Liviya hukumati Amerika hujumlarini suverenitetni buzish deya hisoblamoqda
Xalqaro miqyosda tan olingan Liviya hukumati shanba kuni Tripoli yaqinidagi Sabrata shahrida IShID tashkiloti qarorgohiga qilingan Amerika hujumlarini qoraladi. Hukumatga ko’ra, u bilan muvofiqlashmagan holda amalga oshirilgan ushbu hujum Liviya suverenitetini «qo’pol ravishda buzish» hisoblanadi.
Hukumat o’zining Feysbuk sahifasida nashr qilgan bayonotida bildirishicha, u «AQSh havo kuchlarining Sabrata shahridagi muayyan ob’ektlarga qilgan havo hujumlaridan norozi va ularni qoralaydi». Bu shahar poytaxt g’arbidan 70 km. uzoqlikda joylashgan.
O’z qarorgohini Liviya sharqidagi Bayzo shahrida joylashtirgan ushbu hukumatning ta’kidlashicha, Amerika bu qadamini u bilan «muvofiqlashmagan yoki maslahatlashmagan holda» tashlagan. Hukumatga ko’ra, «bu kabi har qanday mudoxala Liviya davlati suverenitetini ham, xalqaro konventsiyalarni ham ochiq-oydin va qo’pol tarzda buzish» hisoblanadi.
Ushbu hukumatga tarafdor bo’lgan kuchlar Liviya sharqidagi aksar shaharlarni nazorat qilib kelmoqda. Biroq yurt g’arbidagi shaharlarni esa, shu jumladan, Sabrata bilan poytaxt Tripolini bir yil, bir yarim yildan beri «Fajri Liviya», nomi ostidagi qurolli jamoalar koalitsiyasi nazorat qiladi.
Juma kuni Sabrata markazidan 8 km. uzoqlikdagi IShID tashkiloti qarorgohi nishonga olingan Amerika havo zarbalarida 49 nafar odam halok bo’ldi. Halok bo’lganlar orasida o’tgan yilning noyabr oyida o’g’irlab ketilgan ikki nafar serb fuqarolari ham bor. (Frans 24).
Roya gazetasi sharhi:
Amerika barcha qonunni oyoq osti qilib, hech bir qadriyatni e’tiborga olmay, faqat o’zining mustamlakachilik manfaatlarini o’ylab harakat qilyapti. Uning ushbu agressiv harakatlari kuchayishiga islomiy yurtlardagi malay hukmdorlar sababchidir. Chunki ular Amerikaga qarshi turishga botinisholmaydi.
Liviya hukumati bayonotiga kelsak, bu qo’rqoq hukumat ushbu havo hujumini Islom va musulmonlarga qarshi dushman davlatning mutlaq rad etiladigan hujumi, deb hisoblamayapti. Balki o’zi bilan avvaldan muvofiqlashilmagan holda sodir etilgani uchun rad etib, qoralayapti… Shu tariqa o’zining Islom va musulmonlar dushmanlari bilan muvofiqlashishga tayyor ekanini ko’rsatib qo’ymoqda.
Roya gazetasining 2016 yil 24 fevral chorshanba kungi 66-sonidan