Donald Tramp: afrikaliklar yana mustamlakaga qaytishlari kerak

496
0

Amerika prezidentligiga nomzod o’zining irqchi ekanini va adovatini ko’rsatib qo’ymoqda

 Donald Tramp: afrikaliklar yana mustamlakaga qaytishlari kerak

Amerika gazetalari respublikachilardan nomzod Donald Trampning turli millat va elatlarga nisbatan izhor etayotgan adovatli pozitsiyalarini yoritishda davom etmoqda. «Kristian Sayens Monitor» gazetasiga ko’ra, Donald Tramp qochoqlar, musulmonlar va arablarni masxara qilgandan keyin, bu safar afrikaliklarga hujum qildi. U afrikaliklarni yana yuz yil mustamlaka qilish kerakligini aytib, bunday dedi: «Chunki bu dangasa, tentak, ebto’ymas, shahvatparast, zo’ravonlar na etakchilikni bilishadi va na mustaqillikni».

Ruandada chiqadigan «New Times» gazetasiga ko’ra, Trampning bu gaplari yadroviy qurolga ega bo’lgan Amerikadek buyuk davlat prezidentligiga ko’z olaytirayotgan kimsaning irqchilik qarashlarini fosh qilmoqda. Shuningdek, gazeta ertaga Tramp hokimiyatga keladigan bo’lsa, Amerikaning Afrikaga nisbatan qo’llaydigan siyosatini savol ostiga oladi. Newsweek «Umumiy mistik axloqqa qaytish» nomli maqolada Yozuvchi Slavoy Jijekning gaplarini keltirdi. Jijekga ko’ra, Amerikadagi barcha jamiyat qatlamlarida mana shunday mistik qarashlar hukmron bo’lib, Trampning tap tortmay aytgan bu gaplarini bugun turli saviyadagi qolgan nomzodlar ham – u kabi jur’at bilan bo’lmasa-da – gapirishi mumkin. Yozuvchi Amerika jamiyatida yuz berayotgan axloqiy normalar buzilganini ta’kidlar ekan, bundan o’n besh-yigirma yil muqaddam omma oldida ochiqchasiga aytilishi mumkin bo’lmagan gaplar, bugunga kelib ochiq-oshkor gapiriladigan, uni hech kim qaytarmaydigan yoki ayblamaydigan bo’lib qolganini ta’kidladi. (Al-Jazira net).

Roya gazetasining 2016 yil 17 fevral chorshanba kungi 65-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.