Rossiya Mudofaa vazirining yordamchisi Nikolay Pankov davlat televideniyasiga bergan intervyusida Rossiyaning Suriyadagi vujudi saqlanib qolishini ma’lum qildi.
“Suriyada ba’zi ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Biroq haqiqiy natijalarga erishish uchun Rossiya terrorchilarning maskanlarini bombalashni davom ettiradi”, dedi Nikolay Pankov masala bo’yicha bergan bayonotida.
Shuningdek, Pankov Xmeymimda o’tkazilgan marosimda “Suriyada muayyan yutuqlarga erishildi. Ammo hozircha «terrorizm» ustidan g’alaba qozonilgani haqida gapirishning mavridi emas. Rus harbiylariga «terrorchilarning» ob’ektlariga zarbalar berishni davom ettirish vazifasi topshirilgan”, deya ta’kidladi.
RIA Novosti axborot agentligiga intervyu bergan rus mas’ullaridan biri Sergey Ivanov Himeymim va Tartusda joylashgan Rossiya bazalarini himoya qilish uchun S-400 raketalari o’z o’rnida qolishi haqida ma’lum qildi.
Boshqa bir tarafdan Suriyadan ortga chekinish qarori e’lon qilinar ekan, Rossiya mudofaa vaziri Prezident Putinga bergan hisobotida erishilgan yutuqlar ichida 2000 terrorchi yo’q qilinganligini bildirdi. Ammo inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot Hyuman Rayts Votchning ma’lum qilishicha Rossiya olti oydan buyon Suriyada olib borgan harbiy amaliyotida 2000 tinch fuqaroni qatl etgan.
“Suriyadagi Rossiyaning tinch aholiga qarshi strotegik hujumlari o’ta qonli bo’ldi. Hujumlarda eng kamida 2000 tinch fuqaro hayotdan ko’z yumdi”, deydi tashkilot rahbari Kris Vuds.
Bundan avval e’lon qilingan Xalqaro aministiya tashkilotining hisobotida ham Rossiyaning Suriyadagi jinoyatlari fosh qilingan edi. Hisobotda keltirilishicha rus harbiylari qasddan maktablarni, shifoxonalarni va masjidlarni hujumga tutgan.