Iroq: texnokratlarni qo’shish uchun hukumatda yuz berayotgan o’zgarishlar
O’tgan shanba Iroq bosh vaziri Haydar Ibodiy hukumat vazirliklarida o’zgarishlarni amalga oshirmoqchiligini, endi hukumat vazirlarini siyosiy partiyaga mansubliklariga qarab emas, texnokrat (mutaxassis)liklariga qarab tayin qilmoqchi ekanini bildirdi. Ibodiy Iroq televideniesida berilgan va asosiy e’tiborni Iroqda kechayotgan iqtisodiy muammolarga qaratgan o’z intervyusida «Men vazirlikda tub o’zgarishga chaqiraman. Endi hukumatda professional, texnokrat mulozimlar ishlaydi. Shu o’rindan turib, hurmatli deputatlar va barcha siyosiy partiyalarni biz bilan ushbu muhim bosqichda hamkorlik qilishga chaqiraman», dedi. Ammo u ayni o’zgarishlarning qachon bo’lishi yoki siyosiy portfellar egalari kimlardan iboratligini ochiqlamadi. (Arabiyya net).
Roya gazetasi sharhi:
Iroq bosh vazirining va’dalari juda ko’p. Qudaratga kelganiga taqriban bir yarim yil bo’libdi hamki, odamlar uning og’zidan islohot to’g’risidagi gapdan boshqa narsani eshitmaydilar. Yurtda esa vitse-prezidentlar va vazirlarni almashtirish hamda xarajatlarni kamaytirish uchun ayrim vazirliklarni birlashtirish, degan bahona bilan korruptsiya davom etmoqda. Hatto bu narsa yanada kuchaydi. Mazhabparastlik hanuz Iroq ahlini parchalovchi qurol sifatida xizmat qilyapti, qotilliklar, qochqinga aylantirishlar… davom etmoqda… Ibodiy vazirlarni siyosiy mansubliklari va mazhablariga asosan tayinlash o’rniga, mutaxassisliklariga qarab tayin qilish to’g’risida yaqindan beri gapira boshladi. Biroq, Iroq muammosi ushbu muammoning bir qismi bo’lib, yamoq solish bilan ham, shiorlar ko’tarib chiqish bilan ham buni hal etib bo’lmasligini, balki bu narsa Xalifalik davrida bo’lgani kabi Iroqni asl islomiy holatiga qaytarish bilan hal bo’lishini uning o’zi juda yaxshi biladi. Zero, Xalifalik davlatida Islom tatbiq etiladi, musulmonlarga bitta Ummat sifatida qaralib, mazhablar asosida ajratilmaydi, mansablar ham biror bir qabila yoki mazhabga mansubliklariga qarab taqsimlanmaydi.
Roya gazetasining 2016 yil 17 fevral chorshanba kungi 65-sonidan