Andijon jallodi qo’lida shahidlar karvoni to’xtamayapti

817
0

Andijon jallodi qo’lida shahidlar karvoni to’xtamayapti

وَالشُّهَدَاء عِندَ رَبِّهِمْ لَهُمْ أَجْرُهُمْ وَنُورُهُمْ

«Shahidlar uchun Robbilari huzurida ajr-mukofotlari va nurlari bo’lur!»

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi Andijon shahrilik yigitlaridan biri Mahmudjon No’monovich Hasanovning qonxo’r Karimov zindonlaridan birida shahid bo’lganini musulmonlarga ma’lum qiladi.

Jinoyatkor tog’ut Karimov rejimi O’zbekistonda Hizb ut-Tahrir fikrlaridan odamlar ta’sirlanayotganini ko’rib, birinchi kundanoq Hizb a’zolariga nisbatan o’z nafratini namoyon qildi hamda Islom va musulmonlarga qarshi ayovsiz urush boshladi. Toshkentda 1999 yil fevral oyida oldindan rejalashtirilgan portlashlar yuz berganidan keyin tog’ut Karimov bu ishda Hizb-ut-Tahrirni aybladi. Hizb a’zolarini ayovsiz qamoqqa olish kampaniyasi mana shundan boshlandi.

1974 yil tavallud topgan Mahmudjon rohimahulloh ham ayni kampaniyada qamoqqa olingan Hizb a’zolaridan biri bo’ldi. Hizb ut-Tahrirga a’zolik ayblovi bilan 9 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Tog’ut zindonlarida tortgan uzoq yillik azoblar rohimahullohning irodasini sindirolmadi, aksincha, qamoqda ham da’vatini davom ettirdi. Uning islomiy hayotni qayta boshlashga qilgan da’vatlari qamoq nozirlari halovatini buzib, xavotirga soldi. Shuning uchun ular uni qamoqda saqlash muddatini uzoq yillarga cho’zib hatto muddati tamom bo’lganda ham ozodlikka chiqarishmadi.

Navoiy shahridagi «UYa 64/46» koloniyasi musulmon mahbuslarni o’lguncha qiynoqqa solish bilan nom chiqargan. Bu qamoqxona ma’muriyati iflos maqsadlarini amalga oshirishda boshqa jinoyatchi mahbuslardan foydalanadi. Musulmon mahbuslarni qiynoqqa solish uning maqsadlaridan biridir. Shu tarzda birodarimiz Mahmudjon qamoqda uzoq yillar qiynoqlar, xorlashlar, moddiy va ma’naviy bosimlar ostida yotdi… va nihoyat shahid bo’ldi. Biz uni shunday deb hisoblaymiz, lekin hech kimni gunohdan pok, deb Allohga da’vo qilmaymiz.

2016 yil 3 fevral kuni Mahmudjon Hasanovning oilasi birodarimizning pokiza jasadini qabul qilib oldilar… Uning tanasida shafqatsiz qiynoq izlari yaqqol ko’rinib turardi. Karimov rejimi o’z jinoyatlariga odamlar guvoh bo’lib qolmasliklari uchun Mahmudjonning jasadini yarim tunda olib kelishdi va qarindoshlarini ham, oshna-og’aynilarini ham xabardor qilmasdan tezroq dafn qilishga buyurishdi. Shahid oilasi uning muattar tanasini o’n nafar militsiya xodimlari kuzatuvi ostida tuproqqa qo’yishdi…

Biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi a’zolari birodarimiz Mahmudjon oilasiga qaynoq ta’ziyamizni izhor etib, Allohdan ularga sabri jamil ato etishini so’raymiz. Shuningdek, Alloh Subhanahu va Taologa duo qilib, bizga tezroq yoruq kunlarini va nusratini ato etishini hamda Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishga qudrat va yordam ahli qalbini ochishini so’raymiz. Zotan, roshid Xalifalik shahidlar uchun qasos oladi, asirlarimiz va mahbuslarimizni ozod etadi, barcha tog’utlaru ularning gumashtalarini jazolaydi.

وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ

«Zolim kimsalar yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olishadi» [Shuaro 227]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi0hizb

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat Bayrut-Livan

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.