Qirgʻiziston hukumati 2016 yilgi ramazon hayit namozini bir kun avval oʻqishga majbur qildi
Qirgʻiziston hukumati musulmonlarni 2016 yilgi ramazon hayit namozini bir kun avval, yaʼni ramazon oyining 30 – kuni oʻqishga majbur qildi. 6 iyulь kuni shaʼvol oyining birinchi kuni ekani aniq boʻlganida esa, musulmonlarni hayit namozini oʻqishdan man qildi. Ular bu harakatlari bilan nima maqsadni koʻzlashdi va qanday natijalarga erishishdi? Quyida shu haqida soʻz yuritamiz.
Bishkekda hayit namozi “Pobeda” maydonida oʻqildi. Bir necha yillardan buyon hayit namozi Oq uy oldidagi markaziy maydonda oʻqilar edi. Oxirgi yillarda Bishkekning oʻzida 150 ming atrofida musulmon hayit namozida ishtirok etib keldi. Bu yilgi hayit namozida esa Bishkekda 10 – 15 ming musulmon ishtirok etdi xolos.
Taqriban Bishkekning oʻzidan 135 ming musulmon hayit namozini oʻqiganlari yoʻq. Ular dindan qaytib, namoz oʻqimaydigan fosiq boʻlib ketishgani yoʻq! Aksincha, yil sayin musulmonlarning safi juda ildamlik bilan kengayib borayapti. Mamlakat boʻylab millionlagan musulmonlar ramazon oyi tugamay turib, hayit namozini oʻqishdan bosh tortishib, taqvo qilishdi. Chunki u kunni hayit bayrami qilish va shu kundagi roʻza ibodatini tark qilish sharʼan harom amal hisoblanar edi. Bu kabi bidʼat amallarni xotirjam qilaverish osiylik va haddidan oshish hisoblanadi. Din xizmatkorlari, imomlar va mahalla qoʻmitasi rahbarlari ham muftiyot tomonidan emas, organ xodimlari tomonidan taʼziyqqa olinishdi. Hatto oʻsha kuni taʼziyq ostida qoʻrqqanidan namoz oʻqigan baʼzi iymonli va ilimli musulmonlar roʻza ogʻizlarini ochishgani yoʻq.
Hukumat butun quvvati bilan dindorlarga bosim berib koʻrdi. Qirgʻiz davlati oʻz tasarrufi ostidagi butun diniy qatlamni ishga solib, ularni musulmonlar oldidagi vaznini tekshirmoqchi boʻldi. Natijasi koʻrinib turganidek, Qirgʻiziston musulmonlarining oʻndan biri ham ularga ergashganlari yoʻq. Agar kuch tizim xodimlarining kuchli bosimi boʻlmaganda edi, bu saroy ulamolarining vazni bundan bir necha barobar yengil ekani koʻrinib qolgan boʻlar edi. Chunki ular saroydagi xojalarining botil koʻrsatmalarini va nosharʼiy buyruqlarini shariatga muvofiqlashtirmoqchi boʻlishayapti.
Muftiyotni bu harom ishga majburlagan kimsalar xavfsizlik va IIM organ xodimlari ekani kundek ravshan. Chunki muftiyotda biron odamni bir ishga majburlay oladigan quvvatning oʻzi yoʻq. Ularni ortida kuch tizimining xos xodimlari ish olib borishayapti. Lekin bu kuch tizimining ortida kim turipti? Albatta Qirgʻiz hokimiyati. Chunki muftiyot ham, kuch organlari ham siyosiy tashkilotlar emas. Ular ijroiy xizmat tizimlari turkumiga kirishadi. Hayitga majburlash yoki undan man qilish ishlari esa, siyosiy ish va siyosiy kurash turkumiga kiradi. Bu kabi ishlarni faqat siyosatchilar rejalashtiradi va ijrochi organlar vositasida amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Qirgʻiziston rahbarlari yana bir katta xatoga yoʻl qoʻyishdi. Ular oʻz gumashtalari boʻlgan dindorlar qatlamini haromga buyurishib, musulmonlar oldida ularni obruylarini yanada tubanlashtirib yuborishdi. U dindorlarni organ xodimlari bilan ochiq hamkorlikka majbur qilib, ularni oddiy fuqorolar oldida ham xorlab borishayapti. Endi ularning quvvati deyarli qolmadi.
Ulamolarning quvvati mamlakatdagi musulmon fuqorolar oldidagi obruy-eʼtiborlari bilan oʻlchanadi. Organ xodimlari tarafidan oyogʻosti qilinib, xorlangan ulamolarining esa, musulmonlar nazdida zigʻirchalik qiymati boʻlmaydi. Ulardan manfaat yoʻq. Endi ularning har bir fatvo va buyrugʻi faqat organ xodimlarining bosimi bilangina amalga oshiriladi. Bu sistema esa uzoq davom eta olmaydi. Hukumat bu tartibda ishlashdan charchaydi. Natijada hokimiyat bu ulamolarni yangilari bilan almashtirishdan oʻzga chora topolmay qoladi.
99% omi (ilmsiz)lardan iborat Qirgʻiziston musulmonlari oʻzlari uchun taqvoli deb bilgan ulamolarni tanlab olishib, ularning etaklarini mahkam ushlab kelishadi. Kechagi hayit namozi shuni koʻrsatdiki, endi musulmonlarning juda koʻp qismi saroy ulamolarini etaklarini qoʻyib yuborishadi. Chunki ular oʻz murutlarini haromga chaqirishdi. Nafaqat chaqirishdi balki ularni organ xodimlariga qoʻyib berishdi. Ummat juda koʻp xatolar qilishi mumkin, lekin oʻziga haqiqiy diniy rahnamo tanlayotganida, uni juda ziyraklik bilan taqvosini, shijoʼatini, xolislik va siyosiy ongini tekshiradi.
Alloh har birimizni yetakchi tanlashda adashtirmasin. Chunki faqat shu tanlovimizda adashayotganimiz bilan biz tubanlikdan chiqa olmayapmiz.
Abdurazzoq.