Rossiya bilan hamkorlikning yangi rejasi qabul qilindi

499
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 2 mart kuni Moskvaga qilgan ish safari doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, Qirg’iziston-Rossiya hamkorligi, qo’shma loyihalari amalga oshirish va Yevroosiyo integratsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgani aytilmoqda.

Moskvada bo’lib o’tgan uchrashuvda tomonlar bir-birini ishonchili, strategik hamkorlar ekanligini belgilab o’tishdi.

Uchrashuvda Vladimir Putin Qirg’iziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lganidan beri ikki tomonlama hamkorlik kengayganini, minglab qirg’iz fuqarolari Rossiyada ishlab, joylashib qolishi aloqaning ijobiy ko’rsatkichi ekanligini qayd etib o’tdi.

“Aloqalarimiz mohiyatini alohida qayd etib o’tishni xojati yo’q. Qirg’iziston strategik aloqalarda bizning ishonchili hamkorimiz. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi hamkorlik ko’rsatkichlar orqaligina berilmay, real hayotga, iqtisodiyotni rivojlantirishga, ijtimoiy tarmoqqa ta’sirini ko’rsatadi deb umid qilaman. Aloqalarimiz mustaxkamlanib borayotganini belgilab o’tgim keladi. Bunga Rossiyada yashab, ishlayotgan qirg’iz fuqarolarining soni misol bo’la oladi”,- degan Putin, Rossiya Qirg’izistonning eng asosiy savdo-iqtisodiy hamkori ekanligini ta’kidlab o’tdi.

O’z navbatida Almazbek Atambaev bu uchrashuv hamkorlikni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini aytib o’tdi.

“Mamlakatlarimiz o’rtasidagi barcha dolzarb masalalarni yana bir marta muhokama qilishga imkoniyat paydo bo’lib turganidan xursandman. Mamlakatlarimiz o’rtasida yirik savdo-iqtisodiy aloqalar o’rin olganidan tashqari, biz eng muhim stratiegik hamkorlarmiz va shunday bo’lib qolishiga umid qilaman. Bu eng asosiysi”,- dedi Atambaev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.