turkiston:
Yuqoridagi uchrashuv, har ikki mamlakatning iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun salmoqli hissa qo’sha olmaydi. Yevro Osiyo ittifoqi o’zining o’ta nochor va manfaatsiz tashkilot ekanini ko’rsatib bo’ldi. Putin bu tashkilotni reforma qila olmaydi. Atambaev, Putindan Nazarbaev ustidan shikoyat qilib, Qozog’istondan tranzit bo’lib o’tib borayotgan yuklarga engillik bermayotgani va fito-sanitariya loborotoriyasini qurol qilib olib, Qirg’izistonning oziq ovqat maxsulotlarini Rossiyaning va Qozog’istonni bozorlariga deyarli o’tkazmayotganidan nolishi mumkin. Lekin Putin, bu sohalarda hozir Atambaev uchun hech qanday yordam bera olmaydi. Putin Qirg’iziston uchun faqat bir sohada yordam berishini taklif qilishi mumkin. Ya’ni Qirg’iz rejimini hokimiyatda ushlab qolishda, iflos uslublardan foydalanishda hamkorlik qilishga chaqiradi. Ular, mobodo iqtisodiy krizisni oldini olish imkoniyati yo’q ekan, demak mamlakatning bu tang ahvolidan foydalanib qolishi mumkin bo’lgan quvvatlardan tozalanish kerak degan mantiqqa asoslanishadi. Putin mutaxasisligi bo’yicha bu amaliyotlarni amalga oshirish bo’yicha dunyodan avvalgi o’rinlarni egallab keladi. Putin, Moskvada, “yosh bolani so’ygan enaga” amaliyotini uyushtirish bilan, jamoatchilikni milliy va irqiy adovvatlar muammolariga torta boshladi. Endi vaziyat keskinlashib boraveradi. Putin esa, o’ziga qulay fursat kelishi bilan, bu iflos vaziyatni ishga solib, milliy va irqiy urushlar paydo qiladi. Putin, Atambaevni, Qirg’izistondagi mavjud vaziyatlardan qo’rqitib, kutilayotgan yangi revolyutsiyalarni oldini olish uchun choralar taklif qiladi. Yana milliy va diniy keskinliklarni paydo qilib turishni taklif qiladi. Vaqti kelganda rus maxsus guruhlari ishni o’z qo’llariga olib, vaziyatni portlatib yuborishda ko’mak ko’rsatishi mumkin ekanini bildiradi. Rossiya uchun bu ishlar qiyin emas. Lekin Qirg’iziston Rossiya emas. Atambaev hatto o’z kursisini saqlab qolish uchun ham Qirg’iz elini qurbon qilib yuborishdan voz kechadi degan umidimiz hali uzulgani yo’q. Hozir Rossiya bilan yaqin turib bo’lmaydi. U faqat o’z quvvati bilan ish ko’rishdan boshqa imkoniyatlariga ega bo’lmay qoldi. Putin Atambaevni, agar uni takliflarini inkor qilsa, muxolif kuchlariga shu taklif bilan chiqishi mumkin ekani va natijada Qirg’iziston ikki qismga bo’linib ketishi mumkinligi bilan qo’rqitishga harakat qiladi. Lekin Rossiya bosim berayotgan bu iflos amaliyotlarning barchasi, agar islomiy iymoniy muxit saqlanib tursa, Rossiya uchun amalga oshirish mumkinchiligini bermaydi. Chunki Islom dini milliy, irqiy va boshqa, odamlarni bir birlarini kamsitish uchun asos qilib olgan barcha bo’linishlarni inkor qiladi. Islom dini o’z tabiatidan kelib chiqib, bu iflos unsurlar bilan majbur kurashadi. Musulmonlar ham, o’z e’tiqodlaridan kelib chiqib, bu kabi noshar’iy ko’rinishlarga qarshi kurashishga majbur bo’lishadi.Shuning uchun Putin, Atambaevdan faqat diniy shaxslarni va islomiy muhitni yo’qotishni talab qiladi. Biz Atambaevdan, aksincha Islom va musulmonlar tomon keng quloch ochib yurib borishni so’ragan bo’lar edik. Bu kufr quvvatlariga qarshi zarba va mamlakatimizda ular uyushtirishni ko’zlashayotgan har xil fitnakashlik amaliyotlari uchun juda kuchli himoya vositasi bo’lar edi.