Xalqaro Amnistiya tashkiloti O’zbekistondagi Toshturma va Jasliq qamoqxonalarida hamda Milliy xavfsizlik xizmati er to’lalarida qiynoqlar uzluksiz amalga oshirilib kelayotganligi haqida hisobot taqdim qildi. Mazkur tashkilot qiynoqlarning asosan Hizb ut-Tahrir uyushmasiga mansub musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotganiga e’tibor qaratar ekan, o’zbek qamoqxonalaridagi qiynoqlarga qarshi kampaniya boshlanganligini ham e’lon qildi.
Amnistiya tashkiloti Karimov rejimi qo’llagan bosim va g’oyriinsoniy muomalalarga oid o’zining hisobotida O’zbekistonda qamoqqa olinganlarga nisbatan amalga oshirilgan og’ir qiynoqlar, hayvoniy muomalalar muammosini yoritishi haqida bahs yuritadi. Tashkilotga ko’ra, hukumat tomonidan qo’llaniladigan qiynoqlar eng ko’p Toshkentda joylashgan Toshturma va mamlakatning shimolidagi Qoraqalpog’iston aftonom respublikasida mustaqillik yillarida alohida qurilgan va xususan musulmonlarning qamoq lageri sifatida tanilgan Jaslik qamoqxonasida hamda O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati er to’lalarida amalga oshiriladi. (Boshqa qamoqxonalaridagi qiynoqlar ham bulardan qolishmaydi).
“Bu qamoqxonalarda amalga oshirilgan qiynoqlar eng tajribali inson huquqlari faollarini ham dahshatga soladi”, deyiladi xalqaro amnistiya tashkiloti hisobotida.
Amnistiya tashkiloti o’zi boshlagan kampaniya doirasida inson huquqlari faollari va tarafdorlaridan O’zbekiston qamoqxonalariga “Biz bu erda amalga oshirilgan qiynoqlarni bilamiz va darhol bu zulmni to’xtashingizni talab qilamiz”, degan ma’noda maktub yuborishni talab qildi.
Hizb ut-Tahrir – O’zbekiston matbuot bo’limi Karimov rejimi amalga oshirib kelayotgan jinoyatlarni bir qancha yillardan buyon fosh qilib kelmoqda. Uning oxirgi bayonotlaridan biri “Andijon jallodi qo’lida shahidlar karvoni to’xtamayapti”, nomli bayonotida jumladan shunday deyiladi.
“Navoiy shahridagi «UYa 64/46» koloniyasi musulmon mahbuslarni o’lguncha qiynoqqa solish bilan nom chiqargan. Bu qamoqxona ma’muriyati iflos maqsadlarini amalga oshirishda boshqa jinoyatchi mahbuslardan foydalanadi. Musulmon mahbuslarni qiynoqqa solish uning maqsadlaridan biridir. Shu tarzda birodarimiz Mahmudjon qamoqda uzoq yillar qiynoqlar, xorlashlar, moddiy va ma’naviy bosimlar ostida yotdi… va nihoyat shahid bo’ldi. Biz uni shunday deb hisoblaymiz, lekin hech kimni gunohdan pok, deb Allohga da’vo qilmaymiz.
2016 yil 3 fevral kuni Mahmudjon Hasanovning oilasi birodarimizning pokiza jasadini qabul qilib oldilar… Uning tanasida shafqatsiz qiynoq izlari yaqqol ko’rinib turardi. Karimov rejimi o’z jinoyatlariga odamlar guvoh bo’lib qolmasliklari uchun Mahmudjonning jasadini yarim tunda olib kelishdi va qarindoshlarini ham, oshna-og’aynilarini ham xabardor qilmasdan tezroq dafn qilishga buyurishdi. Shahid oilasi uning muattar tanasini o’n nafar militsiya xodimlari kuzatuvi ostida tuproqqa qo’yishdi…”.
Manba “Dünya Bülteni”