Azhar shayxining Germaniya safari chog’idagi pozitsiyasi Islom o’lchovida

569
0

Abdulloh Abdurrahmon qalamiga mansub

Azhar shayxi Germaniya parlamenti oldida, Yevropa markazidan turib, Islom va musulmonlardan nafratlanuvchi G’arbni ko’nglini olishga urindi. U Islomga undan bo’lmagan va unga zid bo’lgan narsalarni yopishtirib, qat’iy shar’iy ahkomlarni inkor qildi. Mana biz uning – Islom boshqa samoviy dinlarni to’ldiradi, nasroniy dini Islomning onasidir, jang qilish va jangga targ’ib qilish haqidagi oyatlar boshqalarga hujum qilish emas himoyalanish uchundir, degan so’zlarini eshitdik. U ochiqchasiga Qur’onda murtad uchun belgilangan jazo yo’q, islomiy yurtlarda yashab yurgan murtadlar bor, ularni osish uchun dor tikilmagan, deb aytdi. Keyin esa Islom bilan boshqa dinlar o’rtasida hazorat almashinuvi bor, degan narsani ta’kidladi. Go’yo u bizni Amerika rozi bo’ladigan yangi dinga, «mo”tadil islom»ga da’vat qilayotganday!!

Azhar shayxi go’yo Alloh Taoloning

 ﴿وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ﴾

«Yahudiy va nasroniylar ularning millati-diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo’lmaydilar» [Baqara 120]

degan kalomini o’qimaganday bizni dinimizni tark etib biz qabul qilmagan va hargiz qabul qilib bo’lmaydigan boshqa narsaga Yevropa markazidan turib chaqirmoqda! Ha, ular bizdan faqat dinimizni tark qilib, kapitalizmni to’la qabul qilganimizdagina rozi bo’ladilar. Ular butun dunyoga yoyishga urinayotgan din mana shudir. Butun dunyoning bu dinni qabul qilib shu din karvoniga qo’shilishi ularning istagidir. Biz shayxga ham, ularga ham bunday deymiz: Faqat Allohning hidoyatigina haq, hidoyatdir. Islom ana shu boshqa dinlarga aslo o’xshamaydi, balki Alloh Taolo

 إِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللَّهِ الإِسْلامُ

«Albatta Alloh nazdida maqbul din faqat Islom dinidir» [Oli Imron 19]

deya xabar berganidek, Parvardigorning nazdida Islomdan boshqa maqbul din yo’qdir.

Islom o’zidan avvalgi dinlar ustidan g’olibdir. Qur’on ham o’zidan boshqa kitoblar, dinlar ustidan hukmrondir. Shuningdek u bu dinlar va kitoblarni to’ldiruvchi emas, balki ularda kelgan hukmlarni nasx qiluvchidir. Biz bu kitoblarning bor bo’lganiga imon keltiramiz, ammo o’z yo’lidan og’gan dinlarga ham, naql qiluvchilar tomonidan o’zgartirib yuborilgan kitoblarga ham imon keltirmaymiz. Balki Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga va oxirat kuniga imon keltiramiz, o’sha payg’ambarlarga imon keltiramiz, ularning Alloh Azza va Jalla tomonidan rosul qilib yuborilganliklariga ishonamiz. Hatto o’sha payg’ambarlar tirik bo’lgan taqdirda ham Rosululloh Aga ergashgan bo’lardilar, bundan boshqacha yo’l tutmasdilar. Islom bu millatlar va dinlar bilan aloqa qilmaydi, ularni to’ldirmaydi, aksincha, ularga o’zgartirilgan din, deb qarab, o’sha din vakillarini Islomga kirishga da’vat qiladi, Islomni ularga da’vat va jihod orqali etkazadi. Ularga avval da’vat etkaziladi, agar ular Islomni oldiga to’g’anoq bo’lib, unga qarshi kurashishsa, musulmonlar ularga qilich bilan qarshi kurashadilar. Chunki buni nafs-havodan gapirmaydigan Rosululloh A xabar berganlar:

«بُعِثْتُ بَيْنَ يَدَيِ السَّاعَةِ بِالسَّيْفِ، حَتَّى يُعْبَدَ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، وُجُعِلَ رِزْقِي تَحْتَ ظِلِّ رُمْحي، وَجُعِلَ الذَّلُّ وَالصَّغَارُ عَلَى مَنْ خَالَفَ أَمْرِي، وَمَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ»

«Sheriksiz yolg’iz Allohga ibodat qilinishi uchun qiyomatga yaqin qilich bilan elchi qilib yuborildim, rizqim nayzam soyasiga (jihoddagi o’ljalarga) bog’liq qilindi, amrimga qarshi chiquvchilarga xorlik va sharmandalik bitildi. Kim biror qavmga o’xshab olsa, u o’sha qavmdandir». Demak, qilich Islomda mavjud narsa, u odamlarning Islomni qabul qilishlariga to’sqinlik qiluvchi kofirlarni boshlarini tanasidan judo qilish vositasidir. Shayx hazratlari aytgandek jonni himoya qilish uchun emas! Agar shunday bo’lmasa, u holda aytsin, Alloh Taoloning quyidagi kalomi nima bo’ladi:

 فَقَاتِلُواْ أَئِمَّةَ الْكُفْرِ إِنَّهُمْ لاَ أَيْمَانَ لَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَنتَهُونَ

«(Bu kirdikorlaridan) to’xtashlari uchun kufr etakchilariga qarshi jang qilingiz! Zero, ular uchun hech qanday qasam yo’qdir. (Ya’ni, ular mudom o’zlari ichgan qasamlarni buzaveradilar)» [Tavba 12]

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ قَاتِلُواْ الَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ الْكُفَّارِ وَلْيَجِدُواْ فِيكُمْ غِلْظَةً وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللَّهَ مَعَ الْمُتَّقِينَ

«Ey mo’minlar, yonlaringizdagi kofirlarga qarshi jang qiling va ular sizdagi qattiqqo’llikni ko’rsinlar. Bilingki, albatta Alloh taqvodorlar bilan birgadir» [Tavba 123]

Shularning barchasi jihod qilish va jihodga chorlash haqidagi oyatlardir. Xo’sh, shayx hazratlari aytsinchi, mudofaa degan gapni qaerdan topa qoldilar?! Qur’on va Sunnatdan istinbot qildilarmi?! Ha, Islom birovga hujum qilishga buyurmaydi, aksincha buni harom qilgan. Biroq Alloh va Rosuliga urush qilib, Allohning ehtiromli narsalarini buzgan kimsalarga esa hujum qilishga buyuradi. Aftidan, shayx hazratlari Ummatga qarshi urush qilib kelgan Germaniya va butun Yevropa tarixini, salibchilik urushlarini o’qimagan ko’rinadi. Amerikaning o’zidagi asl qizil tanli aholini qatli om qilganidan xabari yo’qqa o’xshaydi. Ha shunday, Islom bizga jonni mudofaa qilishga buyurdi. Biroq, jonni himoya qilishdan oldin Islomni da’vat va jihod orqali etkazishga buyurdi, jihod Islomni butun dunyoga etkazish tariqati qilib belgilandi. Sahoba Glar ham shunday tushundilar va amal qildilar-da, er yuzining turli mintaqalarini fath qilishga kirishdilar… Agar shunday bo’lmasa, u holda, shayx hazratlari aytsinlar, Islom Misr, Shom, Turkiya kabi yurtlarga qanday kirib bordi. U erlar Islom saltanatiga qanday bo’yin egdirildi?! Ha, qilich va jihod, ikkalasi odamlarni majbur qilmagan holda ularga Islomni etkazish vositasidir. Islomni qilich va jihod bilan etkazishning ma’nosi, odamlarning Islomni qabul qilishlariga to’sqinlik qiluvchi zolim, zo’ravon hukmdorlaru kofirlarni yo’q qilishdir.

Endi shayxning murtadlarni jazolash Qur’onda yo’q, degan gapiga kelsak, hazrat sunnat vahining bir qismi ekanini bilmaydigan ko’rinadi. Nabiy Aning

«إِنِّي أُوتِيْتُ الْقُرْآنَ وَمِثْلَهُ مَعَهُ»

«Menga Qur’on va xuddi unga o’xshashi berildi», degan so’zlari ham,

«مَنْ بَدَّلَ دِينَهُ فَاقْتُلُوهُ»

«Kim dinini almashtirsa, uni o’ldiringlar», degan so’zlari ham u kishiga etib bormagan shekilli!!

Islom nususida murtadga jazo berish aytilgan. Bu jazoni qay tarzda tatbiq etilishi ham shariatda belgilab bayon qilib berilgan. Bular mavjud va barqaror hukmlar bo’lib, ularni – shayx hazratlari kufr ahlini ko’nglini olish uchun qilgani kabi – aslo inkor etib bo’lmaydi. Islom bilan boshqa dinlar o’rtasida hazorat almashinuvi bor degan gapiga kelsak, buni qanday qabul qilishimiz mumkin, qanday qilib biz «Alloh uchtaning biridir», deyuvchi, Allohga xotinlik va o’g’illik nisbatini beruvchi dinlar bilan aqida va fikrda hamfikr bo’lishimiz mumkin. «Allohning qo’llari bog’langan (baxil)», deguvchi kimsalar bilan hamfikr bo’lamizmi. Bunday degan kimsalarga la’nat bo’lsin va ularning o’zlarining qo’llari bog’lanib qolsin?!!

Shayx hazratlari, biz sizni dinni hayotdan ajratishga chaqiruvchi G’arb ma’rifati nazariyasi o’rniga, o’zingiz o’rgangan va ta’lim olgan Qur’onu Sunnatga qayta murojaat qilishga da’vat qilamiz. Bas, g’arblik nazariyachilardan bo’lmang, ularga o’xshamang, bobolaringiz kabi bo’ling. Ya’ni Azharning Izz ibn Adbussalom rohimahulloh, Muhammad Xuzar Husayn rohimahulloh singari buyuk shayxlaridan bo’ling. G’arblik nazariyachilarga bo’lgan da’vatingiz faqat Islom da’vati bo’lsin, boshqa botil fikrlar bo’lmasin. Alloh istagan ulamolardan bo’ling. Zero, Alloh ulamolar bilan O’zi nozil qilgan hujjat-dalillar va hidoyatni etkazishlari va uni yashirmasliklari asosida ahdlashgan. Bilib qo’ying, siz rozi qilishga urinayotgan G’arb agarda sizda Islomdan bir ozgina narsa bor ekan, hargiz sizdan rozi bo’lmaydi. Sizdan oldingi G’arb ma’rifati nazariyasiga moyil bo’lgan hamkasblaringiz holi sizga ibrat namuna bo’lsin. Hammasidan ham avvalo, hargiz Allohga behojat bo’lmang, Alloh O’z ishida g’olibdir va G’arb ma’rifati nazariyasiga moyil kimsalar istamasalarda, albatta O’z kalimasini oliy qilajakdir.

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo’minlar, Alloh va Uning payg’ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to’planursizlar» [Anfol 24]

Roya gazetasining 2016 yil 23 mart chorshanba kungi 70-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.