Sariev: iqtisodiy vaziyat murakkablashib bormoqda

502
0

2015 yilda hukumat inqirozga qarshi 40 yaqin choralarni amalga oshirdi, bu o’z navbatida belgilangan muddat ichida mamlakatda makraiqtisodiy vaziyatni saqlab qolishga imkon berdi. Biroq, iqtisodiy vaziyat chuqurlashib bormoqda, shu sababli ham vazirlar mahkamasi “belbog’ni qattiqroq tortishi” kerak bo’ladi. Bu haqida bosh vazir Temir Sariev makroiqtisodiy va investitsion siyosat bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishida aytib o’tdi.

“Kecha Rossiya hukumat raisi (Medvedev) Rossiyani iqtisodiy rivojlanishni eng yomon stsenariysi kutayotganini aytib o’tdi. Shuning uchun ham ular yanada jiddiy inqirozga tayyorlanishlari zarur. Moliya vaziri esa 1998 yilgi inqiroz takrorlanishi mumkinligini qo’shimcha qilib o’tdi. Biz ham iqtisodiy vaziyat murakkablashib borayotganini aniq va tiniq tushunishimiz kerak. Shu sababli, belbog’ni qattiqroq tortishimi zarur”, – dedi Temir Sariev.

Turkiston:

Rossiya, xuddi cho’kib borayotgan juda katta kemaga o’xshaydi. Qirg’iziston, xuddi o’sha kemaga arqon bilan bog’lanib olgan kichik bir qayiq misoli. Rossiyadagi krizis Qirg’izistonga ta’sir qilmay qo’ymaydi.

Rossiyani siyosiy va iqtisodiy krizisga uchrashi deyarli aniq bo’lib qoldi. Lekin T. Sariev buni Qirg’izistondagi eng oxirgilar qatorida anglab etayotgani qiziq.Ushbu bosh ministrning eng katta xatolaridan biri Qirg’izistonni Yevro Osiyo ittifoqiga olib kirib qo’yganida bo’ldi. U hukumatning bu ittifoqqa qo’shilish qarori haqida “bu biz uchun siyosiy echim bo’ldi” degan edi. Ya’ni bu Rossiyaning bosimi ostida deyarli boshqa iloji yo’q bo’lgan majburiy chora edi demoqchi bo’ldi. Lekin bosim kimga bo’ldi? oqibatda zarar kimlarga bo’layapti?

Rossiya, Akaev bilan Bakievlarni hokimiyatdan quvib solib, hozirgi hokimiyatni qattiq qo’rqitib qo’ygani sir emas. Hokimiyat Rossiyaning xuddi shu tahdididan qo’rqishdi. Ya’ni ular o’z kreslolarini saqlab qolish uchun butun bir millat va xalqni shu kungi holatga olib kelib qo’yishdi. Ular fuqoroning farovonligidan ko’ra, qashshoq bo’lsa ham o’zlarining etakchiligi ostida bo’lishini afzal ko’rishdi. Ularning xudbinliklarining cheki yo’q. Yer osti qazilma boyliklarini deyarli sotib bitishdi. Gazni, tilloni sotishdi, endi suv va energetik tarmoklarni ham sotishga tayorlab borishayapti.

Muammo, javobgarlikka tortilmaslikda. Akaev ham, Bakiev ham Rossiyaning omonligi ostida, juda katta jinoyatlari uchun hech qanday jazoga tortilishmadi. Butun qirg’iz xalqining talabi ham Rossiyani qarorini o’zgartira olmadi. Bu holat Qirg’iz etakchilarini, Rossiyaning manfaatiga xizmat qilishda davom etaverishlari uchun ularda xotirjamlik paydo qildi. Chunki har qanday etakchi elita eng kuchli quvvatga suyanadi. Mazkur vaziyatda esa, Qirg’izistonga eng kuchli ta’sir qila oladigan kuch uning xalqi emas, balki Rossiyaning ta’sir quvvatida ekan degan yanglish fikrga kelib qolishdi.

Bu Qirg’iz elitasida hatto milliy fidoiylik ham qolmadi! Ular o’z shaxsiy manfaatlari va jonlarining omonlik va farovonligini saqlab qolish asosida ish olib borishadi. Shu yo’lda butun bir millatning mol mulki, salomatligini, erkinlik va osoishtaligi,…. barcha manfaatlarini oyoq osti qilib yuborishayapti. Bir chetdan barcha sohani sotib yuborishayapti. Ularning qilmishlari va ishlarga norozi bo’layotganlar esa, ularning emas, xalqning dushmanlariga aylanib, darhol quvg’inga olinishayapti.

Endi Rossiya bilan o’rtadagi bog’langan arqonni uzib yuborish ancha qiyin kechadi. Ustimizdagi etakchilarimizning bu ishni amalga oshirish uchun siyosiy erklari etmaydi. Rossiyadagi Putinning rejimi esa, Qirg’iz hukumatiga bosim berishda davom etaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.