23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a‘zo davlat rahbarlari Kengashining yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriligi tomonidan bugun brifing o‘tkazildi. Unda sammitda ShHTga a‘zo davlatlardan, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etishi ma‘lum qilindi.
Kuzatuvchi davlatlardan: Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Belarusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, Mo‘g‘iliston prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorj, Pokiston prezidenti Mamnun Xuseyn, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif hamda mehmon davlat sifatida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etadi.
Yig‘ilishda shuningdek, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sыsoyev qatnashadi.
Shu bilan birga, Sammitda ShHTning xalqaro hamkor tashkilotlaridan, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Djefri Feltman, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik kelishuvi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, ASEAN Bosh kotibi Le Lыong Minь va Osiyo o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari Yig‘ilishi Ijrochi direktori Gun Tszyanьvey ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anvar Nasirovning ma‘lum qilishicha, ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Toshkentga ShHTga a‘zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xorij OAVdan qariyb 1000 nafar vakil tashrif buyuradi.