Saudiya shaxzodasi mintaqaviy masalalarni AQSh yetakchilari bilan hal qimoqchi

426
0

Saudiya Arabistoni ikkinchi Valiahdi shahzoda Muhammad bin Salmon Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan muammolarni Oq uy bilan hal qilish uchun AQShga yo‘l oldi.

AQSh prezidenti Barak Obama shahzoda Salmonni juma kuni Oq uyda qabul qildi. Qabul paytida AQSh prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va Yaqin Sharq mintaqasidagi muammolar haqida bahs yuritdi. Obamaning ta‘kidlashicha, AQSh hukumati ikki mamlakat manfaati uchun va Yaqin Sharqda xavfsizlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun Saudiya Arabistoni qirolligi bilan hamkorlikni davom ettirishi zarurdir.

Shahzoda Muhammad bin Salmon Pentagonda AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Shahzoda Salmon mintaqa katta xavfga yuzma-yuz kelayotganini bildirar ekan, ayniqsa “terrorizm” eng katta xatar ekanligiga e‘tibor qaratdi. Shaxzodaga ko‘ra, Saudiya o‘zining ittifoqchilari bilan, xususan Vashington bilan mazkur xavfga qarshi kurash olib bormoqda.

“Bugun men juda nozik bir paytda biz bilan ittifoqdosh bo‘lgan bir o‘lkadaman. Biz (Yaqin Sharq) mintaqasida beqarorlik yoki terror kabi juda katta xatar ichida yashamoqdamiz. Bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchilarining bu xatarlarni bartaraf qilishda juda muhim roli bor. Bu xatarlar umumiy shaklda butun dunyoga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Biz bu muammolarni hal qilish uchun qattiq harakat olib boryapmiz”, dedi Muhammad bin Salmon.

Saudiya shahzodasi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan ham uchrashdi. O‘zaro uchrashuvda mintaqaviy muammolar muhokama qilingani aytilmoqda. AQSh Davlat departamenti tomonidan berilgan bayonotda aytilishicha, (Kerry va Salmon) o‘tgan hafta oxirida Orlandoda yuzaga kelgan hujumlarni ham muhokama qilgan va ekstremizmning yoyilishiga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettirishga o‘z sodiqliklarini izhor etishgan.

Shuningdek, Muhammad bin Salmon Amerika rasmiylari bilan mintaqadagi inqirozni muhokama qildi. Shahzoda Suriya inqirozi va boshqa masalalar haqida respublikachilar va demokratlar partiyasi rahbarlari hamda bir qator Kongress a‘zolari bilan yopiq eshiklar ortida uchrashlar o‘tkazdi.

AQSh harbiy xizmatlar va tashqi aloqalar qo‘mitasining a‘zolari hamda rahbarlari bilan ham uchrashgan shahzoda Salmon ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va xavfsizlik masalalarida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi. Suriya inqirozini hal qilishda va AQSh bilan hamkorlik qilishda Saudiya yetakchi roli maqtaldi. AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi Saudiya Arabistoni IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya asoschisilaridan biri ekanligini aytib o‘tdi.

“Agar Saudiya Arabistonining roli bo‘lmaganda edi, Suriya mojarosiga siyosiy yechim topish uchun yigirmaga yaqin davlatdan tarkib topgan “Suriyani qo‘llab-quvvatlash” xalqaro hamjamiyati mavjud bo‘lmas edi”, dedi Jon Kirbi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.