OLIMLARNING JIM TURIShI KUFRNI ROZI QILMAYDI (1)

623
0
Man with mouth covered by masking tape preventing speech.

بســـــم الله الرحمن الرحيم

OLIMLARNING JIM TURIShI KUFRNI ROZI QILMAYDI (1)

Dunyodagi hamma balolarning sababchisi demokratiya. Uning voqe’ligini tasavvur qilishingiz uchun tushuntirishga xarakat qilaman. Bizning mamlakatda prezidentning gapini aytmoqchi bo’lgan insonga; jim bo’l, uni gapini gapirma! Gapirsang jinoyatchi bo’lasan degan insonni kim deb o’ylaysiz? Uni farmonlarini, chiqargan qarorlarini o’zgartirishga majburlayotganlarnichi? Ularga quloq solgan va ularning ko’rsatmalari bo’yicha prezidentning farmonlarini o’zgartirib, u chiqargan qarorlarni berkitib, uning o’rniga boshqa gaplarni uning farmonlari deb o’ziga ishongan, uyini to’risidan joy berib, qo’yning yonboshi bilan mehmon qiluvchi yaqinlarini aldayotgan insonni kim deb bilasiz? Dushmanlar bilan til biriktirib, ularning foydasiga bo’layotganini bilib, ularning talabi bo’yicha bo’layotganini tushunib turib qilsalarchi?

Shunga o’hshab, Alloh Taoloning osmoni ostida nafas olib, erida yashab, yaratgan ne’matlaridan foydalanib turib, uning oyatlarini gapirmoqchi bo’lganlarni “jim bo’l, Allohni hayotimizga; siyosatimizga, iqtisodimizga yoki ishtimoiy ishlarimizga aralashtirma! Ibodatingni masjidlarda qilaver, senga kim qarshilik qilyapti?! aksincha jinoyatchi bo’lasan” deb “qonun chiqarganlar” va uni to’g’ri bilib, uning asosida ish olib borayotganlarni tasavvur qilib ko’rsangiz, asl jinoyatchi kim ekanini bilasiz. Ayniqsa, faqat besh vaqt namozda har kuni 32 marta Alloh Taoloning oldida turib: “… faqat sengagina qullik qilaman va faqat sendangina yordam so’rayman…” [1:5.] deb ahd qilgan insonlar, uning oyatlariga qarshi ish olib borishinini qanday tushinish mumkin?

To’g’ri, buni ko’pchilik tushunmaydi, shuning uchun ulardan shu kungacha bilmagan narsalari to’g’risida javobgar bo’lmasliklarini Alloh Taolo bayon qilib bergan. Ammo bandalikni o’z o’rniga qo’yishimiz uchun har bir ishda shar’iy hukmini bilmasak, bilganlardan so’rashimizga ham buyurgan, Alloh Taolo aytadi:

مَنْ اهْتَدَى فَإِنَّمَا يَهْتَدِي لِنَفْسِهِ وَمَنْ ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّى نَبْعَثَ رَسُولًا

“Kim hidoyat yo’liga yursa, bas, o’zi uchun yurar. Kim (hidoyat) yo’lidan ozsa, u ham o’z ziyoniga ozur. Hech bir ko’targuvchi (ya’ni, gunohkor jon) o’zga jonning yukini (ya’ni, gunohini) ko’tarmas. Biz to biron payg’ambar yubormaguncha (u orqali O’zimizning amru farmonlarimizni yuborib, unga itoat qilishdan bosh tortmagunlaricha, biron kimsani) azoblaguvchi emasmiz”. [17:15]

(Ey Muhammad), Biz sizdan ilgari ham (farishtalarni emas, balki) faqat insonlarnigina O’zimiz tushirgan vahiy bilan yuborganmiz. Agar bilmaydigan bo’lsangizlar, ahli ilmlaridan so’ranglar! [16:43]

Demak, biz har bir ishda shar’iy hukmlarga amal qilishimiz kerak va buni mujtahidlardan olamiz, chunki Alloh Taolo muammolarimizni Qur’on va hadis asosidan kelib chiqqan hukmlar bilangina amalga oshirishimizni talab qilmoqda:

 فَإِنْ تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ إِنْ كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ

„Bordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz, agar haqiqatan Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz, u narsani Allohga va Payg’ambariga qaytaringiz!“ [4:59]

Rosululloh(s.a.v)dan so’ng shar’iy hukmlarni faqat mujtahidlarning sahih ijtihodlaridangina bilish mumkin. Olimlarning vazifasi shu hukmlarni ro’yi-rost bayon qilishlari talab qilinadi. Agar biz rostdan Allohga ishonsak, u holda u aytgan so’zga 100\100 taslim bo’lishimiz kerak. Shu o’rinda sahobalar(r.a)ning oyatlarga qanday ishonganligi to’g’risida bir hodisani eslataman: kunlarning birida Aliy(r.a) ko’chada ketayotgan vaqtida bir inson uning orqasidan ergashayotganini sezib qoldi va bir oz yo’lida davom etib, uni kuzitib kelayotganiga ishonch hosil qilgach, to’htab orqasiga qaradi. Uni kuzatib kelayotgan bir yahudiyya qizchasi edi. Shunda Aliy(r.a) unga:

– nega meni ta’qib qilayapsan – deb so’radi. U qizcha:

– men sizni yoqtiraman, sizni ortingizdan yurib zavqlanaman – dedi.

– sen rost gapirasanmi yoki Allohmi? – deb so’radi. Ya’ni yolg’onchi ekanini o’z og’zi bilan isbotlashni maqsad qildi. Savolga e’tibor bering: sen rost gapirasanmi yoki Allohmi?…

– albitta, Alloh rost gapirguvchi – deb javob qildi, yahudiyya. Shunda Aliy(r.a): – Alloh Taolo:

 وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo’lmaydilar..». [2:120] demoqda. Demak, sen yolg’on gapirmoqdasan, sen meni yoqtirmaysan. Shunda qizcha:

– haqiqatdan men yolg’on gapirdim. Men seni juda yomon ko’raman. Senga bo’lgan nafratimning chegarasi yo’q. Seni o’ldirishni juda xohlar edim, lekin sen kuchlik, jasur insonsan. Buni uddasidan chaqa olmayman. Ortingdan yurishimning sababi, sening soyang tushgan joylarni bo’lsa ham tepalab, nafsimga ozgina bo’lsa-da orom bermoqdaman – deb, yolg’on gapirayotganini tan olibdi.

Allohning ta’limotlaridan to’g’ri istifoda qilsak, har qanday insonni aqliga yarasha haqni bayon qilish imkoniga egamiz. Shuning uchun biz ham sahobai kiromlardek, har bir ishda Alloh Taoloning farmonlariga quloq tutaylik, shunda aldanmaymiz.

Ammo o’zini hamma narsani bilguvchi qilib ko’rsatib, hayot izdan chiqib ketganligi, Alloh Taoloning farmonlari o’z o’rniga qo’yilmayotgani yoki musulmonlarning og’ir ahvoli ularning parvosiga ham kelmaydigan va o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaydigan kimsalarni Qur’onda kitob ortilgan eshak deb sifatlagan. Alloh Taolo aytadi:

 مَثَلُ الَّذِينَ حُمِّلُوا التَّوْرَاةَ ثُمَّ لَمْ يَحْمِلُوهَا كَمَثَلِ الْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَارًا بِئْسَ مَثَلُ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِ اللَّهِ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

“Tavrot yuklangan – berilgan, so’ngra uni ko’tara olmagan (ya’ni o’z qavmlariga ro’yi-rost etkazmagan) kimsalarning misoli xuddi kitoblarni ko’tarib ketayotgan eshakka o’xshaydi (ya’ni, uning vazminligidan charchab-toladilaru, ammo u Kitobning ichidagi narsalardan foydalanmaydilar). Allohning oyatlarini yolg’on degan qavmning misoli naqadar yomondir. Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas!” [62:5]

Olimlar xiyonat qilsalar buning oqibati juda xatarli. Shu ma’noda Rosululloh(s.a.v) shunday dedilar:

«Ikki toifa insonlar borki, agar ular tuzalib o’nglansalar, insonlar ham o’nglanadilar. Agar ular buzilsalar, insonlar ham buziladi. Ular ulamolar va amirlardir». Buxoriy Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilishicha, Rosululloh(s.a.v) bunday dedilar:

“Ogoh bo’lingki, har biringiz rahbarsiz va har biringiz o’z raiyatidan mas’ulsiz. Odamlarga bosh bo’lgan imom rahbardir va u o’z raiyatidan mas’uldir…”. Yana aytadilarki:

«E’tiborini Allohdan boshqaga qaratgan holda tong ottirgan odam Allohdan emas. Musulmonlarning ishiga ahamiyat bermagan holda tong ottirgan odam musulmonlardan emas».

Bizni shu ahvolga demokratlar olib keldi. Men ham sizlarga Aliy(r.a)ning yahudiyyaga bergan savolini bermoqchiman: aytingchi, demokratlar to’g’ri gapiradimi yoki Alloh Taolomi? Subhanalloh. (davomi bor).

G’arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.