O’zgarish yo’lida gender tenglik strategiyasining navbatdagi omadsizligi

608
0

Bu yil BMT 8 mart xalqaro xotin qizlar kunida uyushtirgan asosiy mavzusini «tenglik sari olg’a», deb atadi. Ayni mavzuda BMTga a’zo davlatlarni o’z jamiyatlarida gender tenglik (ikki jins o’rtasidagi tenglik)ni mustahkamlash yo’lida faol amaliy qadamlar tashlashga chaqirdi. Shuningdek, ayni mavzu «olam 2030 yilga qadar: gender tengligi sari olg’a» nomli xalqaro kampaniyaning davomi hisoblanib, bu kampaniya ayni davlatlarning gender tenglik siyosatiga qayta rioya qilishlari maqsadida boshlangan edi.

Darhaqiqat, gender tenglik mafkurasi G’arbning ilmoniy tuzumlari ostida ayollar boshdan kechirayotgan zulmning mahsulidir va xotin-qizlar huquqi uchun kurash oloviga moy sifatida xizmat qilgan ham shu mafkuradir. Shuningdek, bu mafkura xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqqa va teng vazifaga erishishlari bilan ularning hurmat-izzatlari ta’minlanadi va turmush sharoitlari yaxshilanadi, degan yolg’on va’dalar orqali o’nlab yillar mobaynida ayollarni omadsiz kurashlar oloviga tiqib keldi. Biroq bir asr davomida G’arbda ham, dunyoning boshqa o’lkalarida ham gender tenglikni ro’yobga chiqarish yo’lida qator kurashlar bo’lishiga qaramay hamda bu mafkura G’arbu Sharqdagi ko’pgina davlatlarda bir necha xalqaro bitimlar va milliy dasturlarda ta’kidlanganiga qaramay, xotin-qizlar huquqi masalasida hech narsa o’zgarmadi. Ya’ni butun dunyo darajasida ayollar zo’ravonlik, ekspluatatsiya, qashshoqlik, savodsizlik, noto’g’ri ta’lim tizimi, qoniqarsiz sog’liqni saqlash, zulm, qirg’in… kabi muammolardan hamon aziyat chekmoqdalar va bu muammolar yirtqich diktator rejimlar ostida bo’lmoqda.

Misol uchun, xalqaro va milliy qonunlarda muqaddaslashtiriliyotgan shu gender tenglik mafkurasi ayollarni himoya qilishda omadsizlikka yuz tutdi: bugun dunyoda har uch ayolning bittasi zo’ravonlik qurboni bo’lmoqda, Amerikada bir kunda uch nafar ayol o’zlarining hozirgi yoki sobiq sheriklari qo’lida halok bo’lmoqda, Yevropada har o’n ayoldan bittasi jinsiy zo’ravonlik qurboni bo’lmoqda… Bunga o’xshash mafkura qonxo’r Bashar qo’lida qirg’in qilingan yuz minglagan muslimani hamda mustamlakachi G’arbning Iroq va Afg’onistondagi urushlarida minglagan muslimani saqlab qololmaydi. Bu mafkura ayni urushlar oqibatida qochqinga aylangan millionlab ayollarni etarli va munosib boshpana bilan ta’minlayolmadi, noumidlikdan va qochqinlikdan dengizga tushib, g’arq bo’layotgan ayollarni qutqarib qololmadi, Markaziy Afrika, Myanma kabi yurtlardagi ayollarni so’yilishdan saqlab qololmadi… Falastindagi qizlarni yahudiylar o’qlaridan mudofaa qilolmadi, O’rta Osiyo va Xitoydagi repressiv rejimlarning shar’iy liboslarni majburan echirish, homiladan stirillovchi operatsiyalar qildirishga majburlash, abort qildirish… kabi ishlardan muslima ayollarni himoya qilolmadi.

Bulardan tashqari, o’zgarish yo’lidagi strategiya deyilayotgan gender tenglik mafkurasi bugun dunyoda etarli oziq-ovqat, toza suv, sog’liqni saqlash va ta’lim kabi ehtiyojlardan mahrum bo’lib turgan 700 million ayolga yoki maktabga borish imkoniga ega bo’lolmagan 85 million qizchaga biror sog’lom echim berolgani yo’q.

Bu mafkura ayni muammolarni hal qilish u yoqda tursin, hatto ularning hajmini qisqartirishga ham muvaffaq bo’lolmadi, chunki bu mafkuraning oddiy ayolning hayotiga hech qanday aloqasi yo’q. Buning sababi esa, ayni mafkurada erkak bilan ayol o’rtasini tenglashtirishga targ’ib qilish bilan xotin-qizlar hayotini yaxshilash mumkin, degan e’tiqod mavjud. Albatta, bu ahmoqona, ojizona, xato e’tiqoddir. Bu e’tiqod ayollar muammolari ostidagi yashirin real sabablardan butunlay g’aflatda qolib, muammolarga jinsiy navga tayanish bilan xato shaklda echim bermoqda. Aslida, esa bu muammolar kapitalistik, liberallik, milliylik kabi g’ayriilohiy buzuq tuzumlar, fikrlar va printsiplarni qabul qilish oqibatida paydo bo’lgan, deya e’tiqod qilmoq lozim edi.

Kapitalistik tuzum ostida ayollarni qanday qilib hurmat-izzat bilan ta’minlash mumkin, axir, bu tuzum ayollarni daromad topish uchun bir tovar, degan tushunchani man qilmaydi, bu tushunchadagi kimsalarni jazolamaydi, bu tushunchani yo’q qilmaydi, ayollarning liberalistik erkinliklar shiori va niqobi ostida jinsiy hirsni qondiruvchi matoga aylanib qolishlariga ruxsat beradi!? Kapitalistik tuzum ostida ayollarni qanday qilib iqtisodiy huquqlarini himoya qilish mumkin. Axir, bu tuzum kambag’allar hisobiga boylarning tarafini olayotgan, liberal erkin bozor siyosatini tatbiq qilayotgan, davlat iqtisodiyotini bo’g’zidan olib, uni ulkan qarzlar botqog’iga botirayotgan bo’lsa hamda ushbu qarzlar xalqni etarli xizmatlar bilan ta’minlashdan uni ojiz qilib qo’yayotgan bo’lsa!? Umuman, terrorizm, degan niqob bilan siyosiy muxolafatni ovozini o’chirayotgan bunday tuzum davrida qanday qilib ayollar uchun biror siyosiy imkoniyat topilishi mumkin?!

Haqiqat shuki, islomiy yurtlardagi ayollar, o’z hayotlarida haqiqiy o’zgarishga ega bo’lish uchun tub o’zgarishga muhtojdirlar. Bu esa Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tuzumini barpo etmoqni talab qiladi. Chunki bunday tuzum ayollarni himoya qilish va hurmatlarini saqlashni o’z boshqaruvining asosiy ustuni qilib olgan. Bu tuzum etakchiligi ayollar haq-huquqlariga posbonlik qilib, unda shunday sog’lom iqtisod nizomi mavjudki, u har bir fuqaroning asosiy ehtiyojlarini qondirishni kafolatlashga qodir nizomdir. Uning soyasida fuqarolar sog’lom ta’lim olish va o’xshashi yo’q sog’liqni saqlash kabi imkoniyatlarga ega bo’ladilar va bular hech qanday bahsga o’rin qoldirmaydigan tarzda isbotlangan. Shuning uchun biz ayollar hayotida haqiqiy tub o’zgarishni ko’rishni chindan orzu qilayotgan har bir insonni ushbu roshid Xalifalikni tezroq barpo etilishini qo’llab-quvvatlashga hamda gender tengligi, deya atalgan yolg’onni rad etishga dav’at qilamiz.0hizb

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Telefon-faks: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.