Turkiyada yetti oy ichida olti marta terror hujumi sodir etildi. Bulardan eng oxirgisi kuni kecha muborak ramazon oyida “Otaturk” aeroportida yuzaga keldi. O‘nlab insonlar halok bo‘ldi, yuzlagan insonlar tan jarohati oldi.
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim tekshiruv natijalariga ko‘ra, terror hujumi IShIDga aloqador shaxslar tomonidan amalga oshirilganligini bildirdi.
“Xavfsizlik kuchlarimiz amalga oshirgan izlanishlar terror hujumi IShID tarafidan uyushtirilganligini ko‘rsatmoqda. Dalillar IShIDga borib taqalsada, bu borada izlanishlar davom etmoqda”, dedi bosh vazir Yildirim.
Turkiya aeroportidagi hujumlardan bir kun avval AQSh davlat departamenti o‘z fuqarolarini Istambulga safar qilishdan ogohlartirgan edi. Biroq AQSh tashqi ishlar vazirligi tarafidan berilgan bayonotda aytilishicha, AQSh bu hujumlardan xabardor bo‘lmagan, balki uning ogohlantirishi tasodif bo‘lgan.
“Shu kunlarda yuz beradigan yoki diqqatni jalb qiladigan hodisalar haqida razvedka ma‘lumotimiz yo‘q edi. Bunday ma‘lumotga ega bo‘lganimizda albatta Turkiya hukumatiga xabar bergan bo‘lar edik”, deydi AQSh davlat departamenti so‘zchisining yordamchisi Mark Toner.
Ayni paytda MRB rahbari Jon Vrennan IShIDga mansub 30ga yaqin qurolli shaxslar Turkiyaga yuborilganligini olg‘a surmoqda. Turkiya aeroportida yuz bergan portlash ortidan AQShning “NBC” kanaliga intervьyu bergan Brennan IShID o‘z odamlarini Turkiyaga yuborganligini bildirdi.
Turkiston:
Erdogan urib tushirilgan harbiy uchoqda halok bo‘lgan uchuvchi uchun Rus xalqidan kechirim so‘radi. Uning bu harakatlari yozgi turizm mavsumi boshlanishiga aloqador deb ham tahlil qilindi. Chunki Turkiyaga turizmdan kelib tushadigan manfaatlarning salmoqli qismi Rossiyadan keladigan turistlariga to‘g‘ri kelar edi.
Lekin Erdoganni Putindan kechirim so‘rashining sababi faqat turizm muammosida emas. U Isroil bilan ham aloqalarini yaxshilashga tinmay harakatlar olib borayapti. Erdogan Turkiyada olib borayotgan islomiy muhit bilan boshqaruv, to‘g‘rirog‘i islomiy tus berilgan ilmoniy boshqaruv printsipini saqlab qola olmayapti. Bir qator G‘arb yetakchi davlatlari Erdagonning bu boshqaruv sistemasining oqibatlaridan xavfsiray boshlashdi. Shuningdek bu islomiy niqob ostida boshqarish sistemasini o‘zgartirish uchun chora tadbirlar va sharoitlar paydo qilinyapti.
Turkiyada qo‘poruv amaliyotlarining keti uzulmay qoldi. “Rossiya TV” telekanalining oxirgi Istambul aeroportida bo‘lib o‘tgan portlashlarga qarata tarqatgan ma‘lumotlariga ko‘ra, bu qo‘poruv ishlarini Turk hukumati yana Kurdlarga to‘nkashi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Uni islomiy rodikallar uyushtirayapti degan ma‘nodagi xulosalar tarqatildi. Qizig‘i bu xulosalar portlash sodir etilgan kunidan boshlandi. Hali hech qanday tekshiruv amaliyotlari boshlanmay turib, go‘yo Erdoganga aybni kimga ag‘darish kerakligi haqida maslahat berildi.
Shu va ilgari sodir etilgan bir qator qo‘poruv amaliyotlarining barchasida tashqi kufr quvvatlarining ta‘siri va bevosita ishtiroki bor albatta. Bu amaliyotlarning barchasi bir maqsad sari, bir reja asosida olib borilayotgani ma‘lum. Bu reja Erdoganning rejimini qulatish yoki uning o‘zini ichki islomiy muhitga qarshi harakatlanishga majbur qilish maqsadida amalga oshirilmoqda. Erdoganning Rossiya va Isroil bilan aloqalarini toboro yaxshilashga qaratib borayotgan siyosati esa, uni ham kufrning shu loihasi karvoniga qo‘shilib borayotganiga dalolat qiladi. Chunki uning bu harakatlari dunyo musulmonlarining g‘azabiga sabab bo‘ladi. Bu esa, qo‘poruv ishlarini ularga yuklab yuborish uchun qulay vaziyatlar olib kelishi mumkin.
Erdogan ham, G‘arb mustamlakachilari ham, Turk millatining salmoqli qismida musulmonlarga qarshi nafrat va salbiy munosabatlar paydo bo‘lishini kutishayapti. Erdogan bu vaziyatlarni Kurd millatiga qarshi nafrat paydo qilish uchun ishlatmoqchi bo‘ldi. Lekin eplay olmayapti. Chunki vaziyat va qo‘poruv amaliyoti uning tasarrufi ostida emas. Kufr olami bu qo‘poruv ishlarini xohlagancha davom ettirishi mumkin.
Erdogan qiyin ahvolda qoldi. U musulmonlarga suyanib, bu qo‘poruv ishlarini kufr olami menga bosim berish uchun o‘zlari olib boayapti deb bayonot bera olmayapti. Kufrga suyanib, bu ishlar musulmonlar tomonidan bajarilayapti deb, Islom va musulmonlarga qarshi harakatlanish bo‘sag‘asida turib qoldi.
Rossiya esa, AQShning keng loihalariga qarshi bora olmaydi. Aksincha u ham ular bilan hamkorlikda ish olib boradi. Rossiyaning Kurdlarni qurollantirish ishlari, Turkiya va YeI davlatlariga qarshi Suriyaning ular tomondagi tinch aholini bombardimon qilib, bu mamlakatlarni qochqinlar makoniga aylantirib yuborish uchun olib borayotgan harakatlari bu fikrga dalil bo‘la oladi.