Atambayev yangm qonun loyihasini imzoladi

423
0

Qirg‘iziston parlamentining huquq-tartibot va jinoyatchilikka qarshi kurash qo‘mitasi 16 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ma‘qulladi va diniy ekstremizm va terrorizm ayblovi bilan ozodlikdan mahrum etilgan mahbuslarni alohida saqlanishiga ruxsat bergan va qonun loyihasi imzolash uchun mamlakat prezidentiga jo‘natilgan edi.

Prezident Almazbek Atambayev 18 aprel kuni parlament tomonidan yuborilgan mazkur qonun loyihasini imzoladi. Endilikda Qirg‘iziston qamoqxonalarida terrorizm va ekstremizm ayblovlari bilan jazo muddatini o‘tayotgan musulmonlar boshqa mahbuslardan alohida saqlanishi qonuniy ko‘rinish oldi.

Jazoni ijro etish boshqarmasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ayni vaqtda Qirg‘iziston qamoqxonalarida terrorizm va eksteremizmga aloqodaorlikda ayblangan 150 yaqin odam jazo muddatini o‘tamoqda.
Turkiston:

Qirg‘iziston hukumati Rossiya bosimi ostida Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashini kuchaytirib kelmoqda. Rossiya hukumati Qirg‘iz elitasidan jamiyatdan islomiy ko‘rinish va qadriyatlarni surib chiqarishni talab qilib, bu yo‘lda o‘zidan o‘rnak olishga majbur qilib kelayotgan bo‘lsada, bu yo‘lda keng ko‘lamda kurash boshlash uchun Qirg‘iziston hukumatida moddiy va texnik baza yetarli bo‘lmagani to‘siq bo‘layotgan edi.
Bundan tashqari ozodlikdan mahrum etilgan “ekstremist” va “terrorist”larni jazoni ijro etish muassasalaridan ham o‘z faoliyatini davom ettirayotgani, avval, o‘g‘rilik, qaroqchilik va qotillik qilib qamalganlarni qamoqxonalardan chinakam musulmon bo‘lib yetishib chiqayotgani ham hukumat o‘zi rejalashtirgan loyihani amalga oshirishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan edi.
Shu sababli ham Jazoni ijro etish muassasasi tashabbusi bilan ekstremizm va terrorizm moddalari bo‘yicha ozodlikdan mahrum etilganlarni qolgan mahbuslardan alohida saqlash tashabbusi ilgari surildi va ularni saqlash uchun Chuy viloyati Sokuluk tumanida joylashgan 19-sonli qamoqxona maxsus jihozlanadigan bo‘ldi. Tabiiyki, hukumat mazkur qonun ijrosini ta‘minlash va musulmon mahbuslar uchun alohida qamoqxonani jihozlash uchun yana o‘sha mustamlakachi davlatlar sadaqasidan umidvor bo‘ladi.
Bu davlatlar esa hukumatga qarz va grantlar ajratish evaziga Islom va musulmonlarga qarshi kurashni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Yegan og‘iz uyalar deganlaridek, rasmiy hukumat ularning ishonchini oqlash va yanada ko‘proq xayr-sadaqa olish ilinjida musulmonlarga qarshi kurashini kuchaytiradi. Bu orqali esa hukumat va musulmonlar o‘rtasidagi mavjud jarlikni yanada kengayishiga va oddiy xalqni o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qolishiga sababchi bo‘lib qoladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.