Rossiya va AQSh Suriyada o’t ochishni “to’xtatishga” kelishib oldi

438
0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Barak Obama Suriyada o’t ochishni to’xtatishni ma’qullashdi. Bu haqda Putin “Rossiya 1” telekanali orqali ko’rsatilgan nutqida aytib o’tdi.

“Hozirgina AQSh prezidenti Barak Obama bilan telefon orqali suhbat bo’ldi. Suhbat o’tkazish Rossiya tomonidan bildirildi, biroq ikkala tomon ham bundan manfaatdor. Suhbat davomida biz Suriyadagi jangovar harakatlarni to’xtatish bo’yicha Rossiya va AQShning qo’shma bayonotini ma’qulladik”,- deb aytdi Putin.

Prezident Suriyada o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishuvni qon to’kilishini to’xtatish uchun real qadam deb atadi.

“Aminmanki, AQSh bilan tinchlikni ta’minlash bo’yicha birgalikdagi harakatlar Suriyadagi inqirozli vaziyatni tubdan o’zgartirishga qodir. Nihoyat ko’p yillik qon to’kishlar va zo’ravonlikdarga chek qo’yish uchun real imkoniyat paydo bo’ldi”,- deya ta’kidlab o’tdi Putin.

Putinning aytishicha, Rossiya kelishuvni amalga oshirish uchun Damashq bilan tegishlicha ish o’tkazadi, AQSh esa bunday ishni o’zi qo’llab-quvvatlayotgan guruhlar bilan o’tkazadi.

Kelishuvga ko’ra, Suriyada jang qilayotgan barcha tomonlar o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishuv 27 fevral yarimtundan kuchga kirishi uchun 26 fevral tushlikkacha o’zlarining unga amal qilishlarini tasdiqlashlari kerak.

Putinning ta’kidlashicha, kelishuv kuchga kirgandan keyin ham “IShID” va Suriyadagi boshqa terrorchilik guruhlariga zarbalar berish davom ettirilaveradi.

Turkiston:

Rossiya Suriyada havo hujumlarini boshlagandan beri qat’iy ravishda AQSh belgilab bergan nuqtalargagina zarba berib kelayotgan edi. AQSh tomonidan belgilab berilgan nuqtalar esa asosan kufr tomonidan qo’yilgan shartlarni qabul qilishdan bosh tortayotgan islomiy jamoalar egallab turgan hududlardan iborat edi. Rossiya Suriyada uyushtirib kelayotgan qirg’indan “IShID” deyarli hech qanday zarar ko’rmadi. Chunki, rus uchoqlari tomonidan amalga oshirilgan aviahujumlarning qaryib 90 foizi “IShID” nazoratida bo’lmagan hududlarga qaratilgan edi. Rus uchuvchilarining asosiy nishoni masjidlar, kasalxona, nonvoyxona, maktab va bolalar bog’chalari bo’lib, asosiy qurbonlar ham tinch aholi bo’lmoqda.

Shunday ekan, Rossiya va AQSh o’rtasida o’t ochishni to’xtatish bo’yicha erishilgan kelishuv shunchaki bir ramziy ma’noni kasb qiladi va ularning hisobi bo’yicha mo”tadil bo’lgan va kufr tomonidan uyushtirilayotgan turli xil konferentsiyalarda ishtirok etib kelayotgan guruhlargagina taalluqli bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.