Ruhoniy islomiy yurtlarni «Islom suratini tuzatish»ga chaqirmoqda

496
0

Ruhoniy islomiy yurtlarni «Islom suratini tuzatish»ga chaqirmoqda

O’tgan dushanba kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Islomning xalqaro jamoatchilik oldidagi suratini tuzatish yo’lida islomiy yurtlar zimmasiga ulkan mas’uliyat tushgan, deb hisoblashini bildirdi.

U Tehronda «bugungi islomiy olam bo’hroni»ga oid bo’lib o’tgan konferentsiyaning ochilishida «Biz Islomdan salbiy suratni bartaraf etmog’imiz darkor», dedi.

Keyin «Afsuski zo’ravonlik, terror va qirg’inlarning 84 %i islomiy yurtlarda, Afrika va uning shimolida, O’rta Sharqda, G’arbiy Osiyoda sodir bo’lmoqda», dedi.

U so’zlarini Islomiy Davlat tashkiloti singari jihodiy jamoalar tarqatayotgan ikki narsaga, ya’ni «zo’ravonlik ideologiyasi va murojaatiga qarshi kurashmog’imiz lozim», deya davom ettirdi. Ruhoniy «Musulmonlar o’rtasida birlik va hamjihatlik paydo qilish zarur»ligini alohida urg’ulab, «Mintaqa va boshqa erlardagi barcha islomiy yurtlar»ni, «shu jumladan, o’z qo’shnilarini bombardimon qilishda davom etayotgan yurtlar»ni ayni sohada harakat qilishga da’vat qildi (Elaf sayti).

Roya gazetasi sharhi:

Bu Eron rahbari islomiy olam davlatlaridan Islom suratini tuzatishni talab qilmoqda-yu, ammo Eron, Saudiya kabi yurtlarning Islom va musulmonlar nomini qora qilishda foydalaniladigan bir qurol ekanini bilmaslikka olyapti. Zero, Eron va islomiy olamdagi boshqa davlatlar bugungi kunda Islomni tatbiq qilishmayapti va Islomni o’zining haqiqiy suratidan boshqacha suratda ko’rsatishmoqda. Ular G’arbning mazhabparastlik va millatchilik nizolarini qo’zg’ash siyosatini ijro etishmoqda. Bu esa mazhabparastlik urushi bayrog’ini ko’targan tashkilotlarni paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Nahotki Ruhoniy islomiy olamda sodir etilayotgan zo’ravonlik, terror va qirg’inlar ortida mustamlakachi davlatlar turganini hamda Eron va mintaqa davlatlari mustamlakachi davlatlar loyihalarini amalga oshirib beradigan bir qurol ekanini bilmasa?!!!

Nima uchun Eron prezidenti ochiq ko’rinib turgan haqiqatni aytmaydi?!!! Haqiqat shuki, Islom suratini qora qilish G’arbning Islom va musulmonlarga makr qilishdek iflos rejasi bo’lib, u shu orqali Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikning qayta barpo etilishiga to’siq qo’ymoqchi.poya

Roya gazetasining 2015 yil 30 dekabr

chorshanba kungi 58-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.