Livan xalqaro siyosatchilar bolg’asi bilan regional va mahalliy malaylar sandoni o’rtasida

531
0

Sa’duddin Haririy otasining o’ldirilganini xotirlash munosabati bilan 2016 yil 14 fevralda Livanga qaytishi bilanoq hodisalar tezlashib ketdi. Aniqrog’i bu tezlashish Saudiya tomonidan bo’ldi. Saudiya 2016 yil 19 fevralda Livan armiyasini va ichki xavfsizlik kuchlarini qurollantirish uchun berayotgan yordamlaridan qolgan qismini bekor qilishni e’lon qildi. Saudiya bu bilangina kifoyalanmadi, balki Livanda mablag’ yotqizishlarga chek qo’yish uchun moliyaviy va bankka oid choralarni amalga oshirdi. Bularning barchasiga Livan pozitsiyasi sabab bo’ldi. Livanning bu pozitsiyasi Arab Davlatlari Ligasi tashqi ishlar vazirlarining 2016 yil 10 yanvarda Qohirada o’tkazilgan sammiti chog’ida Suriya masalasi, Eron va uning Livandagi Hizbiga nisbatan tutiladigan pozitsiya borasidagi «arabiy yakdillik»ka xilof kelgan edi. Bu sammit Erondagi Saudiya elchixonasi va konsulxonasiga Saudiya shayx Nimr an-Nimrni qatl qilgani sababli g’azabga to’lgan namoyishchilar tomonidan hujum qilinganidan keyin o’tkazildi…

Livandagi harakatni ana shu hodisalar jarayonidan va regiondagi yangi pozitsiyalardan ayri holda tushunish mumkin emas. Ayniqsa hokim oiladagi Amerikaga malay qanot vakili podshoh Salmon ibn Abdulaziz hokimiyatni o’z qo’liga olganidan buyon Saudiya tomonidan bildirilayotgan pozitsiyalardan ayri holda tushunish mumkin emas. Salmonning hokimiyatni o’z qo’liga olishi Amerikani ruhlantirib, Yaman vazifasini unga (Salmonga) topshirishga undadi. Hozir esa Amerika Salmonni turli nomlar ostida Shom qo’zg’oloni masalasida ishga solyapti. Maqsad Amerikaning bu mintaqadagi siyosatini amalga oshirishdir. Amerika undan oldin Eron va uning tobelarini ham ishga solgan edi va hamon ishga solmoqda. Amerika o’zining bu mintaqadagi siyosatini amalga oshirish vazifasini shu ikki taraf o’rtasida taqsimlab bermoqda. Eron rejimi va Saudiya rejimi zohirda go’yo bir-biridan xavf qilayotgan bo’lib ko’rinayotgan bo’lsa-da aslida bu ikki rejim ham Amerikaning yugurdagidir. Amerika Shom qo’zg’olonini yo’q qilishga oid rejasida Rossiyani ham ishga soldi. Rollarni Saudiya bilan Eron o’rtasida taqsimlanganligi, balki bu ikki rejimning birgalikda rol o’ynashi natijalaridan biri Livanda Eron Hizbi bilan Mustaqbal oqimi o’rtasida ketma-ket dialog uchrashuvlari o’tkazilishi bo’ldi. Bu ikki guruh o’rtasida – Salom hukumati tashkil topganidan boshlab – Shom qo’zg’olonining Livandagi ansorlarini repressiya qilish va qo’zg’olonga qo’shilgan mintaqalar shavkatini sindirish bo’yicha to’liq hamkorlik yuzaga keldi. Bular ikkala guruh o’rtasida axborot vositalaridagi quruq, siyqa dahanaki tortishuvlarga qaramay amalga oshdi…

Oxiri Sa’ududdin Haririyning jumhuriyat prezidentligiga Basharning Livandagi jonajon do’sti va amerikaliklarning Livandagi ishonchli odamlaridan biri Sulaymon Faranjiyani nomzod qilib ko’rsatishi yuzaga keldi. Bu esa albatta Saudiya bilan Eron o’rtasidagi nizo ta’sirsiz va samarasiz yuzaki nizo ekanini va ikkalasi birgalikda Amerika rejasini bajarayotganini tasdiqlab turibdi! Livandagi siyosatchilarning shaxsiy manfaatlar va xorijga qaramlik asosiga qurilgan ishi tabiatining davomi va tasdiqi sifatida Livan kuchlari partiyasi raisi Samir Ja’ja’ – u Faranjiyaning ashaddiy dushmanidir – Avnning prezidentlikka nomzodligini qo’llab-quvvatlash yo’lini tutmoqda. Bu bilan u shakli Haririyniki, aslida esa Amerikaniki bo’lgan ana shu tashabbusga to’siq qo’ymoqchi bo’lyapti. Shuning uchun Qo’shma Shtatlar yangi qadamga o’tmoqda. Amerika bu qadam orqali Livandagi prezidentlik ishidagi mustahkam qotib qolinganlikni sindirmoqchi. Bu Haririyning 14 fevralda kelishi bilan bir vaqtga to’g’ri kelmoqda. Natijada Livandagi vaziyat yanada qaynoq tus olmoqda. Livanlik siyosatchilar tabiatining yana bir silsilasi «meva»larni «terib» olish uchun axborot vositalaridagi baqir-chaqir bilan boshlanadi. Bu iste’foga chiqishlar, isyon ko’tarish bilan tahdid qilishlar, elchixonalar eshiklariga yugurish, yig’inlar o’tkazish, xushomad qilish va muloyim so’zlar orqali bo’ladi.

Vaziyatni qaynoq tus oldirish, fraktsiyalarga bosim o’tkazuvchi siyosiy va xavfsizlikka oid vaziyatni paydo qilish uzoq vaqt davomida Amerika siyosati, jumladan Livandagi siyosati uslublaridan biri bo’lib keldi. Bunga eng yaqin misol Livan 2008 yilda boshdan kechirgan anavi qaynoq vaziyatdir. O’sha vaqtda Amerika vaziyatni portlash holatiga olib keldi. Bu portlash Eron Hizbining Bayrutga 7 may hodisalari degan narsa bo’yicha o’z qurol-aslahasi bilan kirib kelishida aks etdi. Maqsad fraktsiyalarni Davhada to’plash va Mishel Sulaymonning jumhuriyat prezidenti bo’lishiga rozilik berish edi. O’sha paytdagi shuncha konstitutsion to’siqlarga qaramay shunday bo’ldi!

Mana bugun Amerika yana Livandagi vaziyatni o’zining odamlari orqali, Saudiya va Eronning Livandagi odamlari orqali – siyosiy jihatdan, ehtimol xavfsizlik jihatidan ham – qaynoq tus oldirish uslubiga qaytmoqda. Maqsadi barcha fraktsiyalarga bosim o’tkazib ularni Amerika o’zi munosib ko’rgan vaqtda ismini aytadigan jumhuriyat prezidentini saylash yo’nalishini tutishga majbur qilishdir. Bularning barchasi Shom qo’zg’oloni masalasida Amerikaning, uning ittifoqchilari va tobelarining harakatiga bog’liqdir. Ehtimol mintaqani, jumladan Livan tuzumini qayta shakllantirish masalasi ham ularning harakatiga bog’liqdir…

Ey Livan ahli: Frantsiya paydo qilgan va undan keyin Britaniya so’ngra Qo’shma Shtatlar meros qilib olgan bu tuzumning muvaffaqiyatsizlikka uchraganini o’z ko’zingiz bilan ko’rib turibsiz, bu sizlarga kundek ravshan ko’rinib turibdi. Amerika o’z navbatida bu tuzumni Asad oilasi ixtiyoriga o’nlab yillar davomida topshirib keldi. Keyinchalik Amerika bu tuzum ishini ana shu malaylaridan keyin Eronga topshirdi. Amerika ishlariga qarshi qo’zg’olon ko’targan Islomiy Ummatga qarshi kurashishda Amerika shunday yo’l tutdi. Ichimlik suvidan tortib elektr energiya va oziq-ovqatgacha bo’lgan barcha ishlarni boshqarishda ota-bobosidan meros qolgan bu muvaffaqiyatsizlik mamlakatni, xususan poytaxt Bayrutni axlat uyumlariga g’arq qilish darajasiga etdi. Axlat uyumlari hal qilish qiyin bo’lgan bir muammoga aylandi. Holbuki u olamdagi mamlakatlarda boshqaruvning eng oddiy va eng engil sohalaridan biridir. Mana ular Livanni saraton kasalligiga odamlar eng ko’p chalinadigan mamlakatlar sinfiga kiritish darajasiga etib kelishdi!!!

Ey Livan ahli: ana shu siyosatchilardan birontasining bu mamlakat muammolariga barham berishini hali ham kutyapsizlarmi?! Axir ular yirik davlatlar istaklarini va bu yirik davlatlarga qaram rejimlarning istaklarini amalga oshirish uchun ishga solinadigan bir arzon yugurdak qurollardan boshqa narsa emas-ku. Bu malaylar o’z mansablarini va orttirgan boyliklarini saqlab qolish uchun sizlarning qonlaringiz va mollaringizni arzon-garov sotib, sarflab yuboraverishadi. Sizlar eng kamida qilishingiz mumkin bo’lgan ish bu malaylarni o’zingizdagi echimlar qomusidan o’chirib, uloqtirib tashlashingizdir. Ko’chalaringizda ham, saylov qutilarida ham bu malaylar uchun ehtirom ko’rsatmang. Aks holda ularning halokatga etaklovchi ishlarida, mamlakatni talon-taroj qilishda, xalqaro va regional tog’utlarning til biriktiruvlariga bo’ysundirishda ularga sherik bo’lib qolasiz. Sizlar bu malaylar, ularning otalari va xo’jayinlari boshingizga keltirgan yomonlikni ularga tayanib bartaraf qilamiz deb hargiz o’ylamang. Qadimda: qo’y so’yilganidan keyin uning terisini shilib olish unga zarar-aziyat keltiradimi, deb aytilgan?!

Ey Livan ahli: e’tiboringizni Shom yurtiga va unda yuz berayotgan tarixiy o’zgarishga qarating. Bu o’zgarish shu darajadaki, dushmanlaringiz unga qarshi barcha kuchlarini to’plashdi. Shom yurti sizlarning haqiqiy davomingizdir. U sizning aslingiz va chuqur tarixga kirib borgan tomiringizdir. Sizlar uning chegaralarining himoyachilarisiz. Shuning uchun Shom yurtida yaxshilik pishib-etilsa siz uning yaxshiligidan bahramand bo’lasiz. Sizlar Sayks-Piko va Guro paydo qilgan tuzumlardan hech bir yaxshilik ko’rmadingiz, aksincha faqat tikan sanchilgandek noxushliklarni ko’rdingiz, xolos. Shunday ekan bu yaxshilikni hargiz boy bermang. Chunki sizning yurtingiz – Shom yurti – shunday bir yurtki, agar unda yaxshilik yo’q bo’lsa boshqa yurtlarda yaxshilik bo’lmaydi. Bu Rosululloh A hadisida aytilgan.

Hizb ut-Tahrir sizning orangizda ish olib bormoqda, sizlar uni yaxshi taniysiz va u ham sizlarni yaxshi taniydi. Hizb Allohdan o’ziga va sizlarga O’zining tez nusrati bilan Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklashga yordam berib marhamat ko’rsatishini yolvorib so’ramoqda. Xalifalik yurtlar va bandalarni birlashtiradi, bu yurtlarning mustamlakachi G’arbga qaram bo’lishiga barham beradi. O’shanda Livan va boshqa yurtlar yana yaxshilik, nur, adolat va osudalik minorasiga aylanadi. Ilk namunadagi siyosatchilar sababli shunday bo’ladi. Bu siyosatchilar G’arbga ham, Sharqqa ham qaram bo’lmaydilar. Ular sizlarning ishlaringizni Alloh Azza va Jalla siz uchun xohlaganidek va rozi bo’lganidek boshqarishga harakat qiladilar.

Hizb ut-Tahrir Livan viloyati

19 jumodul-avval 1437h

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.