Falastin Ozodlik tashkiloti bosh kotibi Soib Ariqotning aytishicha, Falastin rahbari Mahmud Abbos Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri bilan uchrashuvi chog’ida bir necha masalalarni ko’targan. Ularning asosiysi, xalqaro tinchlik konferentsiyasini o’tkazish bilan bog’liq frantsuz g’oyalaridir. Soib Ariqot Falastin tomoni bu g’oyalarni Arab davlatlari bilan bir qatorda qo’llab-quvvatlashini ham ta’kidladi.
Ariqotning bayon qilishicha, Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri o’tgan yakshanba kuni Ammonda Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashganidan so’ng manzilgoh qurish amaliyotlari Amerika tomonidan qoralanib, noqonuniy deb hisoblanishini ta’kidlagan. Ariqotga ko’ra, Kerri Abbosga 67 yilgi chegaralar asosida ikki davlat echimi variantini amalga oshirilishini himoya qilishda Amerikaning davom etishini ham ta’kidlagan.
Kerri Ammonga safari chog’ida Mahmud Abbos bilan uchrashuv o’tkazib, u bilan joriy vaziyat bilan bog’liq bir necha masalalarni muhokama qildi va «Isroil» bilan falastinliklar o’rtasida bevosita tinchlik muzokaralarini qayta boshlash haqida suhbatlashdi. (Arabiyya net).
Roya gazetasi sharhi:
Amerikaning Falastin ahliga shuncha dushmanlik qilganiga va yahudiylar davlatini qurol-yaroq, mablag’ bilan qo’llab-quvvatlaganiga qaramay, Falastin rejimidagi malaylar amerikalik mas’ullar bilan uchrashishmoqda hamda go’yo bu mas’ullar betaraf yoki xolis vositachilardek ulardan o’rtamchilik qilib berishlarini talab qilishmoqda.
Mana shulardan keyin ham bu rahbarlarni Falastin ahlining vakili va ularning manfaatini himoya qiluvchilar, deyishga asos bormi?! Hali ham Falastin ahli va boshqalar orasida shu rahbarlarga aldanib, ulardan Falastinning biror qarich erini yahud vujudi bosqinchiligidan ozod qilib berishlarini yoki tortib olingan huquqlarni o’z egalariga qaytarishlarini umid qiladigan kishilar topiladimi?! Axir, bu rahbarlar allaqachon ularning hamma haq-huquqlarini zoe ketkazib, barcha muqaddas narsalardan voz kechib bo’lishganku!!
Roya gazetasining 2016 yil 24 fevral chorshanba kungi 66-sonidan