بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Ulug‘ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning hijriy 1437, milodiy 2016 yilgi ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Facebook sahifasidagi ziyoratchilarga yo‘llagan nutqi matni
Allohga hamdu sano bo‘lsin, Rosululloh ga, oilalariga, sahobalariga va ul zot bilan do‘st bo‘lganlarga salotu salomlar yog‘ilsin, ammo ba‘d:
Insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo‘lmish Islomiy Ummatga,
Allohning zikridan tijorat ham, savdo ham burolmaydigan haqiqiy er kishilariga,
Ushbu sahifaning yaxshilik va uning ahlini sevuvchi hamda unga amal qiluvchi muhtaram ziyoratchilariga
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Hammangizni ushbu ulug‘ oy
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ
“Odamlar uchun hidoyat bo‘lib hamda hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur‘on nozil qilingan ramazon oyi” [Baqara 185]
bilan muborakbod etaman.
Alloh Subhanahudan so‘raymanki, barcha musulmonlarning ro‘zalari va qiyomul layllarini qabul aylasin, ushbu oyni xayru barakot ochqichiga va roshid Xalifalik bilan nusrat debochasiga aylantirsin, buning natijasida Ummat Uqob bayrog‘i, la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh royasi soyasidan bahramand bo‘lib, xuddi ilgarigidek, Parvardigori bilan kuchli va dini bilan aziz ulug‘ Ummat holiga ko‘tarilsin.
وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ
“O‘sha kunda mo‘minlar Alloh g‘olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishini g‘olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 4-5]
So‘zimni sizga salom yo‘llash, duoi xayr qilish, Allohdan barchamizning ro‘zalarimiz va qiyomul layllarimizni qabul qilishini so‘rash bilan xotimalayman. Zero, Alloh Subhanahu solihlarni do‘st tutgay.
Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta
1 ramazon 1437h
6 iyun 2016m