Bu yil 2016 yil 3 mart kuni Islom Ummati boshiga katta baxtsizlik tushganiga 92 yil to’ldi. Bu kunda mustamlakachi G’arb va uning xoin yuvindixo’ri Mustafo Kamol qo’li bilan Islomdagi boshqaruv tuzumi bo’lgan Xalifalik bekor qilindi. Qalblarimiz o’sha mash’um kun oqibatlaridan va uning musulmonlarga, dinlariga bo’lgan ta’siridan hamon qon qaqshamoqda. Bu hodisani tasvirlashga tillarimiz ojizlik qiladi. Biroq ushbu buyuk tuzumning g’oyib bo’lishi oqibatida ko’rilgan ulkan ziyon badalini hammadan ham ko’proq Ummat ayollari to’lamoqdalar. Chunki bu tuzum ularning haq-huquqlarini himoya qilardi, oralarida adolat o’rnatardi, or-nomuslarini himoya qilardi, farovon hurmat-izzatli hayot bilan ta’minlardi.
Xalifalik ayollar qoni va sharafini mudofaa qilish uchun Alloh Subhanahu va Taoloning amriga itoat qilgan holda, ikkilanmay, bir lahzadayoq armiyani safarbar qilardi. Bu tuzumni taqvoli zotlar boshqarardi va ular ayollarga misoli xodim kabi xizmat qilishardi. Xalifalik tuzumi og’ir iqtisodiy yuklarni ko’tarardi: doim ayollarning hamma ehtiyojlarini qondirib, oilaviy etishmovchiliklarini hal etib kelardi. Uning islomiy nizomi ostida ayollar hukmdorlarni saylashga qodir bo’lganlar, ularni ochiq-oshkor muhosaba qilish huquqiga ega bo’lganlar, muhosaba qilgani uchun ularga hech qanday tahdid bo’lmagan. Xalifalik davlati minglab olima ayollarni etishtirib chiqargandi va ayollarni buyuk darajaga olib chiqish, huquqlar bilan ta’minlash va o’z soyasida go’zal suratda muomala qilish bilan dunyoga etakchilik qilgandi.
Ammo Xalifalik bekor qilingandan so’ng muslima ayollar to’qson yildan ziyod vaqt mobaynida zulmatga, ta’riflab bo’lmas mashaqqatlarga, toqat qilib bo’lmas azob-uqubatlarga g’arq bo’ldilar. G’arbning ayollarga rahm-shafqat qilishni bilmaydigan, ayollar joni va nomusini himoya qilmaydigan rejimlar ostida qirg’in, vayrona, qashshoqlik, xorlik, mahrumlikdan boshlari chiqmadi.
Darhaqiqat, ushbu Ummat ayollari ustidan diktatorlar hukm yuritishdi, molu davlatlarini o’g’irlashdi, terrorchilik va tahdidlar bilan boshqarishdi. Islomiy liboslari va aqidalari borasida repressiya qilishdi, ularning zulmiga qarshi chiqqanliklari va Islomga da’vat qilganliklari sababli qamoqlarga tashlashib, qiynoqlarga solishdi, qatl qilishdi… Shuningdek, bu zolim rejimlar muslima ayollarni moliyaviy va boshqa hamma ehtiyojlarini ta’minlashdek Islomdagi huquqlaridan ham mahrum qilishi bilan muhtarama opa-singillarimizni ko’chalarda tilanchilik qilishga, tanalarini sotishga hamda o’zlari va bola-chaqalarini boqish uchun ajnabiy davlatlarga borishga majbur qildi. Bu muslima ayollarning ehtiyojlari bugun juda ham ko’paygan bir paytda, korruptsiyachi rahbariyatlar, rejimlar ulardan butunlay voz kechishdi, ularning o’z yurtlarida Islom dushmanlari qo’li bilan qirg’in qilinishlariga, bunday jahannamdan qochib dengizlarga g’arq bo’lishlariga sabab bo’lishdi, tinch boshpanaga ega bo’lishdek huquqlaridan mahrum etishdi. Ularni mudofaa qilish sari armiyalarini safarbar qilishda sustkashlik qilishibgina qolmay, hatto ularni qirg’in qilish uchun dushman bilan til biriktirishdi…
Ey musulmonlar, ey mo’min qudrat va yordam ahli!
To’qson yildan beri ayollaringizning kufr tuzumlari ostida zulmat, xorlik, repressiya va mashaqqat bilan hayot kechirganlari etmaydimi sizga?! Onalaringiz, opa-singillaringiz, ayollaringiz va qizlaringizga o’z hurmat-izzatlarini qayta olib berishni orzu qilmaysizmi. Axir, mo’minalar Xalifalik zamonida Alloh Subhanahu va Taoloning nizomi soyasida baxtli hayot kechirgan hurmat-izzat mana shu emasmidi?! Islomni ilgari butun olamda bo’lgani kabi, qayta o’z qudratiga, ulug’ligiga olib chiqishni, Alloh Subhanahu va Taolo amr qilganidek, butun dunyoga Islom adolati va nurini ulashishni istamaysizmi?!
Biz sizni yurtlarimizga saratondek yopishib olgan hamda Ummat va uning ayollarini islomiy tatbiq sababli yuzaga keluvchi himoyadan, ne’matlardan, huquqlardan mahrum qilgan bu rejimlarni vayron qilishga da’vat qilamiz. Shuningdek, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga darhol harakat qilishingizni ham talab qilamiz. Roshid Xalifalik davlati Islomning butun dunyodagi o’z qudrat va ulug’ligini qayta olib beradi, fasod va zulmni ildizi bilan qo’porib tashlab, o’rniga butun muslimalar va Ummat uchun yangi Tongni olib keladi. Rosululloh A bunday marhamat qildilar:
إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَي بِهِ
«Xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi».
«https://youtu.be/ZoqfcHl-s7I» elektron adresdagi videomiz Xalifalik davlatining qulashi muslima ayollar hayotida qanday oqibatlar paydo qilgani to’g’risida hikoya qiladi.
D. Nasrin Navoz
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi
Telefon-faks: 00961 1 30 75 94
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info