Rossiya OAVlari Rossiya Bosh shtabi razvedka bosh boshqarmasi boshlig’i general-polkovnik Igor Sergun 4 yanvar kuni 59 yoshida “to’satdan” olamdan ko’z yumgani haqida xabar tarqatishdi.
Ma’lumki, Putin hukumati Rossiya tashqarisida turli xil terrorchilik hurujlarini amalga oshirish va rasmiy Kreml uchun “yoqimsiz” bo’lgan siyosatchilarni jismonan yo’q qilishda aynan Igor Sergun boshchilik qilgan jinoyatchilar to’dasidan unumli foydalanib keladi.
Shuningdek, 2014 yilning bahorida Qrimni bosib olinishida ham shu to’da muhim rol o’ynagan edi.
Bundan tashqari, Qrimni anneksiya qilinishida bevosita ishtirok etgan havo qo’shinlari Shtab boshlig’i o’rinbosari general-mayor Aleksandr Shushukin ham 27 dekabr kuni “kutilmaganda” vafot etgan edi.
Qrimni bosib olinishiga bevosita aloqasi bo’lgan ikki generalning bir hafta ichida “to’satdan” vafot qilishi Putin komandasi ichida kelishmovchilik paydo bo’lganiga yoki “do’ppi tor kelib qolgach” tozalash ishlari boshlab yuborilganidan darak berib turipti.