Arab bahori deb nomlangan xalq qo’zg’olani Tunisda boshlangan bo’lib, birin ketin boshqa shaharlar, yurtlar va mamlakatlarga ko’chishi tabiiy bir hol edi. Chunki demokratiyaning adolatsiz qonunlaridan, jon-jonlariga etgan aziyatlardan, zulmlardan to’yib ketgan xalq bundan buyon ham jim hayot kechirishni o’zi uchun or deb bildi. Natijada ko’chalarga chiqib, demokratik qonunlari hayotga to’liq echim emasligini baralla aytib o’z noroziliklarini bildira boshlashdi. Xalq qo’zg’olonlari Tunisdan Misrga ko’chdi. Misr shaharlarida ham xalq norozilik namoyishlari uzoq vaqt davom etdi. Butun dunyo bu norozilik namoyishlarini millionlar marshi deb xayratda qolishdi.
Ammo Islom va musulmonlar dushmani bo’lgan Amerika va g’arb dushmanlari qo’zg’olonlarni avvalgi maqsadlaridan, ya’ni Islomiy hayotni qayta boshlash, Islom shariatining barcha ahkomlarini hayotda joriy bo’lishi va yagona Islom bayrog’i ostida birlashish yo’lidan burib yuborishga erishdi. Afsuski, bu qo’zg’olonlar uzoqqa cho’zilmadi. Amerika va g’arb ko’rsatmasi asosida yurtlarning xoin amaldorlari va ularning tarafdorlari tomonidan bu qo’zg’olonlar o’g’irlab olindi. Islom bayroqlari orasidan kufr olamining xilma-xil va rang-barang bayroqlari o’rin oldi. Natijada sodda musulmonlar aldanib qolishdi.
Misrdagi Ixvonul muslimin jamoasi dunyodagi yirik jamoatlardan biri bo’lib, demokratiya asossida Islomni barpo qilish mumkin emasligini anglab etishmadi. Juda katta xatoga yo’l qo’yildi. Islomiy hayotni qayta barpo qilish bunday va bunga o’xshash yo’llar bilan bo’lmaydi. Islomiy hayotni qayta barpo etishda payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamning tariqatlari bizlar uchun eng to’g’ri yo’ldir.
Mana bu yil Suriyadagi qo’zg’olonlarga besh yil to’ladi. BYeSh YIL! Aytishga oson.
Urush bu – ayriliq ,judolik, g’am-tashvish, ochlik, bedorlik va ham qayg’udir. Qanchadan-qancha muslima onalarimiz, opa-singillarimiz va qizlarimizdan judo bo’ldik. Qanchadan-qancha otalarimiz, aka-ukalarimiz va farzandlarimizdan ayrildik. Musulmonlarning pokiza qonlari daryo bo’lib oqdi. Butun mamlakat vayronaga aylandi. Nima sababdan shunday bo’ldi? Ey, musulmonlar nega jimsizlar? Ular boshiga tushayotgan bu ko’rgiliklar robbim Alloh deganlari uchun emasmi? Islomdan boshqasi kufr deganlari uchun emasmi? Xalifalikdan boshqasiga rozi emasmiz, deganlari uchun emasmi?
Qon yig’lab, nola qilayotgan onalarimizga kim nima yordam bera oldi? Nomuslari toptalayotgan opa-singillarimizga kim nima yordam qildi? Ochlikdan qirilib borayotgan farzandlarimizga kim nima bera oldi? Bunchalar xotirjamsizlar? Alloh bu bandalari ustidan savol qilsa kim nima javob bera oladi? Axir Alloh Taolo:
“Agar ular sizdan dinda yordam so’rasalar, yordam bermog’ingiz vojib” (Anfol: 72) degan ediku.
Ey, payg’ambar Muhammad sallollahu alayhi va sallamning merosxo’rlari! Uyg’onish vaqti kelmadimi? Bu buyuk ishda, payg’ambarimiz minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik hayotini qayta barpo etish yo’lida Hizb ut-Tahrir jamoasiga yordam qiling! Zero Yolg’iz Xalifalik davlatigina Ummatni yagona davlatda birlashtirganidan keyin Ummat qo’shinini birlashtirib qurollarni ishga soladi. Yolg’iz Xalifalik davlatigina ayollarning or-nomusi himoyasi uchun, go’daklarni qutqarish uchun hech ikkilanmay qo’shinni harakatga keltiradi va bu bilan Islomning dushmanlarini tiyib qo’yadi. Islom dushmanlari biror musulmonga ozor berish haqida o’ylaganidayoq qo’rquvdan titraydigan bo’lib qoladi.
Sayfulloh