Jubayr: Agar AQSh Suriyaga qo‘shin yuborsa biz ham qarab turmaymiz!

554
0

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adil Jubayr agar AQSh Suriyaga qo‘shin yuboradigan bo‘lsa Saudiya hukumati ham Suriyada harbiy amaliyot olib borishini ma‘lum qildi. Suriya prezidenti Bashar Asadning vazifazidan ketishi borasida qarori qat‘iyligini bildirgan Jubayr bu masalada AQSh bilan hamkorlik qilishga va Suriyaga quruqlikdan harbiy kuch yuborishga tayyor ekanligini ta‘kidladi. Jubayr  Frantsiyaning “France 24” telekanaliga bergan intervьyusida Suriya Prezidenti Bashar Asadning siyosiy yoki harbiy vositalar orqali albatta mansabidan bo‘shatilishi kerakligini olg‘a surdi.

“Suriya inqirozi Bashar Asad amaldan ketsa nihoyasiga yetadi. Bu 6 oy davom etishi yo uch oy yoki uch yil davom etishi ham mumkin. Bu Asadga bog‘liq”, dedi Saudiya tashqi ishlar vaziri.

“Avval ham aytganimiz kabi, bu ish bir tomonlama bo‘lmaydi. Biz AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning bir qismimiz. AQSh IShIDga qarshi kurash maqsadida Suriyaga quruqlikdan qo‘shin yuboradigan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni ham maxsus qo‘shinini yuborishga tayyordir”, deya qo‘shimcha qildi Jubayr.

Ammo Halab qonli qirg‘inga uchrab, musulmonlar nolalari butun dunyoni larzaga solgan bir paytda barcha Islomiy o‘lkalar hokimlari bilan bir qatorda Adil Jubay ham og‘ziga talqon solib jimgina sukut saqlashni afzal ko‘rdi. Chunki xo‘jainlari nima ish qilsa bu uning uchun shubhasiz to‘g‘ridir. Hozirda ham u Suriya musulmonlarini qirg‘in qilayotgan Rossiya kabi bosqinchi kuchlarni Suriyadan quvib chiqarish uchun qo‘shin jo‘natmoqchi emas, balki AQShning nomidan musulmonlarga qarshi jangga kirish uchun maxsus qo‘shinlarini safarbar qilmoqchi. AQSh esa “Terrorchilarni yo‘q qilish” yoki “IShIdga qarshi kurash” bahonasida goho xalqaro koalitsiya qo‘li bilan, gohida esa Rossiya qo‘li bilan Suriya xalqini qirg‘in qilayotgani kundek ravshan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.