Yadro xavfsizlik sammiti yakunlandi

542
0

Vashingtonda prezident Barak Obamaning mezbonligida bo’lib o’tgan yadro xavfsizlik sammiti yakunlandi. Sammit 52 davlat rahbarlari hamda birlashgan millatlar tashkiloti (BMT), Yevropa Ittifoqi (YeI), Xalqaro politsiya tashkiloti (INTYeRPOL) va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ishtirokida bo’lib o’tdi. Biroq sammitga Rossiya va Pokiston ishtirok etmadi.

Oq uyda tashkil qilingan kechki mehmondorchilikdan so’ng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on bilan AQSh Prezidenti Barak Obama o’rtasida norasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi va bu uchrashuv taxminan 50 daqiqa davom etdi. Uchrashuvda AQSh-Turkiya o’rtasidagi hamkorlik, mintaqaviy barqarorlik va “terrorizm”ga qarshi kurash kabi masalalar muhokama qilinganligi aytilmoqda.

Sammitning ikkinchi kuni esa, yadro xavfsizligini mustahkamlash borasida milliy harakatlar majlisi bilan boshlandi. Obama o’zi boshchilik qilayotgan majlisda “aniq” tashlangan qadamlar tufayli dunyoda yadroviy terrorizm xavfi kamayganligini aytib o’tdi.

Sammitdan so’ng e’lon qilingan xulosada yadroviy tahdidlar xalqaro tizim uchun hali ham eng muhim tahdidlardan biri hisoblanishi va bu tahdidga qarshi birgalikda kurashish o’ta zarurligi ta’kidlandi. Yadroviy qurolsizlanish va yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish lozimligiga ishora qilingan bayonotda Xalqaro Atom energiyasi agentligining bosh mas’uliyati va markaziy roli global yadroviy xavfsizlik arxitekturasida muhim ahamiyat kasb etishiga urg’u berildi.

Yadroviy xavfsizlik sammiti doirasida bo’lib o’tgan Yadro sanoat Sammitida Turkiya doxil 16 davlatga “Tinchlik Atomlari” mukofoti berildi. Turkiyaga oid mukofotni energiya va tabiiy boyliklar vaziri Barot Albayrak qabul qilib oldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.