Islom hamkorli tashkiloti bosh kotibi Qirg‘izistonga keldi

491
0

  TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyad Amin Madaniy ilk bor Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.

 Bosh kotibning rasmiy safari 30 apreldan 3 mayga qadar davom etadi. Safari davomida Iyad Amin Madaniy prezident Almazbek Atambayev, Jogorku Kenesh spikeri Chiniboy Tursinbekov, bosh vazir Sooronboy Jeenbekov va tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayevlar bilan uchrashadi.

 Muzokaralar davomida tashkilot doirasida hamkorlik masalalarini keng ko‘lamli muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Jumladan, turli xalqaro masalalar, IHT turli dasturlarida Qirg‘izistonni ishtirok etishi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolari bo‘yicha fikr almashilinadi.

Turkiston: 

Qirg‘iziston xalqaro firibgar mamlakatlar va tashkilotlar ta‘sirlari ostida qolib borayapti. Ularni hammasi o‘zlarining muayyan maqsadlariga ega bo‘lib, Qirg‘izistonni manfaatlar to‘qnashuvida raqobatlashish maydoniga aylantirib borishayapti. “Xalq parlamenti” harakatini vosita qilib Rossiya o‘z ta‘sirini namoyon qilib, Atambayev ketsin deb chiqib kelyapti. AQShparast kuchlar ham Qirg‘iziston fuqorolarini o‘z madaniyati va G‘arb saqofati bilan sug‘orib, Amerikacha ko‘z qarashdagi siyosiy elitani yaratib borayapti. Endi yuqoridagi “Islom hamkorlik tashkiloti” kirib kela boshlayapti.

Oxirgi vaqtlarda Yaqin Sharqdagi mamlakatlar ustida AQShning Angliya bilan bir oz kelishmovchiliklari va to‘qnashuvlari sezila boshladi. Bu asosan Saudiya qirolligi bilan AQSh o‘rtalaridagi muomilalarda ko‘rinib boryapti. Yana Turkiyada ham, AQShparast hukumat bilan Angliyaning bir oz bo‘lsa ham ta‘siri qolgan turk armiyasi o‘rtasidagi muomilalarida sovuqlik sezila boshlayotganida ko‘rinayapti. Endi Qirg‘izistonga Saudiyaning Jiddada joylashgan IHT tashkiloti kirib kelayapti. Saudlarning Angliya bilan aloqalari o‘ta kuchli ekanini inobatga olsak, Qirg‘izistonga yana bitta olamiy yirik mustamlakachi davlat qiziqa boshlaganidan xavfsiray boshlaymiz. Agar gumonimiz o‘rinsiz bo‘lsa, IHT AQShning Qirg‘izistonni G‘arblashtirish amaliyotining bir bo‘lagi bo‘lib chiqadi. Chunki Islom niqobi ostida bo‘lsa ham, har qanday olamiy tashkilot, kufr sistemasi ta‘siri ostida va uning manfaatiga xizmat qiladi. Qirg‘iziston davlatchiligi yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgandek.

Biz bu davlatning bor bo‘lib turishidan manfaatdor emasmiz. Lekin yurtimiz musulmonlari onglarini va mol mulklarini kufr olami va mamlakatlari bosib kelishayotganlaridan o‘ta xavotirdamiz. Fosiq hokimlarimiz esa, vaziyatlarni deyarli boy berib bo‘lishdi. Endi, ayblarini yashirish yo‘lida yana musulmonlarni qamash, ularga har xil kufr atamalarini yopishtirib, o‘z fuqorolarini chalg‘itish ishlarini davom ettirishayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.