بســـــم الله الرحمن الرحيم
OLIMLARNING JIM TURIShI KUFRNI ROZI QILMAYDI (3)
Mo’minlarni bitta jasad kabi, hayot uchun har bir a’zolarning juda ham zarur va bir birlarini mustahkamlovchi, bir birlariga ko’mak beruvchi holga olib keladigan narsa – Islom bo’lib, uni o’rgatish olimlarning, imom-domlalarning zimmasiga tushadi. Tasavvur qiling, kasallar qarovsiz qolib ketsa, kundan kunga ko’payotgan bo’lsa, vrach-doktorlar, mediklarni aybdor qilamiz. Jinoyatchi-o’g’rilar ko’payib, tinchlik yo’qolayotgan bo’lsa, avariyalar ko’paysa, albatta organ xodimlarini qoralaymiz, shundaymi? Poraho’rlik avj olsa rahbariyat sabab bo’ladi. Musulmonlar o’z Islomini bilishmasachi? Alloh Taolo harom qilib, og’ir jazolar belgilagan, kofirlar bizga yuqtirgan balolardan; ayollar avratlarini ochib ko’chalarda yurishi, hatto maktablarda yigitlar orasida qizlar avratlarini ochib, 4-5 soat birga dars olishlarining hukmi nima? “15 yoshdan yigit-qizlar alomatlari zohir bo’lmasa ham shar’iy hukmlar oldida javobgar”- degan mujtahidlar aytayotgan gapni qanday tushunishimiz kerak? Sudho’rlik qilishlar, aroq ichish, zino qilish yoki bachchabozlik kabi odatiy bo’lib qolayotgan ishlarning hukmi nima? bularni rivojlantirayotgan islovatxonalarni, aroq ichadigan joylarni, qumorxonalarning ko’payishini qanday tushunsa bo’ladi? bundan kim javobgar? O’zimiz bilib olgan kishi bo’lib, boshqalarni ustidan kulishimiz to’g’rimi? Yoki ularga dushmanlardek muomila qilishimiz yaxshimi? Bizlarni shu ahvolga olib kelganlar ateistlar emasmi? O’z Islomini o’rganishlariga, unga qaytishlariga butun olamni yo’qdan bor qilgan Yaratuvchimiz “Alloh Taoloning o’zi yaratgan insonlarning ishiga aralashishi mumkin emas” degan ahmaqona e’tiqod egalari qarshiliklar qilib kelmoqda-ku? Omma xalq bilmasa ularda nima ayb?…
Kufrning Islomga qarshi olib borgan ishlari, o’zlaridagi alkogalizm, fohishabozlik, hamjinslarning jinsiy munosabatlari kabi balolarini bizlarga yuqtirishib, o’zlariga qaram qilishlarida qattiq ish olib borishlari, hamda islomiy harakatlar, ya’ni kufr balolarini to’xtatib, o’z Islomimizga ommani qaytarish uchun ish olib boruvchi, ularning changalidan ozod qilishdagi xolis niyatliklarning da’vatlariga barham berib, yo’q qilish maqsadida ta’qib ostiga olib, quvg’in qilishlari, qamoqqa tashlashlari va azoblashlari ushbu da’vatchilarni hech zaiflashtira olmadi, ularning qat’iyatlarini so’ndirolmadi, aksincha, bu quvg’in va qiynoqlar ularga Allohning haq ustida sabot-mustahkamlik bilan turishga da’vat qiluvchi oyatlarini eslatib turibdi va Allohning amrini ochiq-oshkor yuzaga chiqarib, haq so’zni zolimlar yuziga tik boqib hayqirgan holda shahid bo’lgan yoki azoblangan mard, bahodir insonlarga Alloh qanday ajr-mukofotlarni tayyorlab qo’yganligini bayon qiluvchi Rosululloh (s.a.v)ning hadislarini eslatib turibdi va bunday ta’qib va qamoqqa tashlashlar, quvg’in qilishlari faqat Allohga yaqin bo’lishlarini yana ham ziyoda qilmoqda, hamda Allohning shariatiga mahkam yopishishlarini yanada kuchaytirgan Payg’ambar(a.s)larning, cahobalarning va tobe’inlarning tutgan mavqelarini va holatlarini eslatib turibdi.
الَّذِينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ إِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُوا لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ إِيمَانًا وَقَالُوا حَسْبُنَا اللَّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ
“Unday zotlarga ayrim kimsalar: «Odamlar sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to’plagan; qo’rqingiz!» – deganlarida bu gap ularning iymonlarini ziyoda qildi va «Bizga yolg’iz Allohning O’zi kifoya. U Zot eng yaxshi ishonchli vakildir!» – dedilar”. [3:173]
Bunday hollarda mo’minlik sifatini o’zlarida ko’rsatishi uchun ular avvaldagi amallarini yana ham ziyodaroq qilishmoqdalar. Chunki musulmonning qalb ko’zini Mavla Azza va Jallaning:
لاَ تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللَّهِ
– „Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo’lmangiz“, [39:53]
degan so’zi munavvar qilib turadi. Endi agar ana shu sevinchli va’daga – to’g’ri yo’ldagi Xalifalikni qayta tiklash uchun harakat qilayotgan, o’z dinini yuksaklikdan yanada yuksaklikka ko’tarayotgan, mehnat-mashaqqatlar oldida zaiflashmayotgan, fitnalar qarshisida yuztuban qulamayotgan, kufr hujumlari, xiyla-nayranglari to’g’ri yo’llaridan toydira olmayotgan, qamoqqa tashlashlar va azoblashlar to’g’ri yo’ldagi, ya’ni Rosululloh (s.a.v)ning yo’llarida yurib borishdan burib yubora olmayotgan xolis niyatli, pokiza bir siyosiy uyushmaning mavjud ekanligini ham qo’shadigan bo’lsak, bularning barchasi Xalifalik vaqti yaqinlashib kelib qolganligini, balki alla qachon uning zamoni etib kelganligini va anavi kimsalarning hujumlari barbod bo’lib, toju-taxtlari esa yo’q bo’lib ketishini, makru-hiylalaridan esa nom-nishon ham qolmasligini aniq ko’rsatib turibdi.
وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ
– „Alloh O’z ishida g’olibdir (ya’ni Uni O’zi xohlagan ishni qilishdan hech kim man qila olmaydi), lekin odamlarning ko’plari (buni) bilmaydilar“. [12:21]
Chunki, xolis mo’minlarning Alloh Taologa va uning va’dalariga iymonlari komil, barqaror. Ular o’zlari boshlagan bu ishni haqiqatini juda yaxshi biladilar. Avvalda payg’ambar(a.s)lar ham xuddi shu yo’ldan yurib o’tishdilar va judda qattiq mashaqqatlarga duchor bo’lishgan. Lekin Payg’ambar va elichilar va shuningdek ularga ergashgan kishilar da’vatni yoyish va shariatni etkazishdan to’xtab qolmadilar. Balki ular o’zlari bilan qavmlari orasida Alloh ishni hal qilmaguncha ro’baro’ kelgan ozorlarga sabr qildilar, ularning birortasi ham azoblanib masxaralangandan keyin da’vatni tashlab qo’ymadilar. Ummat, xalq va qavmlar o’z aqida, fikr va ahkomlarini himoya qilishlari Allohning bandalari ichidagi qonuni bo’lganidek, elchilar, payg’ambarlar va ularga ergashganlar o’zlari bilan qavmlari orasidagi ishni Alloh hal qilmaguncha va Allohning nusrati kelgunicha azoblarga sabr qilishlari Allohning qonunidir. Alloh Taoloning:
وَلَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِنْ قَبْلِكَ فَصَبَرُوا عَلَى مَا كُذِّبُوا وَأُوذُوا حَتَّى أَتَاهُمْ نَصْرُنَا وَلاَ مُبَدِّلَ لِكَلِمَاتِ اللَّهِ وَلَقَدْ جَاءَكَ مِنْ نَبَإِ الْمُرْسَلِينَ
«Mahlumki, sizdan avvalgi payg’ambarlar ham yolg’onchi qilinganlar. Bas, to ularga Bizning yordamimiz kelgunicha yolg’onchi qilinganlari va ozorlanganlariga sabr qilganlar. Allohning (Payg’ambarimni Uzim qo’llayman) degan so’zlarini o’zgartira olguvchi biror kimsa yo’qdir». [6:34]
«Zuxruf» surasidagi:
وَكَمْ أَرْسَلْنَا مِنْ نَبِيٍّ فِي الأَوَّلِينَ{وَمَا يَأْتِيهِمْ مِنْ نَبِيٍّ إِلاَّ كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُون
«Biz avvalgilarga ham qancha payg’ambar yuborganmiz. Ular ham o’zlariga kelgan har bir payg’ambarni masxara qilib kulgan edilar». [43:6-7]
Oyatlari ushbuga yaqqol dalildir. Azob va balolarga sabr qilish Payg’ambarlar va ularga ergashganlardagi o’zgarmas, qonun bo’lib, ularning birortasi ham qavmlari tomonidan bo’layotgan azoblarga ro’baro’ kelgan vaqtlarida da’vatni tashlab, qavmlarining talab-xohishiga “labbay” deb javob bergan emas, ularni xohshiga qarab Alloh Taoloning amonatiga xiyonat qilmaganlar. Chunki agar shunday qilganlarida bu Allohning qonunini buzish va Uning so’zlarini o’zgartirish bo’lur edi. Bu sinovlar olim-domlalarimizga, da’vatchilarga kelayotgan yangilik emas.
Siyrat kitoblarida aytilishicha, mushriklardan biri Rasululloh (s.a.v)ga shunday degan: «Darhaqiqat, sen qavmingga buyuk narsa keltirding, bu bilan ularning jamoatlarini bo’lib yubording, orzu-umidlarini puchga chiqarding, ilohlari va dinlarini ayblading, oldin o’tgan ota-bobolarini kofirga chiqarding. Endi meni eshit, senga bir qancha ishlarni taklif qilaman, shoyadki ulardan birini qabul qilsang». Rasululloh (s.a.v): «Gapir, ey Abul Valid, eshitaman» dedilar. U dedi: «Ey akamning o’g’li, agar sen olib kelgan narsang bilan mol-dunyoga erishishni xohlasang, biz senga mol-dunyo to’plab beraylikki, sen ichimizdagi eng boyimiz bo’lgin. Agar sen sharaf va ulug’likni xohlasang, ulug’imiz bo’lgin, hatto sensiz biror ish qilmaymiz. Agar sen podshohlikni xohlasang, seni o’zimizga podshoh qilib olaylik…». Rasululloh (s.a.v) bu himmatli takliflarni eshitdilar va uning barchasini bir so’z bilan rad etdilar, chunki bu takliflar Alloh Taoloning rizosi-jannatidan yuz o’girish evaziga edi.
Rosululloh(s.a.v)ga va ashoblariga tarixda kofirlar tomonidan qanchalar azob-uqubatlar bo’lgani, o’z yurtlaridan quvg’in qilinganlari ma’lum va mashhurdir. Imom Buxoriy Habbob ibn Arat raziyallohu anhudan rivoyat qiladilar. U kishi Payg’ambar alayhissalomning oldilariga keldim, Ka’baning soyasida chakmonlarini yostiq qilib yonboshlab yotgan ekanlar, mushriklardan nihoyatda qattiq zulm ko’rayotgan vaqtlarimiz edi. Shunda: “Ey Allohning Rasuli, bizlarga Allohdan nusrat talab qilib duo qilmaysizmi?” – deb so’radim. Shunda yuzlari G’azab tufayli qizarib, yonboshlab yotgan zot o’tirib oldilar-da, dedilar: “Sizlardan oldingilar temir taroqlar bilan, suyaklaridan tashqari go’shtlari va tomirlari taralib yuborilganda ham dinlaridan qaytmas edilar. Alloh ushbu din ishini albatta tamomiga etkazadi, San’o degan shahardan Hazramavt degan shaharga otliq odam bemalol safar qila oladigan bo’lib qoladi, faqatgina Allohdan va qo’ylari bo’lsa, bo’ridan qo’rqadi xolos, boshqa hech narsadan ko’rqmaydi, shunaqa tinchlik bo’ladi. Lekin sizlar shoshqaloq qavmsizlar”.
Da’vat degan ibora o’z ichiga olayotgan qisqacha ma’no: odamlar o’rganib qolgan shirk aqidalarga, hato fikr va buzuqliklarga zarba berib, ularning o’rniga Alloh Taoloning risolatini, ya’ni Qur’on va hadisni tushunarlik qilib bayon qilish bo’lib, hech qanday holatda to’htab qolishiga uzr yo’q. Ammo o’zgartirib yuborish esa eng yomon xiyonatdir. Shuningdek azob va ozorlarga ro’baro’ chiqib ularga sabr qilish va Allohdan yordamni kutishdir. Bu da’vat evaziga qanday mukofot borligini, bu ozorlarga, mehnat-mashaqqatlarga Robbim qanday yaxshiliklarni tayorlab qo’yganligini yaxshi bilamiz. Endi shu mukofotga erishish uchun o’z to’lovi, badali bor. Biz arzimas narsa uchun intilayotganimiz yo’q, albatta. To’lov ham shunga yarasha bo’ladi. Kimki da’vatni etkazsa xuddi mana shu asosda etkazsin va o’z nafsini da’vatning har qanday xatarlariga tayyorlasin, da’vatchi qachonki birorta bosqichni bosib o’tsa, men azobdan qutulib qoldim deyishi yoki g’alaba yo’lning avvalida keladi deb o’ylashi yaxshi emas. Chunki kufr, Islomning kelishini o’zi uchun balo, yo’q bo’lish deb biladi va shunday bo’lgach, ular qarshilikning oxirgi nuqtasigacha qilishlari tabiiy. Alloh Taolo aytadi:
وَقُلْ جَاءَ الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ إِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا
Ayting: «Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o’chib-yo’qoldi. Chunki botil yo’qolguvchi narsadir». [17:81]
Da’vat qilish inson qiladigan ishlarning eng sharaflisi bo’lib, butun yaxshiliklar va chiroyli darajalarning manbaidir. Shuning uchun kimki da’vat qilishni xohlasa arzimas harakat va tinchu-omonlikni orzu ham qilmasin. Da’vat qilish bu – tahdidlar kelib, tayyoqlar boshiga tushganda; “da’vat – vaqtni o’tkazish” va “bilimni ko’z-ko’zlash uchun bir ovunchoq” degan gumonlar bilan orqaga qarab chekinishi emas, balki o’z hatolarini to’g’rilashga e’tibor qaratishi vojib. Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadiki: «Rasululloh (s.a.v) aytadilar: «solihlarga juda shafqatsizlik qiladilar, mo”min odamga qachon u xato qilsa va o’ziga loyiq darajadan tushib ketsagina musibat etishi mumkin».
Abu hurayra rivoyat qiladiki: Rasul (s.a.v) aytdilarki: «Kishining Alloh oldida bir martabasi bo’ladi, kishi unga qilgan amali bilan eta olmaydi, Alloh u kishini yomon ko’rgan narsasi bilan balolaydiki o’sha sababli kishi martabaga etadi». Rasul (s.a.v) aytadiki: «Mo”minlarning erkagiyu ayoliga doimo balo tushib turadi, ya’ni ularning o’zlariga, bolalariga va moliga tushadi, Allohga yo’liqqan vaqtda esa ularning gunohi bo’lmaydi».
Demak, o’z xalqimizga imom bo’lgan dunyo hayotidagi kabi haqiqiy hayotdagi martabamizga erishish uchun vazifalarimizni qattiqroq bajarishimiz, Allohga bo’lgan itoatini ko’chaytirishimiz va to’g’ri yo’ldan og’masligimiz kerak, bundan tashqari “olim” yoki “da’vatchi” har xil bo’lmag’ur sabab va bahonalar bilan o’zini oqlamasin, zimmasiga yuklatilayotgan javobgarlikdan qochmasin. Chunki Qiyomat kunidagi tarozi bu bahonalar bilan og’ir bo’lib qolmaydi, balki aksincha engillashadi va xuddi mana shu sabab va bahonalar haqiqat oldini to’sib qo’yadigan gunohdir.
Islomimizga amal qilishda sahoba(r.a)lar kabi bir birimiz bilan musobaqa qilaylik. Musulmonlarning peshvolari bo’lgan, hayot davrlarida jannat hushxabari berilgan sahobai-kiromlardan biri Abu Bakr(r.a)ga Umar(r.a) o’zini musobaqadosh deb belgilab, har bir sohada; muhtojlarga yordam berishda, nafl ibodatlar qilishda, Allohning kalimasini oliy qilish uchun mol-dunyosini sariflashda bellashgani mashhur. Bizga ana o’shalar o’rnak bo’ladi. Ular bu hayotda g’olib bo’lgan, Alloh Taolo bilan bo’lgan savdoni to’g’ri tushungan mo’minlardir. Alloh Taolo “badali”ni to’lagan mo’minga jannatni va’da qilmoqda, tijoratga taklif qilmoqda, jannatni sotaman demoqda:
إِنَّ اللَّهَ اشْتَرَى مِنْ الْمُؤْمِنِينَ أَنفُسَهُمْ وَأَمْوَالَهُمْ بِأَنَّ لَهُمْ الْجَنَّةَ
“Albatta, Alloh mo’minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi”. [9:111].
Aytingchi, demokratlar nimalarni va’da qilmoqda? Sizga ular bilan birga do’zahga ravona bo’lish kerakmi yoki sizga Allohning rizosi, jannati kerakmi?! Unda haqqini ado qiling! (davomi bor).
G’arib.