Xitoyning State Power Investment Corporation kompaniyasi Qirg’iziston shimolidagi Kazarman aholi punkti hududida 4ta GESdan iborat kaskad qurishni rejalashtirgan. Bu haqida Qirg’iziston bosh vazir o’rinbosari Oleg Pankratovning kompaniya vakillari bilan o’tgan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Qurilish tugagandan so’ng Olabug’u, To’g’uz-Torous va ikkita Qora-Bulun GESlarining umumiy quvvati 1,1 ming megavattga teng bo’lishi kerak.
“Investorlar qirg’iz gidroenergetikasi salohiyati va istiqbolini ipidan ignasigacha o’rganib chiqqanliklarini va loyihani amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi. Ular bunga kerakli hujjatlarning yaqin kunlarda taxt bo’lishiga umid qilmoqdalar”, – deb xabar beriladi Respublika vazirlar mahkamasi matbuot xizmatida.
O’z o’rnida Pankratov Xitoy kompaniyasi vakillarini respublika gidroenergetika sektorida salohiyatli investitsiyalarni jalb qilishga katta ahamiyat berishiga ishontirdi.
“Bugungi kunda biz ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi ko’lamini oshirish yo’lida yangi ilg’or g’oyalarni amalga oshiruvchi loyihalar ustida ishlayapmiz. Bu undan-da muhim, axir elektr energiyasidan foydalanish yildan-yilga ko’payib bormoqda”, – dedi bosh vazir o’rinbosari.
Turkiston:
Mamlakatga investitsiya tortish masalasi aslida davlatning xorligi, zaifligi va asoslangan mafkurasi yoki tayangan sistemasi nosog’lom ekaniga dalolat qiladi.
Investitsiya olib kirish masalasi mamlakatda ta’lim programmasini shu yo’nalish asosiga qurish va elitaning shu siyosiy doira asosida shakllanib qolishi, xar qanaqangi davlatni tubanlikka tushib boraverish garovidir. Mustamlakachi kufr davlatlari shuni yaxshi anglab etganliklari bois “YuNYeSKO” kabi bir qator olamiy tashkilotlar vositasida bizlarning yurtlarimizdagi fikriy yo’nalish soxasini nazorat qilib kelishadi. Ular maktablarda, oliygoxlarda bolalar va o’spirimlarga beriladigan ta’lim programmalarining saviyasini nazorat qilib, uni belgilangan asoslardan chetga chiqib ketmasligini tekshirib turishadi. Chunki xar qanday jamiyatni xor qiladigan yoki aziz va mukarram qilishi mumkin bo’lgan asosiy elemen bu fikriy meros yoki fikriy yuksalish mexanizmini anglab etish bilan amalga oshadi.
Mamlakatga chetdan investitsiya tortish, shu ishni amalga oshirish bo’yicha mutaxasis bo’lish uchun atayin ta’lim olishga intilish, shu mexanizmni urfga aylanib qolishi millatni iqtisodiy va boshqa tomonlama yuksakliklarga intilish ruxidan ajratib yuboradi. U millat yalqov va oliy maqsadlardan umid qilmaydigan, o’z xayotini boshqa bir quvvatlarga topshirib beradigan, faqat shu kunning moddiy manfaatlarigagina tobe’ bo’lgan zaif va oson etalanuvchi millatga aylanib qoladi. Natijada kufr mamlakatlari ularning shu zaif xolatlaridan foydalanib, ushbu mamlakatlarning erlarini xar xil yo’llar bilan tortib olishadi. Fuqorolarini kullardek ishlatishadi. Investitsiya olib kirish baxonalari bilan strotegik axamiyatli joylarini egallab olishadi.
Bunday millat o’z erlarni qanday o’zlashtirish kerakligi xaqida yoki GES singari muxim va manfaatli obektlarimizni qanday qilib o’z imkoniyatlari bilan qurish yoxud ularni o’z kuch-qudrat bilan ishlatish mumkin deb fikrlay olmaydigan xatto bu fikrni tushuna olmaydigan bo’lib qoladi. Shularning xammasi, kufr sistemasi ostida yashab, ular tuzib berayotgan fikriy yo’nalishni oqibatlariga bog’lamay, ko’r ko’rona qabul qilib olaverishimiz va muammolarimizning barchasi shu fikrlarning kasofatidan ekanini anglay olmayotganimiz sababli yuz beryapti.
Aslida investitsiya olib kirish xukumatlar uchun or- nomus, imkoniyatlarning zaifligi, mamlakatga xiyonat, uni tubanlashtirish deb baxolanishi kerak edi. Mamlakat esa, o’zidagi tabiiy er osti va usti boyliklaridan, shu kundagi imkoniyatlari darajasida foydalanish va foydalana olish imkoniyatlarini toboro kengaytirish xaqida fikrlashi va ish yuritishi lozim edi. Bu biz uchun, “Qumtor”ni oldirib qo’yib, qaytarib ola olmayotganimizdan ko’ra yuz barobar manfaatliroq edi. Kuchli mamlakat investorlari xali ko’plagan Qumtorlarimizni bosib olishadi.
Bu zaif xolatimizdan qutilish uchun albatta bizga kuchli mafkura va shu mafkuradan kelib chiqqan Mabda (sistema) kerak bo’ladi. Mavjud kufr sistema ichida bu qullikdan qutulib bo’lmaydi.