Arab parlamenti Suriyaga harbiy kuch yuborishga chaqirdi

538
0

Arab parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasi Suriyaning Halab shahrida yuz bergan o‘zgarishlarni muhokama qilish maqsadida navbatdan tashqari yig‘ilish tashkil qildi. Yig‘ilish Arab davlatlari Ligasining Misr poytaxti Qohiradagi markaziy qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Arab parlamenti Suriyaga Arab tinchlikparvar kuchlarini yuborish taklifini o‘rtaga qo‘yganligi aytilmoqda. Ularga ta‘biricha, Arab tinchlikparvar kuchlari Suriyada kelishilgan o‘t ochishni to‘xtatish bitimi davom etishini va shaharlardagi qamallarni olib tashlab, insonparvarlik yordami yetkazib berilishini ta‘minlaydi.

Yig‘ilishdan so‘ng matbuot vakillariga bayonot bergan Arab parlamentining prezidenti Ahmad bin Muhammad al-Jarvan “sulhning davom etishi va shaharlardagi qamallarni olib tashlab, insonparvarlik yordami yetkazib berilishi uchun barcha Arab davlatlarini Suriyaga tinchlikparvar kuchlar yuborishga chaqiramiz”, dedi.

Al-Jarvan mazkur kuchning qanday tarzda yuborilishi haqida berilgan savolga “Arab parlamenti qonunchilik va nazorat organi emas. Uning qurolli kuchi yoki moliyaviy imkoniyati ham yo‘q, lekin ta‘siri bor. Biz xorjiy kuchlarning Suriya masalasiga aralashishiga qarshimiz”, deya javob berdi.

Suriyada 27 fevral kuni kuchga kirgan va vaqtinchalik sulh deb nomlangan otashkesim bitimi rejim kuchlari tomonidan bir necha marta buzilib kelmoqda. O‘tgan oyda AQSh va Rossiya mazkur shartnoma Lazkiya va Damashq shaharlarini ham o‘z ichiga olishi borasida kelishib olgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.