiradigan boʻlsak, manekenchi va aktrisa ayollarning badanidagi yogʻ darajasi tana vaznining 10%dan kamdir. Vaholanki, tibbiy jihatdan talab qilingan miqdor 22-26% boʻlishi lozim. Bunday kam miqdorga erishish uchun, yaʼni ozuqa moddalarining tanaga soʻrilib singib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, soddaroq aytadigan boʻlsak, kamroq ovqat yeyish uchun manekenchi va aktrisa ayollar surgi dorilarni tanovul qilishga va ogʻir gimnastik mashqlar bilan shugʻullanishga majbur boʻladi. Shakl va tana vazniga boʻlgan bunday havas taom yeyishdagi iztirobni, tana harorati darajasi va qonbosiminining tushib ketishi, yurakning notekis urishi va bepushtlikni keltirib chiqaradi. Gohida esa bunday havas oʻlimga olib borishi ham mumkin. Qoʻshma shtatlardagi xalqaro aqliy salomatlik muassasasining taʼkidlashicha, amerikaliklar yiliga oʻrtacha 109 milliard dollarni parhez taomlarga sarflaydi. Har 20 ayoldan bittasi ishtahasi yoʻqligidan qiynaladi, doimiy parhezda yuradigan har uch ayoldan bittasida esa yoqimsiz axloq paydo boʻladi va har ikki kishidan bittasi ovqatlanishdan qisman iztirob chekadi. “Polemiya” jamiyatining hisob-kitoblariga qaraganda, har yili 1000ta ayol ishtaha yoʻqligi kasalligi sababli vafot etadi. 2000 yilda Britaniya meditsina jamiyati bir hisobot tarqatdi. Bu hisobotda Britaniyada ishtaha yoʻqligi kasalligining tobora koʻpayib borishi sabablari haqida bahs yuritiladi. Unda jumladan shunday iboralar bor: “Ommaviy axborot vositalarining ozgʻin manekenchi ayollarga ruju qoʻyishi kichik yoshdagi qizlar oʻrtasida ovqatlanish tartibi buzilishi avj olishiga juda alamli tarzda hissa qoʻshmoqda”. Hatto internetda ham ayollarni ozgʻinlikka targʻib qiladigan saytlar paydo boʻldi. Bunga misol qilib “Ozgʻin boʻlish uchun tavsiyalar” nomli saytni keltirish mumkin. Bu tavsiyalar jumlasiga “Agar ozgʻin boʻlmasang, demak, sen jozibali emassan”; “Ozgʻin boʻlishing sogʻlom boʻlishingdan ham muhimroqdir”; “Eng muhim narsa – vazndir”; “Ovqat yemay ozgʻin boʻlishing – muvaffaqiyat va quvvatning haqiqiy alomatlaridir”, kabi tavsiyalar kiradi. (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.