YeOII keltirgan “foydalar”

523
0

Qirg’iziston hukumati Rossiya bosimi ostida mamlakatni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga olib kirgunga qadar oddiy xalq qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirib, ittifoqqa a’zo bo’lishlik bilan Qirg’iziston qarshisida 170 millionlik bozor ochilishini, ittifoq hududida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati ta’minlanishi va iqtisodiyot sohasida yagona siyosat yuritishini va’da qilgan edi, amaldachi?

Amalda buni tamoman aksi bo’lmoqda. Qirg’iziston Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII)ga to’laqonli a’zo bo’lganidan beri o’tgan olti oyga yaqin vaqt ichida Qirg’iziston bilan Qozog’iston o’rtasidagi tovar ayirboshlash ko’lami ikka barobarga qisqarib ketdi.

Bojxona xizmati ma’lumotlariga ko’ra, 2014 yilda Qirg’iziston Qozog’istonga umumiy qiymati 340 million dollardan ziyod tovar eksport qilgan bo’lsa, ittifoqqa a’zo bo’lgan 2015 yilda 150 million dollarlik tovar sotgan xolos. Ikki davlat o’rtasidagi umumiy savdo hajmi 2015 yilda 472 million dollarni tashkil etgan va bu ko’rsatkich 2014 yilga nisbatan ikki barobarga ozayib ketdi.

Hukumat ittifoqqa a’zo bo’lishdan oldin tadbirkorlarga qizg’in bozorni va’da qilib, imkon qadar Xitoydan ko’proq tovar olib kelib, omborlarga bosib olishga targ’ib qilgan edi. Hukumatning yolg’on va’dalariga ishongan tadbirkorlar qarz-xavola qilib, banklardan kredit olib omborlarini tovarlar bilan to’ldirib olishgan edi. Bugunga kelib esa ularning aksari xonavayron bo’lib, Markaziy Osiyodagi eng yirik ulgurji bozorlari bo’lgan Do’rdoy va Qorasuv bozorlari inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Qirg’izistonda rivojlangan va mamlakat iqtisodini asosiy qismini tashkil etuvchi tikuvchilik sanoati, un kombinatlari, parrandachilik, chorvachilik, qishloq xo’jaligi ham kundan-kunga zavolga yuz tutmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya Turkiya va Ukrainadan keladigan tovarlarga cheklov joriy etganidan so’ng Yevropa bilan Turkiyadan yuk tashuvchi qirg’izistonlik haydovchilar Kaspiy dengizi orqali Qozog’istonning Aktau portiga kelib tushishadi.

Qirg’iziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lishiga qaramay ittifoq ichida erkin tovar aylanish rejasi to’laqonli ishga tushmay kelmoqda. Uzoq yo’l bosib Qirg’izistonga kelayotgan haydovchilar qozoq bojxona xizmatchilarining poraxo’rliklaridan norozi bo’lishmoqda.

Rossiya 1 yanvardan boshlab Turkiyadan qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelishga taqiq qo’yganidan beri u yoqdan Markaziy Osiyoga yuk olib chiqqan mashinalarning yo’li uzaydi. Turkiyadan chiqqan yuk endilikda Rossiya hududini aylanib o’tib, Kaspiy dengizi orqali Qozog’istonning xalqaro Aktau portiga kelib tusha boshladi. Prezident Putinning Ukrainadan tovar tashishni yanvar oyidan boshlab to’xtatish to’g’risidagi qarori kuchga kirganidan beri tadbirkorlar Markaziy Osiyoga yukni Gruziya va Ozarbayjon orqali etkazib, kemaga yuklashadi.

Haydovchilar yo’l uzaygan sari yukning bahosi oshib borayotganidan norozi, undan ham ko’ra qo’shni o’lkaning bojxona bekatlaridagi poraxo’rlikdan jafo chekishmoqda. Haydovchilarni xalqaro tranzitga tegishli hujjatlari joyida bo’lsada, Aktau portiga tushganda yukni ro’yxatdan o’tkazishda to’siqlarga duch kelishayotganidan norozi bo’lishmoqda.

Xalqaro yuk tashish qoidasiga asosan, agar yukning bahosi 50 ming dollardan oshmasa, uni to’siqsiz ro’yxatdan o’tkazish kerak. Ammo aksar avtomobillardagi mahsulot bahosi 20 ming dollardan oshmasada, qozoq boxjonachilari maxsus qo’riqchi bilan yurish kerakligini talab qilishmoqda. Bu esa o’z navbatida qo’shimcha chiqimlarga olib kelmoqda.

Aktau portida Qozog’iston orqali yuk tashib o’tuvchi mashinalarni maxsus qo’riqlab yurish xizmati tashkil etilgan bo’lib, har o’nta mashinani politsiya kuzatib keladi. Portdan chiqqan mashinani keyingi viloyatdagi bojxonaga qadar kuzatib borgan kuzatuvchining xizmat uchun haydovchi bir kilometriga ikki yarim evrodan to’lashi kerak. Bu esa Aqtaudan Atirauga qadar 385 evroni, Atiraudan Orolgacha 187 evroni tashkil etadi. Yuk Qozog’iston orqali Qirg’izistonga etib kelgunicha 1000 evrogacha “yo’l haqi” to’lanishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.