Afg‘oniston prezidenti Dushanbega tashrif buyuradi

587
0

10-11 may kunlari Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniy Tojikistonga rasmiy safar bilan tashrif buyuradi.

 Ikki tomonlama aloqalarning barcha yo‘nalishlarida Afg‘oniston hamkorligi Tojikiston tashqi siyosatining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Bu haqda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniyning rejalashtirilgan tashrifi oldidan Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ma‘lum qildi.

 Bu Ashraf G‘aniyning 2014 yil oktyabrda prezidentlikka saylanganidan keyin Tojikistonga birinchi tashrifi bo‘ladi.

 12 may kuni rasmiy tashrif nihosiga yetgach, Afg‘oniston prezidenti Tojikiston, Qirg‘iziston prezidentlari hamda Pokiston bosh vaziri bilan birgalikda CASA-1000 energoloyihasi qurilishi boshlanish marosimida ishtirok etadi.

 Shuningdek, 12 kuni Afg‘oniston bosh ijrochi vakili Abdulla Abdullaning tashrifi ham kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.