Xitoy matbuoti Rossiyani keskin tanqid ostiga oldi

488
0

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Xitoyga safari yakunlanishi bilan “Sinxua” davlat agentligi Rossiya iqtisodiyotining ahvoli haqida keskin tanqidiy maqola e’lon qilib, uni jahonning asosiy yangiliklari qatorida joylashtirdi. Xitoy rasmiy axborot kanallarining bunday harakati rossiyalik jurnalistlarga tushunarsiz tuyuldi.

Maqolada aytilishicha, Rossiya siyosati strategik boshi berk ko’chaga, iqtisodiyoti esa tizimli inqirozga kirib qolgan, va bundan chiqish oson bo’lmaydi.

“Rossiya qiyin davrdan o’tmoqda, – deyiladi maqolada. – Neft dollarlari ilgarigidek, iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Iqtisodiy rivojlanish vazirligining hisob-kitoblariga qaraganda, neft narxi 40 dollar bo’lgan taqdirda mamlakatda YaIM 5 foizga tushib ketadi. Moliya vazirligining fikricha, byudjet bunda 3 trln rubl kamomad ko’radi. Ammo eng jiddiy tahdid bunda emas. Tahlilchilarning fikricha, Rossiyada 2014-2015 yilda iqtisodiy beqarorlikning kuzatilishi 2012 yildayoq boshlangan struktur inqiroz bilan bog’liqdir. Uning mohiyati iqtisodiyot deindustrializatsiyasi hamda qishloq xo’jaligining tushib ketishidadir. inqiroz tugaganidan so’ng esa odatda sanoat va agrar sektorni darhol yaxshilab bo’lmaydi”.

Bu maqola Medvedev Xitoy rahbariyati bilan kelisha olmaganini ko’rsatadi, deb hisoblaydi RF FA Uzoq Sharq instituti direktori o’rinbosari Andrey Ostrovskiy.

“Medvedevni qabul qilishdi, qornini to’ydirishdi, ekskursiyalar o’tkazishdi, shu bilan bo’ldi. Endi xitoyliklar yozmoqda: “Mamlakatingizda nima bo’layotganiga qarang. Bizda xitoycha orzu bor, sizda nima bor?”. Xitoy so’ramoqda: “Biz bilan qanday hamkorlik qilmoqchisiz?”. Barcha taxminlarga ko’ra biz “Hech qanday” deb javob bermoqdamiz, – ta’kidladi mutaxassis”.

“Agentlik (“Sinxua”) biz Pekinga yolg’on gapirayotganimizni aytdi. Xitoy faqat kuchli va mas’uliyatlilar bilan ish ko’radi. Hozir ular Rossiyada nimalar bo’layotganini tushunib turganlarini ko’rsatishdi”, – so’zida davom etdi Ostrovskiy. Shu bilan birga, uning fikricha, Rossiya xalqiga nisbatan Xitoyning munosabati yaxshi.

“Xitoyliklar bizning xalqimizni hisobdan chiqarmayapti. Ular faqat Medvedev va hukumatni hisobdan chiqarmoqda”, – ishontirib aytdi ekspert.

Turkiston:

Ostrovskiyning tahlillari deyarli haqiqatga yaqin. Pekin Rossiyani ulkan bozor deb qaraydi. Muammo Rossiyani shu ahvolda ushlab turgan Putinning rejimida. Xitoyning bu rejimga bo’lgan ishonchning yo’qligi va Rossiya iqtisodining hozirgi ahvoli ya’ni Xitoy bilan hamkorlik qila olmaydigan va Xitoy investitsiyasi ko’lamini ham ko’paytirish imkonining yo’qligi, aslida Xitoy hukumatini qanoatlantirmaydi. Lekin Putinning rejimi, Rossiyaning manfaatlariga teskari yurib borishi bilan, mamlakatning xalqaro maydondagi juda ko’p manfaatlarini yo’qotib borayapti. Hitoyni har qanday hamkorlik qilishdan to’sib xavotirlantirayotgan omillarning biri shu.

Ikkinchi omil: Rossiyaning hozirgi iqtisodiy va siyosiy holatida, Xitoy bilan teng hamkorlik qila olish imkoniyatining yo’q ekanligida. Ruslar, Xitoydan o’ziga nisbatan eski etakchi davlatga munosib, hech bo’lmaganda teng munosabatda bo’lishini so’rashayapti. Chunki Xitoyni Rossiya Sovetlar ittifoqi quvvati bilan, o’ziga ittifoqchi qilib, kapitalistik G’arb olamiga qarshi xalqaro siyosiy maydonga olib chiqqan edi. Shuning uchun Xitoy, xozirgi Rossiya bilan faqat uchinchi olam mamlakatlari bilan muomila qiladigan loixalar asosida muomila qilishi mumkin ekanini xozircha ochiq ayta olmayapti. U faqat Rus diplomatlariga, yuqorida aytilganidek yaxshi muomila ko’rsatib qaytarib yuborayapti. Xuddi Qirg’iziston bosh ministrini ekskursiyalar uyushtirib, qornini to’yg’azib, yaxshi gaplar bilan qaytarib yuborishgani singari.

Uchunchi omil: Xitoy, Rossiyaning tomorqasi bo’lgan Qirg’izistonga bostirib kirishga jurat qila boshladi. U Qirg’iziston bosh ministri T Sariev bilan, ikki davlatlar o’rtasida viza sistemasini bekor qilish xaqida muzokaralar yurita boshladi. Bu Qirg’izistonni, xuddi Uyg’uriston singari bosib olish sari qo’yilgan jiddiy qadam xisoblanadi. Bu putincha ibora bilan aytganda orqadan berilgan yana bir tepki degani bo’ladi.

Xitoy Rossiyaning xozirgi nochor axvolidan va Qirg’izistonning iqtisodiy krizis xolatidan o’zi uchun o’ta manfaatli foydalanib qolmoqchi. Sariev esa, tarixiy xato qilish va millatning xiyonotchisi bo’lib tarixda qolish arafasida turibdi. Bu mustamlaka qilish uslubi dunyoning xar tomonida keng tarqalgan. Avval Yevropa Amerikani shu uslub bilan mustamlaka qilgan bo’lsa, keyin Izroil Falastinni, G’arb Afrika mamlakatlarini, Xiton Uyg’uristonni, Rossiya M Osiyoni… misollar juda ko’p. Eng yomon tomoni shundaki, Rossiya bu kabi kelishimlar ortidan Xitoyga emas, Qirg’izistonga bosim qiladi. Qirg’iziston xukumatini esa, endi, Rossiyaning ortidan ketaverishi uni shu kungi xolatidan xam battar tubanlashtirib boraverishiga ko’zi etib borayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.