Atambayev Merkelga yoqish uchun hijobga osildi
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Germaniya kantsleri Angela Merkelni kutib olib, uchrashuv oʻtkazdi. Soʻng ikki rahbar rasmiy bayonot berishdi. Bayonotda bir qator rasmiy, odatiy gaplar aytib oʻtildi. Eʼtibor tortadigan mavzu Atambayevning hijobga qarshi aytib oʻtgan javobi boʻldi. U oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oʻta kuchli muhokama va ixtiloflarga sabab boʻlayotgan “Qayoqqa qarab ketyapmiz” deb yozib qoʻyilgan bannerlar haqida gapirib berdi. Mazkur bannerlar juda katta qilib Bishkekning har joylariga osib qoʻyilganligi haqida avval xabar qilgan edik. Prezident bu bannerlarni respublika boʻylab osib chiqilishi uchun mablagʻ ajratganini maʼlum qildi.
“Bu suratlardagi mavzularning Islom qadriyatlariga aloqasi yoʻq. Bu milliy kiyinish, urf odatlarimiz, qirgʻiz tili, kiyinish madaniyati va milliy qadriyatlarimizni himoya qilishga aloqador harakatdir. Bizga Arablarning, Bangladesh yoki indoneziya va boshqalarning kiyinish madaniyatining keragi yoʻq” dedi prezident.
Qizigʻi shundaki, prezident bu gaplarini, yaʼni rasmiy bildiruv va bayonotini sof rus tilida gapirib oʻtdi. Rasmiy davlat televideniyasining xabar berishicha, Atambayev Germaniya kantslerini nemis tilida salom berish bilan kutib olgan emish. Kiyib olgan kiyimi ham, Yevropaning madaniyatidan kirib kelgan kiyim edi.
Prezident bannerlarni shu kuni oʻzi atayin ildirib, kantsler xonim oldida musulmonlarni agressiv qilib koʻrsatib qoʻymoqchi boʻlgani va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur suratga qarshi chiqqan musulmonlarga nisbatan soxta tarafdorlarini ham tayorlab qoʻygani maʼlum boʻldi.
Bundan tashqari, Garmaniya islomiylashish jarayoni oʻta tez rivojlanib borayotgan davlat boʻlgani sababli, nemislar ham oʻz yurtida hijobga qarshi bir qator choralar koʻrishga harakat qilib kelishadi. Ular ham bizdagi kabi, bir qator maktablarda hijobni taʼqiqlashga harakat qilishgani xabarlardan maʼlum. Qirgʻiz hukumati bu bachkana harakati bilan Merkeldan koʻproq pul undirib qolishga harakat qilgan boʻlishi mumkin. Lekin ularning bu harakatlari sababli ichki muhitimizda fuqorolararo boʻlinishlar paydo boʻlayotgani ularni xavotirlantirmayapti. Ular hijobga yoki Islomga qarshi chiqsak Merkelga yoqamiz, degan oʻy bilan, ilgari hech qilmagan hunarlarini shu kunga kelib qilishga jurʼat qilishdi. Germaniya salmoqli qismi nasroniylardan tashkil topgan kufr diyori hisoblanadi. Qirgʻiziston esa, asosiy fuqorolari musulmonlardan iborat Islom yurti hisoblanadi. Hokimiyat buni inobatga olishi kerak edi.
Bu suratni osish bilan hokimiyat ikki narsani koʻrsatib qoʻymoqchi boʻldi.
Birinchisi: Kufr sistemasining olamiy global siyosati oqimida oʻzlarini peshkadam ekanliklarini koʻrsatib qoʻyish. Yaʼni, Qirgʻiz davlati ham, 2014 yildagi AQSh prezidentining senat oldida bildirgan olamiy strotegik yoʻnalishiga muvofiq harakat olib borayotganini bildirib qoʻymoqchi boʻldi. “Islomiy mamlakatlarning barchasi endi oʻz yurtlaridagi islomiy terroristlar bilan oʻzlari kurash olib borishlari kerak. Lozim boʻlsa biz ularga kerak boʻlgan har qanday yordam koʻrsatishga tayyormiz.” degan edi oʻshanda Obama. Qirgʻiziston hozir yordamga oʻta muxtoj. Lekin Islom va musulmonlarga qarshi harakatlanishida emas. Bu bir bahona boʻlayapti xolos.
Ikkinchisi: Yaqinda Toshkentda boʻlib oʻtgan ShHTning navbatdagi yigʻilishida Karimovdan olgan koʻrsatmalarga muvofiq harakat olib borayotganligini namoyish qilish. Oʻzbekistonda ham, avval islomiy muhit bilan davlat oʻrtasida kelishmovchilik sunʼiy yaratilib olingan edi. Soʻng mashhur 16 fevralь voqeʼasi Karimov tomonidan oʻziga qarshi suiqast sifatida uyushtirilgan. Atambayevning oʻzi islomiy qadriyatlarga va islomiy olim va ulamolarga qarshi chiqish bilan jamiyatni ikkiga boʻlib, islomiy muhit himoyachilarini alohida ajratib olmoqchi boʻldi. Soʻng islomiy muhit tarafdorlari nomidan yoppa qoʻporuv amaliyoti uyushtiriladi. Ortidan umumiy musulmonlarga qarshi repressiv harakatlar boshlanadi.
Yuqoridagi har ikki maqsad sari olib borilayotgan harakatlar biz musulmonlarning bu qalbaki ketuvdagi harakatlarga qay darajada ishonib borayotganimizga bogʻliqdir. Avalgi militsiya ministri Torganbayev boshchilik qilib oʻtkazgan №50 qamoqxonadan mahbuslarni atayin qochirib yuborish amaliyotining sud jarayoni shu kunlarda yakunlandi. Sudning qarori biz kutganimizdek boʻlib chiqdi. Yaʼni hamma aybni qamoqxonaning oʻsha paytda himoya qilib turgan, hodisa paytida oʻzlari tomonidan oʻldirib yuborilgan soqchi harbiylarga va nomaʼlum sabablarga koʻra Oʻshdagi qamoqxonaga olib kelib qamab qoʻyilgan, soʻng osib oʻldirib yuborishgan oʻsha qamoqxonaning boshligʻiga yuklab yuborishdi.
Bu sudning hukmi shunday boʻlishi aniq edi, chunki bu soqchilarning dafn marosimiga birorta mansabdor shaxs qatnashmadi. Ularning oilasiga hech qanday yordam koʻrsatilmadi. Xuddi ular bu amaliyotning oxirida albatta soqchilar aybdor sanalib, ular ustidan hukm chiqarilishini avvaldan bilishganlaridek. Ular bu qotillikni uyushtirishdi, lekin xalqni unga ishontirisha olmadi. Soʻng shuncha insonning oʻlimiga sabab boʻlgan bu amaliyotni yashirincha sud qilib osongina yopib yuborishdi.
Bularga arablarning yoki boshqasining kiyimi yoqmayotgan emish. Bu harakatlarning barchasi chalgʻituvchi yasama tashviqot harakatlardir.
Davlatning Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan harakatlari musulmonlarni harom ish qilishga unday olmaydi. Ular bu iflos ishlarni oʻzlari uyushtirishga harakat qilishadi. Ishonmang, musulmon odam boshqa musulmon yoki begunoh odamning oʻlimiga sabab boʻluvchi harom harakatlar qila olmaydi. Buni faqat kofir yoki dinni tushunmagan, siyosiy koʻr boʻlgan yollanma musulmon bajarishi mumkin. Kufr olami bizning hukumatimizni ham oʻz fuqorolarini portlatish kabi iflos uslublar bilan, musulmonlarga qarshi kurashi uchun yoʻl ochib olishga majburlamoqda.
Yurtimiz uchun Islom va musulmonlar tomonidan hech qanday vahima va xavf yoʻq. Biz shunchaki zaif va himoyasiz qatlam boʻlib turganimiz sababidan, ular bizga boʻhton va haqoratlar qilishayapti! Chunki musulmonlarning nomidan javob qilishi mumkin boʻlgan idora yoki davlatimiz yoʻq!