Hizb ut-Tahrirga tuhmat qilishni qachon bas qilasizlar

458
0

 Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Baqit Seitovning xabar qilishicha, militsiya xodimlari Hizb ut-Tahrir ubshmasiga a’zo bo’lgan 17 kishining xonadonida tintuv ishlarini o’tkazishgan.

 IIV xodimlari tomonidan o’tkazgan navbatdagi tadbir 30-31 dekabr kunlari Novken, Suzoq, Bozorqo’rg’on tumanlari, Arslonbop qishlog’i va Jalolobod shahrida olib borilgan. Xabar qilinishcha, gumondorlarning uyidan ekstremistik mazmundagi 150 dona kitob, 200ta varaqa, DVD disklar, yon daftarcha, gazeta, videokamera, fotoaparat va “Bekas-2” rusumli qurol, o’q-dori va giyohvand moddalar topilgan. Qo’lga kiritilgan barcha materiallar ekspertizaga jo’natilgan.

Turkiston:

So’ngi vaqtlarda Qirg’izistonda sodir bo’layotgan ishlar, jumladan, kuch organlari tomonidan Islom va musulmonlarga qarshi keng ko’lamli amaliyotlar boshlab yuborilishi va bu yo’lda asosiy e’tiborni qirg’iz jamiyati ichida katta ta’sir kuchiga ega bo’lgan Hizb ut-Tahrir jamoasini yomonotliq qilishga jiddiy urinishlar olib borilishi Qirg’izistonda prezidentning ta’sir kuvvati qolmagani va barcha ishlar kuch organlari qo’liga o’tib ketganidan dalolat bermoqda. Qirg’iziston hukumatiga tobe bo’lgan OAVlari kuch organlari tomonidan berilgan xabarlarni ko’r-ko’rona tarqatishlari ham aynan shunga dalolat qilmoqda.

Bugungi kunda kuch organlari Qirg’izistondagi barcha ishlarni – jinoyat olamidan tortib davlat tuzulmalariga kadrlar tayinlanishiga qadar – o’z nazorati ostiga olib bo’ldi. Prezident ham o’z hokimiyatini saqlab qolish ilinjida ish jilovini kuch organlariga berish orqali o’z xalqi taqdirini ular qo’liga topshirib qo’ygan ko’rinadi.

Kuch organlari esa o’z navbatida xalqni qo’rquv ostida ushlab turish uchun islomiy tahdid va “IShID” vahimasini imkon qadar kuchaytirish orqali Islom dinini, xususan, Hizb ut-Tahrir nomini qora qilish maqsadida axborot hujumlarini kuchaytirib bormoqda. Bundan maqsad esa, Hizbni Qirg’iziston fuqarolaridan ajratib olish yoki uni xalq ko’z o’ngida jangari harakat olib boruvchi tashkilotlar bilan aralashtirib yuborishdir.

Butun dunyoga ma’lumki, Hizb ut-Taxrir siyosiy Hizb bo’lib, mabdasi Islomdir. Hizb Ummat Islomni o’zining taqdiriy masalasi qilib olishi uchun va Alloh nozil qilgan hukmlar bilan boshqarishni hayotga qaytarish maqsadida Ummatga etakchilik qilish uchun Ummat orasida va u bilan birga faoliyat olib boradi. Hizbning ishi islomiy da’vatni siyosiy yo’l bilan maydonga olib chiqishdir. Shuning uchun ham Hizb ut-Tahrir moddiy amaliyotlar bilan shug’ullanmaydi. Bunga sabab Hizb Islomiy davlatni qayta tiklash tariqati sifatida payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamning tariqatini maxkam ushlagani va mabdasi Islom ekanidir. Bu esa faqat islomiy aqida va bu aqida olib kelgan shar’iy nususlargina Hizbning fikrlar va hukmlarni olishidagi asos ekanini anglatadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.