Neft narxlarining keskin pasayishi!

535
0

Savolga javob

Neft narxlarining keskin pasayishi!

Savol: Neft narxlarining pasayishi davom etib bir barrel neft narxi 40 dollardan ham pastga tushib ketdi. OPYeK davlatlari orasida eng ko’p neft qazib oluvchi Saudiya narxlar barqarorlashishi uchun qazib olishni kamaytirmadi. Bu narsa OPYeKning 2015 yil 4 dekabrdagi yig’inida ko’rindi. Amerika ham narxlar tushishiga qarshi turish uchun neft qazib olishni kamaytirish o’rniga qazib olishni ko’paytirdi… Neft narxlarining tushishi sabablari nimadan iborat? Alloh sizga yaxshilikni mukofot aylasin.

Javob: Tasavvur aniq bo’lishi uchun neftning o’tgan yil orasida siyosiy hodisalar va bir qancha o’zgarib turgan ta’sir qiluvchi omillar bilan bir vaqtga to’g’ri kelgan narxlarini qayta o’rganib chiqish zarur bo’ladi. Chunki shunda neft narxlarining o’zaro yaqin davrlar ichida ko’tarilishi va tushishi sabablarini bilib olamiz.

1 – Abdulloh ibn Abdulaziz boshqaruvi davrida va uning vafotidan bir oz oldin neft narxlari keskin tushib ketdi. Buni Britaniya tomonidan o’zining malayi Abdulloh ibn Abdulaziz orqali Amerikaning o’zidagi slanets neftni qazib olishiga taalluqli manfaatlariga zarba berishga bo’lgan urinish deb tushunildi (bu haqda 2015 yil 7 yanvardagi savol javobida kelgan edi). Neft narxlari Abdulloh ibn Abdulaziz vafotiga va Amerika malayi Salmon ibn Abdulaziz 2015 yil 23 yanvarda hokimiyatni o’z qo’liga olgunga qadar tushishda davom etdi. Saudiya neft vaziri Saudiya o’zining neftga oid siyosatini o’zgartirmasligini e’lon qildi. Lekin shunga qaramasdan neft narxi Salmon hokimiyatni o’z qo’liga olishi bilan asta-sekin ko’tarila boshlab, may oyida 60 dollardan oshib ketdi. Bu esa – 2015 yil 25 yanvardagi savol javobida kelganidek – kutilayotgan narsa edi. Chunki o’sha savol-javobda quyidagilar kelgan edi: «Buning natijasida Amerika bilan Saudiya o’rtasida keskinlik kamayadi. Bu esa neft narxlarining pasayishi davom etishiga chek qo’yishda ta’sir etishi mumkin. Chunki sobiq podshoh va uning ortida turgan inglizlar neft narxlarini pastlatish orqali Amerikaning slanets neftdan olinadigan neftdan foydalanishini barbod qilishmoqchi edi».

2 – Iyun oyining oxirida neft narxlari asta-sekin tusha boshlab avgust oyi o’rtasida qariyb 40 dollar atrofiga etib qoldi. Narxlarning bu tushishi davri Eron bilan yadroviy programma bo’yicha kelishuv tuzilishi bilan bir vaqtga to’g’ri keldi. Amerikaning ana shu muzokaralar davrida neft narxlarini tushirish bilan o’zining Erondagi malaylariga yordam berishga harakat qilgani ko’rinib turibdi. Bu shuni ko’rsatmoqdaki, Amerika muzokaralar davrida Erondagi malaylari kelishuvni amalga oshirish yo’lida talab qilingan chekinishlarga qadam qo’ya olishlari uchun neft narxini tushirish orqali ularga yordam berishga harakat qildi. Chunki neft narxlarining tushishi Eron iqtisodiga bir bosim bo’ladi. Bu bilan Erondagi oddiy odamlar aziyat chekayotgan iqtisodiy tanglik sharoitida bu chekinishlarga xalq indamay rozi bo’ladigan bo’lib qoladi. Shundan keyin neft narxlari bir oz ko’tarilib sentyabr oyi oxirida 50 dollarga etib qoldi.

3 – 2015 yil oktyabr boshida neft narxlari yana tez tushib 2015 yil 18 dekabrda 34 dollarga etib qoldi. Neft narxlarining bu keskin tushishi sabablari oldingidan farq qiladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin:

Amerikada 2008 yilda moliyaviy krizis yuz bergan paytda Amerika ana shu vaqtdan boshlab o’zini bo’rondek larzaga solgan moliyaviy krizisdan chiqib ketish uchun miqdoriy yumshatish siyosatini qabul qildi. Moliyaviy sistemani qutqazish uchun Amerika ulkan miqdorda dollarlarni chiqara boshladi va dollarni zaiflashtirdi. Amerika buni qattiq turib davom ettirdi. Lekin o’tgan yilning yarimidan boshlab Amerika ana shu miqdoriy yumshatish siyosatiga ta’sir qilgan bir ish paydo bo’lganini kuzatdi. Bu ish quyidagidir:

– Olam davlatlari, ayniqsa Xitoy bu siyosatdan zarar ko’rdi. Chunki dollarning pasayishi Xitoyning dollardan iborat ulkan jamg’armasiga ta’sir qilar edi. Shu sababli dollardan voz kechib bir yangi moliyaviy sistemani shakllantirishga chaqiriqlar paydo bo’la boshladi. Bu chaqiriq Yevropada kuchli tarzda Frantsiya moliya vaziri Mishel Sapen tilida yangradi. Buni «Financial Times» 2014 yil 6 iyulda «Frantsiya dollar hukmronligiga zarba bermoqda: France hits out at dollar dominance» degan sarlavha bilan keltirdi.

Gazetada Sapenning quyidagi so’zlari kelgan: «Biz evropaliklar misol tariqasida aytadigan bo’lsak, samolyotlarni sotayotgan paytimizda dollarni o’zaro kuzatib boryapmiz. Xo’sh, bu zarurmi? Men bunday deb bilmayman. Men muvozanatni qayta tiklash mumkin va zarur deb bilaman. Bu faqat evroga taalluqli narsalardagina emas, balki olam tijoratini yanada ko’proq aks ettirayotgan yosh davlatlarning boshqa valyutalariga nisbatan ham zarurdir. Mishel gazetaga o’zining dollar o’rniga boshqa alternativ valyutaga ehtiyoj borligi masalasini o’zining evro mintaqadagi hamkasblari bo’lmish moliya vazirlari bilan dushanba kuni Bryusselda to’planishgan paytda qo’zg’ashini aytdi. U tashlanishi mumkin bo’lgan amaliy qadamlar nimadan iborat ekani xususida tafsilotlarga kirishishdan bosh tortdi»… Xitoy ham Yevropaga ergashdi. Chunki «Sinxua» axborot agentligi bilan bo’lgan muloqotda «VTB» banki raisi (u Rossiyadagi ikkinchi eng katta kredit bankidir) Kostin quyidagilarni aytdi: «Olam moliyaviy sistemasi hamon Amerika dollari hukmronligiga bo’ysunib kelyapti. Bitta valyutaga tayanishni kamaytirish uchun ko’proq xilma-xil bo’lgan sifatliroq bir mexanizmga ehtiyoj bor. Kostinning aytishicha Xitoy olamdagi ikkinchi eng katta iqtisod degan e’tiborda bir yangi sistemani qurish uchun bir necha davlatlar bilan hamkorlik qilishi mumkin. U qo’shimcha qilib, Rossiya Xitoyning xalqaro moliyaviy sohada etakchi rolni o’ynashini qo’llab-quvvatlaydi, dedi». (Jenmin jibao onlayn – Xitoyning xalq kundalik gazetasi 2014 yil 10 noyabr).

Mana shu Amerikaning dollarni pasaytirish siyosatini tark qilishi uchun etarli sabab edi. Lekin shunga qaramay Amerika kibr havo bilan kekkayib shu siyosatning o’zini, ya’ni dollarni pasaytirishni davom ettirdi. Shu maqsadda Amerika neft narxini ko’tarishga zo’r berdi. Chunki ma’lum bo’lganidek neft narxining ko’tarilishi dollar narxining tushishiga olib keladi va shundan keyin Amerika hali tugamagan moliyaviy krizis asoratlariga barham berishda davom etadi, ayni vaqtda neft narxlari oshib boradi-da natijada narxning bu ko’tarilishi slanets neft qazib olishni foyda keltiradigan qilib qo’yadi. Kerrining 2014 yil 11 sentyabrda Saudiyaga borib podshoh Abdulloh bilan uchrashuvi chog’ida neft narxini oshirish uchun uni qazib olishni kamaytirishni zo’r berib ta’kidlaganidan maqsad shu edi. Buni biz 2015 yil 7 yanvardagi javobimizda yoritib bergan edik.

– Lekin Amerika o’tgan yilning oxirgi oylarida dollardan uzoqlashish sari bo’lgan ana shu yo’nalishning amaliy yo’nalish tusini ola boshlaganini, bu jamg’arma sifatida dollardan uzoqlashib uning o’rniga oltinni sotib olish bilan amalga oshayotganini ko’rdi. Masalan Xitoy o’zidagi dollarlarni oltinga almashtirishga kirishdi. Chunki Xitoyda to’rt trillionga yaqin oshiqcha dollarlar bor. «Xitoy markaziy banki o’zining ehtiyot zahiralariga har oyda 14-19 tonna o’rtasida oltinni qo’shmoqda». (Reyter 2015 yil 1 dekabr). Chunki ba’zi rus gazetalari keltirgan norasmiy ma’lumotlar Xitoyning markaziy bankdagi o’z oltin zahiralarini ko’paytirib ularni kelgusi davrlar ichida 10 ming tonnaga etkazishga harakat qilayotganini ko’rsatib turibdi. Bu bilan esa Xitoy birinchi o’rinda turgan Qo’shma Shtatlardan o’zib ketadi. Chunki Qo’shma Shtatlar 8 ming tonna oltinga ega. Xitoy hozirga kelib 1700 tonnaga yaqin oltin zahirasiga ega bo’lib qoldi. Rossiya ham oltin sotib olyapti. Rossiya hozirda 1275 tonna oltinga ega. Rossiya 2015 yilning ikkinchi yarmida 67 tonna oltin sotib oldi. Bu esa dollarga nisbatan xatar bongi urilishidir. Demak bu Amerikaga katta xatar tug’diradi. Chunki dollar Amerikaning olam ustidan hukmronligining eng muhim tayanchlaridan biridir. Demak Amerika uchun dollarning neft narxini belgilaydigan valyuta bo’lib qolaverishi va moliyaviy to’lovlar valyutasi bo’lib qolaverishi muhimdir. Chunki dollarning kim egasi bo’lsa u neft narxlariga va olam tijoratiga ta’sir o’tkazadi.

4 – Shunday qilib Amerika dollar narxini ko’tarishga, ya’ni neft narxini tushirishga olib keladigan siyosatni quyidagi bir necha choralar bilan qabul qildi:

  1. Imkondagi barcha vositalar bilan neft qazib olishni ko’paytirish siyosatini qabul qilish, quyidagilar shu siyosat jumlasidandir:
  • Amerika va Kanada 2005 yilda kuniga 10,3 million barrel neft qazib olgan bo’lsa uni hozirgi yilga kelib kuniga 18 million barrelga ko’tardi.
  • Amerikaning OPYeKdagi malaylari, ayniqsa Saudiya, Eron va Iroq neft qazib olishni ko’paytirdi.

– Saudiya haqida aytadigan bo’lsak, Al-Jazira net 2015 yil 10 oktyabrda quyidagilarni nashr qildi: «Saudiya Arabistoni neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti OPYeKka o’zining neft qazib olishini o’tgan sentyabr oyida kuniga yuz ming barrelga ko’paytirganini ma’lum qildi». (Arabiyya Jadid 2015 yil 14 dekabr). Saudiyaning bu yil neft qazib olishi kuniga qariyb 10 million barrelga etadi.

– Eron esa, «Reyter» agentligi dushanba kuni neft sohasidagi bir manbaga tayanib xabar tarqatdi. U neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti «OPYeK»ka a’zo davlatdagi neft tashuvchi tankerlar jadvalidan xabardor manbadir. U bunday deb bildirdi: «Eron bu oyda kuniga 1,26 million barrel xom neft eksport qilish yo’lidan bormoqda. Bu esa o’zining atigi ikki oy oldingi darajalaridan qariyb to’rtdan bir miqdorda yuqori bo’lgan boshlang’ich raqamdir». (Arabiyya Jadid 2015 yil 14 dekabr). Ba’zi mutaxassislar Eronning bundan ham ko’p eksport qilgan bo’lishini taxmin qilishmoqda.

«Iqtisodiy jazo choralarini olib tashlash va Eronning o’z neftini eksport qilishiga ruxsat berish

– Eron hozirda kuniga 3,7 million barrel atrofida neft qazib olmoqda, ayni vaqtda uning neft eksport qilishi kuniga 1,7 million barrelga etmoqda – olamda neft qazib olishni ko’paytiradi. Chunki Eron o’zining neft qazib olishini 2015 yil tugashi bilan kuniga 600 ming barrel chegarasida oshirish qudratiga ega. Holbuki haddan ortiq taklif kuniga 1,5 million barrel bilan 2 million barrel o’rtasida deb baholanmoqda». (Saboh Jadid sayti 2015 yil 9 dekabr).

– Iroqqa to’xtalsak, neft qazib olish ishlari vazirligi vakili Fayoz Hasan Ne’mat bunday dedi: «Rumayla neft maydonidan neft qazib olish miqdori kuniga 1 million 350 ming barrelga etdi. U qo’shimcha qilib vazirlikning bu maydonda neft qazib olishni kuniga 2 million 100 ming barrelga ko’tarishga harakat qilayotganini aytdi. Uning yana aytishicha, bu maydonda hozirda qazib olinayotgan neft Iroq qazib olayotgan neftning 40 %ini tashkil qiladi… Reyter agentligi savdogarlardan olgan ma’lumotga qaraganda Iroq sentyabrda oldingi oyda kuniga eksport qilingan 2,52 million barreldan oshirish uchun xom neftdan kuniga 3,017 million barrelni eksport uchun ajratgan». (Sabohul Jadid 2015 yil 15 avgust).

  • Amerika neftini xorijga eksport qilishga solingan taqiqni bekor qilish. Chunki «Amerika vakillar palatasi xom neft eksportiga 40 yildan buyon joriy qilinib kelinayotgan taqiqni olib tashlashga oid yangi chorani tasdiqladi. Amerika prezidenti Barak Obama juma kuni bu loyihani imzoladi, endi u qonunga aylanadigan bo’ldi». (Bi-Bi-Si 2015 yil 19 dekabr). Amerika slanets neft olish mavzusini ham – bu mavzu o’zining dollar narxini ko’tarish va neft narxini tushirish borasidagi yangi siyosatiga to’siq bo’lmasligi uchun – muolaja qildi. Chunki bu sektorga sarmoya yotqizgan bir necha shirkatlar tark etildi va qazib olish sarf-xarajatlari neft narxidan oshib ketayotgan quduqlardan katta qismi to’xtatildi. Narxlarning tushishini ko’tarishga qodir bo’lgan va texnologiya jihatidan qazib olish sarf-xarajatlarini kamaytirish bo’yicha amaliy uslublarni qo’llashga qodir bo’lgan shirkatlargina qoldi. Qolaversa Amerika o’zining qazib olish qudratini ham oshirdi, oqibatda Amerikaning slanets neft qazib olish darajasi maqbul chegaralarda saqlab qolindi. Uning ana shu taqiq bekor qilinganidan keyin eksportga katta ta’siri bo’ldi. Market realist saytida kelgan ma’lumotga ko’ra Amerika energetika agentligi hisobotida quyidagilar kelgan: «Qo’shma Shtatlarning 11 dekabrda tugayotgan hafta uchun neft qazib olishi qariyb o’zgarishsiz qolmoqda…». Bu qazib olish hozirgi oyda kuniga qariyb 9,17 million barrelga etdi. Buning sababi Amerikaning slanets neft qazib olishi sarf-xarajatlari kamayganiga, foyda keltirmay qo’ygan quduqlarning yopilishiga qaramay hamon neft qazib olinayotgan quduqlardan qazib olish esa ortganiga borib taqaladi… «Citigroup» tovarlar bo’yicha strateg Erik Li bunday dedi: «Shimoliy Dakota ba’zi provintsiyalarda balans sarf-xarajatlarini 20 dollarga kamaytirdi. Davlat kon resurslari vazirligining o’tgan oyda bildirishicha, Dun provintsiyasida qazib olinayotgan har bir barrel neft o’tgan oktyabrdagi 29 dollardan kamayishi bilan birga hamon 24 dollar chegarasida foyda keltirmoqda». (Tom Dayker Stavfor «CNBC» saytida 2015 yil 20 avgust).

Shunday qilib demak Amerika va uning malaylari neft qazib olishga haddan ortiq to’planib qolishni vujudga keltiradigan darajada hissa qo’shishdi. Chunki ba’zi hisobotlar «hozir bozorlarda kuniga 4-5 million barrel miqdorida ortiqcha neft mavjudligini» ko’rsatib turibdi. (Bu ma’lumot Alfa-Beta saytidan olindi 2015 yil 15 dekabr). Bunga qo’shimcha ravishda olam bo’ylab neft iste’molida ham sezilarli ortga ketish kuzatildi. Bu olamiy iste’mol talabning asosiy harakatga keltiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Chunki Xalqaro Valyuta Fondining prognozlari olam bo’ylab yalpi mahalliy mahsulot ishlab chiqarish GDPdagi o’sishning 3,4 %dan 3,3 %ga kamayishini ko’rsatib turibdi. Yevropa va Yaponiyadagi sanoat iqtisodlaridagi sekinlashish sababli va yosh iqtisodlardagi, ayniqsa olamdagi ikkinchi eng katta neft iste’molchisi Xitoy iqtisodidagi o’sishning ortga ketishi oqibatida shunday bo’lmoqda. Xitoy o’zining valyutasi yuanning pasayishi oqibatida Xitoy moliya bozorlari boshdan kechirayotgan sarosima oqibatida shunday bo’lmoqda. Buning natijasida bozor monitoringlari (bozorni kuzatib borishlar) bu asosiy davlatda neftga bo’lgan talabda ortga ketish bor, degan xulosaga keldi. Shunday qilib neft haddan ortiq katta miqdorda to’planib qolgan bir vaqtda talabda kuchli kamayish kuzatilmoqda. Bularning barchasi neft narxlarining keskin tushishiga olib keldi, bu esa o’z navbatida dollar narxining ko’tarilishiga olib keldi.

  1. Bu erda boshqa bir ish ham bor. U protsent stavkasi ko’tarilganidir. Chunki Amerika iqtisodiy bayonotlari o’z iqtisodining haqiqiy tuzalganiga dalolat qilmayotganiga qaramay AQSh federal rezerv tizimi 2015 yil 16 dekabrda protsent stavkasini chorak punkt miqdorida ko’tarib qo’yishni e’lon qildi. «Financial Times»ga ko’ra AQSh federal rezerv tizimi raisasi Janet Yellen 2015 yil 3 dekabrda «kuchli dollar protsent stavkasini oshirish darajama-daraja bo’lishini anglatadi» deb bildirgan edi. Ma’lumki Amerikadagi sudxo’rlik protsent stavkasi qariyb nol darajaga, aniqrog’i 0, 25 %ga tushib qolgan edi. Bunga Amerikada 2008 yilda portlab butun olamni larzaga solgan moliyaviy krizis sabab bo’lgan edi. Kapitalizm iqtisodi bo’yicha agar protsent stavkasi past holda saqlanib qolaversa bu hol krizis hamon davom etayotganiga, iqtisod hali tuzalmaganiga, bu erda kasod va oldi-sotdi, sarmoya yotqizish, ishchi kuchlaridan foydalanishdan iborat bozor harakati o’chib qolganiga dalolat qiladi. Chunki kapitalistlar foyda ko’rishda asosan sudxo’rlik protsentiga tayanishadi. Shuning uchun protsent stavkasini ko’tarib qo’yish banklar va shirkatlar ko’radigan foyda miqdorini oshiradi, bu esa odamlarni o’z pullarini foyda ko’rish uchun banklarga qo’yishga qiziqtiradi. Mana shundan kelib chiqib Amerika iqtisodi olamdagi moliyaviy krizis oqibatlari ustidan katta g’alaba qozonmoqda deb uqtirilmoqda.

Protsent stavkasi ko’tarib qo’yilishi e’lon qilinishi bilanoq neft narxlari 3 % nisbatda tushib ketdi. Sudxo’rlik bo’lgan protsent stavkasini oshirish Amerika iqtisodiga bo’lgan ishonchni kuchaytiradi va bu iqtisod moliyaviy krizis oqibatlarini engib o’tadi, degan tasavvurni beradi. Amerikaning olamga bo’lgan siyosiy ta’sirini oshirish uchun shunday tasavvur beriladi. Shuning uchun Amerika markaziy banki tomonidan protsent stavkasini ko’tarib qo’yish e’lon qilinishi bilanoq Amerika aktsiyalari narxlari Uoll-Strit birjasida 1,28 % miqdorda yuqoriga sapchidi. Standard & Poor’s ko’rsatkichi ham 1,45 miqdorida bo’ldi, Nasdaq ko’rsatkichi esa 1,52 miqdorida bo’ldi.

5 – Mana shundan Amerika dollar narxini ko’tarish va protsent stavkasini ko’tarish uchun munosib shart-sharoitlarga erishdi. Ma’lumki protsent stavkasini ko’tarib qo’yish oltinni zahira qilib saqlab turish sarf-xarajatlarini ko’tarib yuboradi. Dollar qiymatining barqarorligi sababli shunday bo’ladi. Natijada bu hol oltin narxining tushishiga olib keladi-da, oqibatda dollar o’rniga oltin ehtiyot zahirasiga tayanishga harakat qilayotgan davlatlar zarar ko’radi. Demak Amerika dollarni muomalada yuradigan olamiy valyuta sifatida va davlatlarning oltin o’rniga bo’ladigan pul zahirasi sifatida saqlab qolmoqchi bo’lyapti. Amerika oltin bilan muomala yuritishni foyda keltirmaydigan muomalaga va foydasiz zahiraga aylantirmoqchi bo’lyapti. Amerika oltin nizomiga qaytishni istamaydi, olamning bu nizomga qaytishini istamaydi. Chunki bu Amerikaning ulkan zarar ko’rishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun Amerika buni istamaydi. Chunki Amerika o’zining ustiga yozilgan siyohga ham arzimaydigan qog’oz valyutasi bilan olam boyliklarini sotib olmoqda, o’zining xorijdagi harbiy mashinasini va armiyalarini mablag’ bilan ta’minlamoqda. Amerika o’zining bu qog’oz valyutasi bilan odamlarni va davlatlarni sotib olmoqda, buni shu davlatlarga o’zi berayotgan «yordamlar» degan narsa bilan amalga oshirmoqda. Amerika o’zining bu qog’oz valyutasi bilan boshqa davlatlar iqtisodlariga zarba bermoqda, dollarning barcha davlatlar, xalqaro moliyaviy muassasalar va moliyaviy bozorlar ustidan hukmronligidan foydalanib o’z iqtisodini hukmron qilib qo’ymoqda.

6 – Shunday qilib ayta olamizki, neft narxlarining tushishiga eng kuchli sabab Amerikaning ichki va tashqi siyosatiga borib taqaladi. Amerika bu siyosatdan quyidagilarni maqsad qilmoqda:

  1. a) Amerika ichkarisida protsent stavkasini ko’tarib qo’yish. U Amerika nazdida deyarli taqdiriy masalaga aylanib qoldi. Bu bilan Amerika o’zini moliyaviy krizis oqibatlaridan allaqachon xalos bo’lgan qilib ko’rsatmoqchi bo’lyapti, o’ziga bo’lgan ishonchni oshirish uchun va o’zining davlatlarga o’tkazadigan siyosiy ta’sirini kuchaytirish uchun o’zining iqtisodini kuchli qilib ko’rsatmoqchi bo’lyapti.
  2. b) Dollarga bo’lgan ishonchni kuchaytirish. Shu maqsadda Amerika dollar bilan raqobatlashuvchilarga qarshi turibdi, dollar bilan muomala yuritiladigan maydonlarni saqlab qolishga, dollarni olamdagi davlatlarning ehtiyot zahirasi qilib qo’yishga, bu davlatlar valyutasini dollarga bog’liq qilib qo’yishga harakat qilyapti. Amerika oltinga tayanishga va uni dollar o’rniga ehtiyot zahirasi qilib qo’yishga zarba bermoqda. Bunda Amerika ayniqsa Xitoyni va Rossiyani nishonga olmoqda. Chunki bu ikki davlat dollar hukmronligidan qutulish va o’zining pul zahirasini ko’proq oltinga suyanadigan qilish yo’lini tutmoqda.

7 – Shunday qilib demak Amerika xalqaro iqtisodiy vaziyatga, ayniqsa neft kabi ta’sirga ega tovarlarda o’z hukmini o’tkazmoqda. Bularning barchasiga sabab uning valyutasi dollar mana shu tovarlarni sotish va olishda o’lchov bo’lib qolganidir. Muomala yuritishning dollar bilan bo’ladigan bo’lib qolgani, neft narxlarini va boshqa ma’danlar, barcha muhim tovarlar narxlarini dollar bilan belgilaydigan qilib qo’yilganligi davlatlarning Amerikaga bevosita yoki bilvosita qaram bo’lib qolganiga bir yaqqol dalildir. Shuning uchun narxlar Amerika dollariga qarab va Amerika markaziy banki belgilab qo’yadigan protsent stavkasiga qarab tushadigan va ko’tariladigan bo’lib qoldi. Shuning uchun Amerika iqtisodi biron kasallikka uchrasa u olamdagi barcha iqtisodlarga darrov yuqadi. Demak vojib vazifa mahalliy muomalalarning dollar bilan bog’lanib qolishidan qutulishdir, dollarni davlatlarning pul zahirasi qilib qo’yishdan qutulishdir. Bundan qutulgach oltinga hamda kumushga tayaniladi, bu ikki ma’danni muomalada yuradigan, tovarlar va mahsulotlar sotiladigan, ish haqlari belgilanadigan valyuta qilib qo’yiladi. Bu ikki ma’danni pul zahirasi qilib qo’yiladi. Bu buyuk qadamni faqat Islomiy Xalifalik davlatigina tashlay oladi. Alloh Xalifalikka faqat oltin va kumushnigina shar’iy pul qilib qo’ygan. O’shanda dollar o’zining asl holiga, arzimas qog’oz holiga qaytadi.

إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُ بَعِيدًا * وَنَرَاهُ قَرِيبًا

«Chunki ular u (kun)ni uzoq deb bilurlar, Biz esa uning yaqinligini bilurmiz!» [Maorij 6-7]

12 robiul-avval 1437 yil

23 dekabr 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.