Niderlandiyadagi Hizb-ut Tahrir yigitlari Xalifalik davlati kulatilganligining 95 yilligi munosabati bilan “Xalifalik konferentsiyasi” tashkil qilishga bel bog‘lashdi.
1342 Hijriy yil 28 rajab (1924 melodiy yil 3 Mart) kuni Usmonli Xalifalik davlatining qulashi oqibatida Islom Ummati siyosiy birligini yo‘qotdi. Musulmonlar taxminan 1400 yil avval Rasululloh sallollohu alayhi vasallam tomonidan tashkil etilgan davlatlarini qo‘ldan boy berdi. Bu hodisadan keyin Ummatning muammolari va tarqoqligi misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi. Islomiy o‘lkalar ellikdan ortiq davlatchalarga bo‘lib tashlandi. Ularning har biri uchun o‘z bayrog‘i, madhiyasi va milliy qadriyatlariga ega chegaralar chizib berildi. Shunday qilib, Islomiy o‘lkalar mustamlakachilar tomonidan osonlik bilan bosib olinadigan, talon-taroj qilinadigan lo‘qmaga aylandi.
Qanday qilib biz bu muammolardan qutilishimiz mumkin? Qanday qilib Ummatning xavfsizligini ta‘minlaydigan birligini qayta vujudga keltirishimiz mumkin? Qanday qilib sharqdagi va g‘arbdagi Ummatni takror oyoqqa turg‘izadigan siyosiy birlikni vujudga keltirishimiz mumkin?
Ushbu va bundan boshqa bir qancha savollarga Hizb ut-Tahrir – Niderlandiya tarafidan tashkil etiladigan “Yagona Ummat, Yagona bayroq, Yagona davlat”, nomli Xalifalik konferentsiyasida javob topasiz.
Hizb ut-Tahrir sizlarni ushbu muhim konferensiyaga taklif etadi. Oila a‘zolaringiz va do‘stlaringiz bilan birga ushbu tadbirda ishtirok etib, Islom Ummatining qanday birlashishi haqida keng bilimga ega bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang.
Manzil: Rhoneweg 12-14 1043 AH konferentsiya markazi, Amsterdam, Niderlandiya.
Konferentsiyasi vaqti: 8 May 2016 yil. Soat: 12:00-17:30