Xitoy va Tojikiston o’rtasida qo’shma antiterror markazi tashkil qilinadi

467
0

Tojikistonda musulmonlar uchun hayot borgan sari qiyinlashib bormoqda. Tojikiston rasmiylari musulmon uyg’urlarga nisbatan jirkanch jinoyatlarni amalga oshirib kelayotgan Xitoy rasmiylari bilan kelishgan holda Dushanbeda anti-terror (anti-Islom) markazi tashkil qilish ustida kelishib oldi. Bu haqida Tojikiston Ichki ishlar vazirligining matbuot bo’limi e’lon qildi.

Tojikiston-Xitoy o’rtasida hamkorlikda anti-terror (anti-Islom) markazi tashkil qilish qarori Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda bilan Xitoy davlat xavfsizlik vaziri Guo Shengkun o’rtasida 25 fevral payshanba kuni Pekinda bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida qabul qilindi. Shuningdek uchrashuvda Xitoy va Tojikiston xavfsizlik organlari terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik, narkotrafik, qurol savdosi va transmilliy jinoyatlarga qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari uchrashuvda ikki davlat rasmiylari Tojikistonda faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyalarining xavfsizlik masalalari va Tojikiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasini yangidan tashkil qilish hamda qo’shma anti-terror markaz binosini kurish masalalari ham muhokama qilindi.

 Xitoy va Tojikiston xavfsizlik idoralari o’rtasidagi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida hamkorlikni kuchaytirish ham qayd etildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.