Qirg’iziston musulmonlari diniy boshqarmasining xabar qilishicha, 10 aprel kuni bo’lib o’tgan “Islom – tinchlik elchisi” nomli tanlovda 9 ming kishi ishtirok etdi.
Tanlovni ochiq deb e’lon qilgan, Ulamolar kengashi raisi Abdishukur Normatov va Qirg’iziston Islom universiteti Mars Ibraev barcha ishtirokchilarga muvafaqqiyat tilashdi.
Mars Ibraevning so’zlariga ko’ra, Bishkek bo’yicha tanlovda 4 ming kishi qatnashgan bo’lsa, butun respublika bo’yicha 9 ming kishi ishtirok etdi.
“Tanlov yil sayin o’zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda va bu chegara emas. Tadbir odamlarga Islom haqida ko’proq bilishga va dinni to’g’ri tushunishlariga imkon bermoqda”,- dedi Ibraev.
Tanlov mamlakatda ekstremizm va terrorizmni oldini olish bo’yicha Mudofaa kengashi qarorlari doirasida tashkil etildi. Tadbir mamlakatning barcha viloyatlarida bo’lib o’tmoqda. Mukofot jamg’armasi 400 ming som va 3ta Umra ziyoratidan iborat. Tanlov natijalari 20 aprel kuni Ko’jamqul nomidagi sport saroyida e’lon qilinadi.
Tanlov Qirg’iziston Muftiyoti, Islom universiteti va “Adep Bashati” jamoatchilik fondi tomonidan tashkil etildi.
Turkiston:
Islom dini tinchlik, osoishtalik va xotirjamlik olib keladi. Lekin yuqoridagi harakat aytayotgani kabi u tinchlik va osoishtalik dini emas! Islom dini bizga tarixni bayon qiladi, lekin u bizga tarixni o’rgatish uchun keltirilgan emas.
Ya’ni, Islom diniga e’tiqod qilayotgan odamlar o’z Aqidalarini aqlan to’g’ri topa olganlaridan rozilik va minnatdorchilik kayfiyati bois ularda xotirjamlik va osoishtalik paydo bo’ladi. Ular hatto jang maydonida, umrilarining oxirgi lahzalarida ham xotirjam va rozi holatini saqlay olishadi. Bu insonlar nafslarini Allohning hukmlariga to’la taslim qilib ololganlaridan, hatto kufring ustiga g’alaba bilan bosib kirib borganlarida ham haddilaridan oshishmaydi. Ular mutlaq o’z shaxsiy manfaatlari uchun harakatlarmaganlari sababli boshqa insonlar ustiga tajovuz qilishdan tiyilishadi. Buni biz sahobalarning hayotlaridan bilamiz va keyingi shu kunlargacha u zotlarga ergashgan chin mo”minlarning hayotlaridan ko’rib kelayapmiz.
Yuqoridagi “islom tinchlik elchisi” kabi harakatlar, Islom dinini bir tomonlama yo’nalgan, har qanday holatga rozi bo’lib hatto kufr harakatlari bilan ham kirishib ketaveradigan moslashuvchi rialistik ruhiy din, deb buzuq tushuncha asosida tushuntirishga harakatlanayotgan navbatdagi harakatlardan biridir. Islom dini Alloh va Rosuli SAV tomonidan to’la holatda tushirilgan. U shu kunning davr talabi bilan o’zgarib qolmaydi. Musulmonlarda esa, moslashuvchanlik sifati bo’lishi mumkin emas. Bu munofiqning alomatidir. Payg’ambarimiz (sav) “bir elkamga quyoshni, ikkinchisiga oyni qo’yib ko’ysanglar ham bu ishga rozi bo’lmayman. Yo Allohning hukmi bo’ladi yo men o’laman” dedilar.
Odam o’ldirish aslida qanday ish? Odam o’ldirish faqat ishning o’zi xolos. U yaxshi yoki yomon ish deb sifatlanmaydi. Chunki, birovning mulkini yoki ayolini tortib olish uchun tajovuz qilish kabi Alloh harom qilgan ishni ro’yobga chiqarish uchun odam o’ldirish yomon ish hisoblansa, Islomiy dunyoqarash bilan qaralganida, oru nomusni himoya qilib yoki Alloh yo’lida jihod qilib biror insonni o’ldirish Aksincha yaxshi ish hisoblanadi. Odam o’ldirishga baho berish insonning dunyoqarashiga bog’liq. Masalan, Isroilda birodarlarimizni, opa singillarimizni ko’chada otib o’ldirishyapti. Ular o’z dunyoqarashlari bilan bu qatllariga ijobiy baho berishayapti. Hatto butun dunyo bu qotilliklarda yomonlik ko’rishayotgani yo’q. Faqat biz musulmonlar bu yahudlarning odam o’ldirishlarida harom ishni ko’rib, unga yomon ish bo’layapti deb baho berayapmiz.
Demak, Islom dini har qanaqangi holatda ham tinch osoishtalik izlayverishga buyuradigan din emas! U har qanaqangi holatda ham, Allohni rozi qiluvchi yo’lni axtarishga va amalda ro’yobga chiqarish uchun jon jahd bilan harakatlanishga buyuradigan din! Ana shunda, musulmon xotirjamlikka va ikki dunyo osoishtaligiga erishishi mumkin!