Qirg’izistonlik harbiy delegatsiya Moskvada bo’ladi

541
0

Bosh shtab matbuot xizmatining xabar berishicha, 29 martdan 1 aprelga qadar Qirg’iziston qurolli kuchlari delegatsiyasi ishchi safar bilan Moskvada bo’ladi.

Xabarga ko’ra, delegatsiya tarkibiga mudofaa ishlari bo’yicha davlat qo’mitasi rahbari general-mayor Marat Kenjisariev, bosh shtab rahbari o’rinbosari polkovnik Nurlan Chomoev va boshqa mansabdor shaxslar kirgan.

Ish safari davomida, Qirg’iziston harbiy delegatsiyasi harbiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha Rossiya federal xizmati rahbariyati va Rossiya qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig’i armiya generali Valeriy Gerasimov bilan uchrashib, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, harbiy-texnik yordam etkazib berish va Qirg’izistondagi Rossiya harbiy bazasining faoliyati bo’yicha maslaxat yuritiladi.

Rasmiy xabarlarga ko’ra, Qirg’iziston hududida Rossiya ijaraga olgan beshta harbiy inshaot: Qant shahrida joylashgan harbiy baza, Qorako’l shahridagi torpedo sinov markazi, Qorabolta shahridagi 338-sonli Harbiy-dengiz floti “Marevo” aloqa markazi (Prometey stantsiyasi), Issiqko’l viloyati Ichke-Suu posyolkasidagi uzoq masofali kommunikatsiya markazi va Jalolobod viloyati Moylisuv shahrida joylashgan seysmologiya stantsiyasi bor.

Turkiston:

Qirg’iz hokimiyati, O’zbekistonning 18 mart kuni qilgan harbiy yurishlaridan qo’rqib ketgan ko’rinadi. Nima bo’lganida ham, Rossiya shu bo’lib o’tgan voqe’dan foydalanib, eskirgan harbiy texnikalarini qimmat narxda Qirg’iz armiyasiga o’tkazib yuborishni re’jalashtiradi. Balki bu ish choralar, Atambaev Moskvaga yordam so’rab borganida kelishilgan bo’lsa ajab emas.

Atambaev Moskvada KXShT (ODKB) ning navbatdan tashqari yig’inini chaqirtirib, majlisda o’zi qatnashib kelguniga qadar biror bayonot bergani yo’q. KXShTning yig’inida ham biror bir harbiy aralashuv haqida kelishuv bo’lgani yo’q. Lekin Atambaev u erdan qaytishi bilan matbuotchilar yig’ini uchun keng va ochiq bayonot berdi.

Demak, shartnoma Putinning o’zi bilan olib borildi. O’zbekistonning Qirg’iziston ustiga qilgan zo’rovonligini ham, Putin o’rtamchilik qilib echib berishni o’z zimmasiga olgan ko’rinadi. O’zbekiston harbiy bosqinchiligini bir kunda to’xtatdi.O’zbekistonning harbiy boskinchilik harakatlari, Rossiya uchun bir qator manfaatlar keltirdi. U Qirg’izistondagi qadamlarini bir oz bo’lsa ham mustahkamlab oladi.

Qirg’iz hokimiyati uchun ham, muxolifot harakatlarini bir muncha ortka chekintirib olishda, Qirg’iz milliy harakatlarini bir oz qalipga solib qo’yish va shuning bilan ular uyushtirishga harakat qilayotgan milliy nizolar chiqarish uchun sharoitlarini to’sib yuborishda manfaat keltirdi. Yodingizda bo’lsa Atambaev O’shga oxirgi tashrifi chog’ida, Qirg’iz millatini boshqa Qirg’izistonda istiqomat qiladigan millatlarga nisbatan aloqalarini bir oz tanqid qilib o’tgan edi.

Rossiya Qirg’izistonda davlar to’ntarilishi, faqat uning ixtiyori va boshchiligi ostida bo’lishi mumkin ekanini ko’rsatib qo’ya oldi. O’zbekiston esa, 2010yildagi hodisalar yana takrorlanishi mumkin bo’lgan vaziyatni bartaraf qilib oldi. U Qirg’iz elitasini ham, hukumatini ham, milliy robita ostidagi harakatlarni ham vahimaga sola oldi. Yana O’zbekiston, xohdagan vaqtida bo’lib o’tgan harbiy yurishini hech kimdan so’ramay takrorlashi mumkin ekanini ko’rsatib qo’ya oldi.

Endi, Qirg’iziston ustida bo’lib o’tgan ishlar va ularni bartaraf qilishdagi aralashuvlar hokimiyatni o’z kreslolarida davomli ushlab turish uchun hammasiga to’lovlar to’lash yana davom etadi. Ularning biriga er beriladi, boshqasiga tabiiy boyliklarimiz, harbiy aralashuvlar, qisqasi har bir ishning o’z to’lovi bor. Lekin bu to’lovlar hokimiyatni saqlab qolinishi uchun bo’lgani bilan, sarf qilinib borilayotgan manfaatlar xalqniki, ummatniki. Yuqorida Rossiya o’zining harbiy axlatlarini bizga yana pulga o’tkazmoqchi bo’ladi. Bunga ham rozi bo’lamiz, yana qarzga botamiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.