Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Almazbek Atambayev 22 may kuni BMT bosh kotibi Pan Gi Mun taklifiga binoan Butunjahon gumanitar sammitda ishtirok etish uchun Turkiyaga uchib ketdi.
BMT tarixida ilk bor tashkil etilayotgan Butunjahon gumanitar sammitida ko‘plab davlatlar yetakchilari, gumanitar sohadagi nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi va unda global muhojirlar muammosi muhokama etiladi. Siyosiy kelishmovchiliklar qurboni bo‘layotgan odamlar taqdiri yodga olinadi va bu sammit tarixda ilk shunday tadbir bo‘lib qolishi xabar qilinmoqda.
Tashrif davomida Almazbek Atambayevni boshqa delegatsiya rahbarlari bilan ikkitomonlama uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Sammitda Germaniya kantsleri Angela Merkel, Quvayt amiri Saboh al-Ahmad as-Saboh, Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte, Niger prezidenti Muhammad Yusuf, Livan bosh vaziri Tamom Salom va boshqa davlat rahbarlari ishtirok etadi.